O‘ZBЕKISTONDA OILALARNING BAXTLILIK INDЕKSINI BЕLGILASHNING NAZARIY-MЕTODOLOGIK ASOSLARI
BAXTLILIK INDЕKSI BO‘YICHA MAVJUD MЕTODIKALAR VA INDIKATORLAR
Bugungi kunga kelib jahonda baxtlilikni o‘lchovchi ikki turdagi indekslar mavjud:
- Xalqaro indekslar;
- Milliy indekslar.
- Xalqaro indekslarga: Xalqaro baxt indeksi (Happy Planet Index), Xalqaro Baxtlilik indeksi (Happiness Index), Inson taraqqiyoti indeksi (Human Development Index), Yaxshi hayot indeksi (Better Life Index), Xayot sifati indeksi (Quality-of-life index) kabilarni kiritish mumkin.
- Milliy indekslarga har bir davlat hukumati tomonidan mustaqil ravishda ishlab chiqilgan ichki foydalaniladigan indekslar kiradi.
XALQARO BAXTLILIK INDЕKSLARI
Happy Planet Index – Xalqaro Baxt indeksi. Britaniya yangi iqtisodiyot Fondi (New Economic Foundation) birinchi marotaba 2006 yilda xalqaro baxt indeksini (Happy Planet Index) joriy etish orqali “baxt” tushunchasini raqamlarda o‘lchash taklifini kiritgan. Shuningdek, u turli davlatlardagi aholining uzoq va farovon hayot kechirishi uchun tabiiy resurslardan qanchalik darajada samarali foydalanayotganligini ko‘rsatib beradi. Mazkur indeksning ko‘rsatkichlari:
- Farovonlik (Wellbeing) Gallup sotsiologik so‘rovi asosida hisoblab chiqiladi. Respondentlarga “Xayot zinasi” so‘rovnomasi beriladi va fuqaro 0-10 raqamlari oralig‘ida qaysi darajada ekanligini belgilab beradi.
- Kutilayotgan umr davomiyligi (Life expectancy).BMTning Taraqqiyot Dasturi tomonidan to‘plangan xar bir davlatda yashovchi fuqarolarning o‘rtacha umr davomiyligi ma’lumotlari asosida aniqlanadi.
- “Ekologik iz” (Ecological Footprint) har bir davlatda yashovchi fuqaroning atrof muhitga ta’sirini aniqlovchi ko‘rsatkich. Har bir shaxsga ajratiladigan gektar yer (GHA) hisobida o‘lchanadi.
- Natijalarning tengsizligi (Inequality of outcomes) Bu ko‘rsatkich 2016 yil kiritilgan. Farovonlik va kutilayotgan umr davomiyligi haqidagi ma’lumotlarning bir davlat ichkarisida insonlar o‘rtasidagi notenglikni aniqlaydi va foizlarda ifodalanadi.
Ushbu indeks maxsus formula asosida yuqoridagi ko‘rsatkichlarni inobatga olgan holda hisoblab chiqiladi va 100 ball bilan baholanadi.
Baxt indeksi = (subyektiv farovonlik ko‘rsatkichi)* (kutilayotgan umr davomiyligi)*(natijalarning tengsizligi) \ (ekologik iz)
EIiste’mol= EI ishlab chiqarish+(EI import – EIeksport)
World Happiness Report – Xalqaro Baxtlilik indeksi. Baxtlilik indeksi baxtni, farovonlikni, mustahkam barqarorlikni baholaydigan ko‘rsatgichdir. U so‘rov natijalariga asoslanadi, birinchi marta 2012 yildan boshlab World Happiness Report hisobotlarida e’lon qilinib kelinmoqda. Baxtlilik indeksi hayotni qondirish, baxtiyorlik hissi va boshqa psixologik farovonlik, sog‘liqni saqlash, vaqt balansi, jamoa, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ta’lim, san’at va madaniyat, atrof-muhit, boshqaruv, moddiy farovonlik va ish kabilarni qay darajada ekanligini aniqlash maqsadida ishlab chiqilgan. Ushbu indeks bilan Happiness Alliance, Global Happiness Council va Gallup kabi tashkilotlar ish olib boradilar. Indeksning ko‘rsatkichlari:
- YAIM (yalpi ichki maxsulot);
- Ijtimoiy qo‘llab quvvatlash;
- Kutilayotgan umr davomiyligi;
- Hayotiy muhim qarorlarni qabul qilish erkinligi;
- Saxiylik;
- Korrupsiya ta’siri.
Respondentlarga 1 dan 10 gacha bo‘lgan shkala doirasida aholidan so‘rovnoma asosida aniqlanadi.
2020 yil World Happiness Report reytingi bo‘yicha O‘zbekiston 153 ta mamlakat orasida 38-o‘rinni egalladi. Bu 2019 yilgi ko‘rsatkichlardan uch pog‘ona yuqori deganidir. O‘zbekiston 2013 yildan 2020 yilgacha bo‘lgan davrda 2013 yilda eng kam 5.62, keyingi yillarda 6.02 ballni va 2020 yilda eng ko‘p 6.26 ball ko‘rsatkichini qo‘lga kiritgan. O‘zbekiston MDH davlatlari orasida yuqori ko‘rsatkichlarni saqlab qolmoqda. Jumladan, Qozog‘iston 50-o‘rin, Tojikiston 71-o‘rin, Rossiya 73-o‘rin, Qirg‘iziston 74-o‘rin hamda Turkmaniston 95-o‘rinni egallaganlar.
Mazkur indeks bo‘yicha Finlyandiya uchinchi yildan beri ketma-ket 7.80 ko‘rsatkichi bilan yetakchilik qilmoqda. U dunyodagi baxtli davlat deb topilgan. Keyingi o‘rinlarni Daniya (7.64), Shveysariya (7.56), Islandiya (7.5), Norvegiya (7.48) Niderlandiya (7.44), Shvetsiya, Yangi Zelandiya, Avstriya va Luksemburg kabi davlatlar egallagan. Shuningdek, yetakchi davlatlardan Buyuk Britaniya 13-o‘rinni, Germaniya 17-o‘rinni, AQSH 18-o‘rinni, Fransiya 23-o‘rinni, Xitoy 94-o‘rinni egallagan. Hindiston, Malavi, Yaman, Botsvana, Tanzaniya, Markaziy Afrika Respublikasi, Ruanda, Zimbabve, Janubiy Sudan, Afg‘oniston (2.56) reytingning quyi pog‘onalaridan joy olgan.
2020 yil World Happiness Report reytingi bo‘yicha O‘zbekiston 153 ta mamlakat orasida 38-o‘rinni egalladi. Mazkur indeks bo‘yicha Finlyandiya 7.80 ko‘rsatkichi bilan birinchi o‘rinda. Keyingi o‘rinlarni Daniya (7.64), Shveysariya (7.56), Islandiya (7.5), Norvegiya (7.48) Niderlandiya (7.44), Shvetsiya, Yangi Zelandiya, Avstriya va Luksemburg kabi davlatlar egallashgan. Shuningdek, yetakchi davlatlardan Buyuk Britaniya 13-o‘rinni, Germaniya 17-o‘rinni, AQSH 18-o‘rinni, Fransiya 23-o‘rinni, Xitoy 94-o‘rinni egallagan. Hindiston, Malavi, Yaman, Botsvana, Tanzaniya, Markaziy Afrika Respublikasi, Ruanda, Zimbabve, Janubiy Sudan, Afg‘oniston (2.56) reytingning quyi pog‘onalaridan joy olgan[8].
Baxtlilik indeksini milliy ko‘rsatkich sifatida o‘rnatgan holda davlat ichki siyosatini yo‘nalishlari va boshqaruvdagi kamchiliklarni aniqlab joriy qilgan davlatlar ham bor. Masalan, bugungi kunda ko‘plab mamlakatlarda jumladan Butan Qirolligi, Birlashgan Arab Amirliklari[9], Hindiston[10], Venesuela, Nigeriyada[11] “Baxt Vazirligi” mavjud.
2013 yilda Venesuelada Prezident Nikolas Maduro tomonidan Baxt Vazirligi tuzishga harakat qilingan. Ushbu tuziladigan Vazirlik kambag‘allikka qarshi kurash va ijtimoiy muhofaza qilishga qaratilgan dasturlarni amalga oshirish bilan shug‘ullanishi taklif etilgan, ammo bu urinishlar muvaffaqiyat qozonmadi. Mamlakatda giperinflyatsiya, oziq-ovqat va gigiyenik vositalarning yetishmovchiligi kabi holatlar kuzatiladi .
Birlashgan Arab Amirliklarida 2016 yilda Bosh vazir Muxammad ibn Rashid al Maktum tashabbusi bilan Baxt Vazirligi tashkil etilgan. Vazirlik “aholini ijtimoiy muhofazasi va manfaatlarini himoyasi” va boshqa davlat organlarining faoliyatlari ustida nazorat qilish funksiyasi yuklatilgan, bundan tashqari u davlat siyosatiga alternativ g‘oyalar va qarashlar, takliflar tayyorlash vazifasini bajaradi. Vazirlikka 22 yoshli Oxud al Rumi ayol kishi boshchilik qilib kelmoqda.
Oxud al Rumi ta’kidlashicha: “Ba’zi odamlar baxtga erishish g‘oyasiga kulib munosabat bildirishlari mumkin. Sizni ishontirib aytamanki, bu ilm sohasidir. Bu albatta tibbiyot, sog‘liqni saqlash, va ijtimoiy fanlarni barchasini qamrab oladi. Biz baxtni hukumatimizda jamiyatimiz kundalik amaliyotiga tadbiq etishga harakat qilyapmiz”. Vazirlik fuqarolik erkinliklarini cheklash tufayli bir necha bor ayblovlarga duch kelgan, ammo Rumi umidsizlikka tushmadi: xususan, “Baxt haqidagi Global muloqot” Halqaro Forumida u madaniy paradigmalarni o‘zgartirish uzoq jarayon va sabr-toqatli bo‘lish kerakligini aytib o‘tgan.
Hindistonda 2016 yilda Madxya-Pradesh shtatida kambag‘al tumanlardan biriga boshchilik qilib kelayotgan Sivray Singx Chuxan Baxt vazirligini tuzgan. Uning g‘oyasiga asosan Vazirlik “baxt uchun vositalarni ishlab chiqish” bilan shug‘ullanishi va odamlarga o‘z qobiliyatini ro‘yobga chiqarish imkoniyatini beradigan va farovonlikni vujudga keltiradigan ekotizimni yaratishi kerak.
2017 yilda Nigeriyada Imo shtatida Roshas Okorocha boshchiligida baxt vazirligi tuzuldi. Vazirlik boshqa davlat idoralarining aholini ta’minlash ishlarini baholaydi va aholi farovonligiga qanday g‘amxo‘rlik qilish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishi zarur edi. Biroq, yangi hukumat organining ishi tezda tanqid bilan kutib olindi, chunki bu aniq natijalar ko‘rsata olmadi.
MILLIY BAXTLILIK INDЕKSLARI.
Butan Qirolligi birinchilardan bo‘lib, 1972 yilda Butan qiroli Djigme Vangchuk tomonidan mamlakatda Milliy Baxtlilik indeksini joriy qilgan.Ularda YAIM yalpi ichki mahsulot tushunchasi Yalpi Milliy Baxtlilik tushunchasi bilan almashtirilgan. 1998 yilda Butan hukumati “Baxtning 4 ko‘rsatkichi” nomi bilan yangi reja qabul qilgan. Ularga 1) iqtisodiy rivojlanish; 2) atrof muhit muhofazasi; 3) milliy madaniyat targ‘iboti va samarali boshqaruv; ko‘rsatkichlari kiritilgan. Ular har ikki yilda almashtirib turiladi. Shuningdek 72 ta ko‘rsatkich buyicha Baxtlilik o‘lchanadi. Misol uchun, meditatsiya va ibodat qilish, xudbinlik darajasi, rashk, sovuqqonlik, hamdardlik, sahiylik, o‘z-o‘zini o‘ldirish fikrining mavjudligi kabilar. Davlatda buddizm qoidalari amal qiladi, korrupsiya umuman yo‘q qilingan, yaxshi ekologik tabbiy muhit yaratilgan, ximik o‘g‘itlar davlatga umuman kiritilmaydi, aholining ko‘pchiligi vegetarianlardan iborat. Butan Konstitutsiyasida ham aholining baxtli turmush tarzini kechirish uchun sharoit yaratilgan. Butan hukumati tomonidan har bir fuqaroning baxtini ta’minlash imkoniyatini yaratib beruvchi dastur ishlab chiqilgan.
Buyuk Britaniya 2010 yilda Milliy Baxtiyorlik indeksini aniqlash uchun 2 million funt sterling ajratdi. Buyuk Britaniya Bosh vaziri D.Kemeron tomonidan hukumatning ishlash ko‘rsatkichi sifatida joriy qilishni taklif qilgan[14]. Indeks sotsiologik so‘rovnomalar asosida aniqlangan. So‘rovnomalar natijasida britaniyaliklar uchun mustahkam sog‘liq, oila va yaqin insonlar bilan iliq munosabatlar hamda sevimli ish baxtiyorlik hissini berishi aniqlangan. Buyuk Britaniya ham o‘z milliy indeksi orqali jamiyat va davlatda mavjud muammolarni aniqlash hamda ularga yechimlar topishda foydalanmoqda. Shunga qaramay olimlar va siyosatchilar bu borada bahslashib kelmoqdalar. Pozitiv psixologiya namoyondasi Martin Seligman Britaniya hukumatini ko‘proq insonlarning farovonligiga e’tiborni qaratishni, baxt tushunchasining aniq ilmiy ta’rifga ega emasligi va turli insonlar uchun turlicha ahamiyat kasb etishini e’tiborga olishlikka chaqirgan. Bu borada Seligmanning “baxt tushunchasidan farovonlik g‘oyasi sari” konsepsiyasida psixolog olim farovonlikning keng tushuncha ekanligini hamda uning afzalliklarini qo‘llashning psixologik hususiyatlarini tushuntirishga harakat qiladi[15].
Fransiya 2008 yilda Nikolya Sarkozi iqtisodiy yutuqlar va ijtimoiy o‘sishni aniqlash bo‘yicha maxsus komissiya tashkil qilgan. Komissiya xayot sifatini aniqlashning ko‘rsatkichlariga rivojlanish barqarorligi, fuqarolarning siyosiy huquqlari, ekologiya darajasini kiritgan. Komissiya ishi yakunlangach Sarkozi davlatda Baxtiyorlik va tibbiy xizmatga bo‘lgan imkonni o‘lchash mezonlarini kiritilgan.
Indoneziyada oilaning baxtlilik indeksini aniqlash maxsus testi va mobil ilova yaratilgan bo‘lib, oilaviy nizolar va ajralishlarni oldini olishda, oilani diagnostika qilishda foydalanib kelinmoqda. E-Happiness Tool mobil ilovasi[5]da 20 ta test savoli beriladi. Shuningdek, maxsus vebsayt ham ishga tushirilgan bo‘lib, unda Indoneziya xaritasining qaysi qismlarida baxtlilik indikatorlari orqali anqilangan natijalar namoyish etib boriladi.
Malayziyada ta’lim jarayonini yaxshilash va monitoring yurgizish maqsadida Teylor Universitetining muhandislik maktabida yangi yalpi institutsional baxtlilik indeksi (GIHI)joriy qilingan[6]. U orqali o‘qituvchi va talabalarning baxtliligi o‘lchanadi. Ushbu indeksning metodologiyasi 9 ta asosiy domenga bog‘langan indikatorlardan iborat. Mazkur domenlarga 1.Psixologik xotirjamlik; 2.Sog‘liq; 3.Vaqtni sarflash; 4.Ta’lim; 5.Madaniy turli tumanlik; 6.Yaxshi boshqaruv; 7.Jamoa jiznesposobnost; 8. Ekologik turli tumanlik; 9. Yashash standartlari. Ular o‘z navbatida indikatorlar va subindikatorlarga bo‘lindi. Ushbu indeks orqali mazkur maktab o‘qituvchilari va talabalarining fikri o‘rganilib ta’lim jarayonini yaxshilash ustida ish olib borilmoqda.
Xitoy 2011 yilda 16 ta ko‘rsatkich asosida o‘z Milliy Baxtlilik indeksini joriy qildi. Indeks ilmiy tadqiqotlar, ta’lim, madaniyat va sportga bo‘lgan harajatlarni inobatga oladi. Bundan tashkari, har bir insonning yashash maydon metraji, har 1000 ta fuqaroga shifokorlarning to‘g‘ri kelishi, yashil ekinlar maydoni va xatto YAIM hajmiga nisbatan karbonat angedridning emissiya hajmi ham kiritilgan. Xitoyda Xenan provinsiyasida mansabdor shaxslarni ish faoliyatini baholash uchun Baxtlilik indeksi joriy kilingan. Xitoyda ham hukumat tomonidan aholi turmush darajasini ko‘rsatib beruvchi 16 ta ko‘rsatkich joriy qilingan. Baxtlilik indeksi Xitoyda davlat mansabdor shasxlarining ish samaradorligining ko‘rsatkichi hisoblanadi. Salbiy natijalar olinganda kadrlar tizimida o‘zgarishlar o‘tkazilgan. Xenan deb nomlanuvchi provinsiyada baxtlilik indeksi qo‘llanib kelmoqda, ko‘rsatkichlar natijasida ishdan bo‘shatishlar amalga oshirildi va ko‘plab amaldorlarga xizmat bo‘yicha darajalarini oshirish arizalari rad etildi[16].
Yaponiya Arakava shahrida Baxtlilik indeksi ishlab chiqildi va Yaponiya hukumatiga butun davlat miqyosida joriy etish taklifi kiritildi. Arakava Baxtlilik Indeksini (GAH) yaratishda 2009 yilda Arakava shahar mahalliy hokimiyat uchun ilmiy tadqiqot instituti tashkil etildi. Mazkur institut maxsus ilmiy guruh tuzulib ular tomonidan aholi fikri so‘rovnomalar va intervyular statistik tahlil va muhokama davra suhbatlari orqali indikatorlar shakllantirildi. 2 xil yondashuv tanlab olindi ya’ni –aniq maqsadga asoslangan va ehtiyojlarga asoslangan. 2006 yildan boshlab har yili o‘tkazilib kelinadigan Arakava shahar jamoat fikri ham olinib tahlil qilindi. Aholi fikrini o‘rganish chog‘ida ko‘plab munozaralar ham kelib chiqdi. Ulardan biri baxt tushunchasining quvonch, shodlik kabi tushunchalardan farqi, shuningdek hayotdan qoniqish tushunchasi bilan ayni emasligi bahslarga sabab bo‘ldi. Shuningdek, GAHni shakllantirishda subyektiv baxt tanlab olinadimi yoki obyektiv baxt tanlab olinadimi degan uzoq tortishuvlardan so‘ng respondentlar – ham subyektiv, ham obyektiv baxt e’tiborga olinishi yoqlab ovoz berdilar. 5 yil (2006-2010)ichida so‘rovnomalar asosida yig‘ilgan Arakava shahri aholisining fikri 86% respondent “sog‘lom bo‘lish”ni birinchi navbatdagi baxt ko‘rsatkichi ekanligini va keyingi o‘rinda 56% “oila bilan yaxshi munosabatda bo‘lish”ni yoqlab ovoz berganlar. Shundan so‘ng 2011 yil avgustda Arakava shaxri hukumati tomonidan baxtlilik indeksi joriy qilindi. Arakava baxtlilik indeksi (GAH-Gross Arakawa Happiness) 6 ta muhim indikatorlar asos qilib olindi[17]:
- Uzoq umr va sog‘liqni ta’minlovchi shahar;
- Bolalarga g‘amxo‘rlik va ta’limni ta’minlovchi shahar;
- Innovatsion sanoatga boy shahar;
- Atrof tabiiy muhitga ko‘proq e’tibor qaratadigan shahar;
- Madaniyat va yaratuvchanlik shahri;
- Tinch va xavfsiz shahar.
Yaponiyadagi mazkur loyiha shahar hokimiyatini o‘z hududida yashovchi aholini baxtliroq qilish uchun va uni aniqlashda yordam sifatida qo‘llanib kelinmoqda.
Xorijiy davlatlar tajribasini tahlil qilish natijasida ko‘zga tashlanayotgan ijobiy hususiyatlar bilan bir qatorda salbiy holatlar ham mavjud. Baxtlilik indeksini joriy qilishning samaradorlik darajasi Butan Qirolligi, Xitoy, Yaponiya va Birlashgan Arab Amirliklarida kuzatilmoqda. Ushbu davlatlarda aholining turmush darajasi, ijtimoiy ta’minot masalalari va unda ham iqtisodiyot ham to‘g‘ri yo‘naltirilgan siyosat va boshqaruvga erishilganligini kuzatish mumkin. Venesuela va Hindistonda Baxt Vazirligi tashkil etilganligiga qaramasdan, ular amalda ish samarasini bermagan. Kambag‘allik, oddiy gigiyenik holatlarning past darajadaligi achinarli[18]. Shu o‘rinda savol tug‘iladi nima uchun bunday qarama qarshi holatlar yuzaga kelgan ? Nazarimizda mazkur bugungi kundagi jarayonlarda quyidagi omillarning ta’siri mavjud:
Birinchidan, baxt tushunchasining hanuz mavxumliligi va uning ilmiy falsafiy jihatlarini konkretlashtirish imkoniyatlarining chegaralanganliligi;
Ikkinchidan, baxt tushunchasining subyektiv xarakterga ega ekanligi;
Uchinchidan, joriy qilingan baxtlilik indekslarining metodologiyasi va indikatorlarning turliligi ham o‘z navbatida boshqaruv samaradorligiga ta’sirini o‘tkazishi mumkin hamda baxtni o‘lchovchi yagona metodika hali ishlab chiqilmaganligi;
To‘rtinchidan, Baxtlilik indeksi asoslanayotgan aholining so‘rovnomalarda ishtirok etish xohish istagining sustligi. Jumladan, Rossiya tadqiqotchilari bugungi kunda ijtimoiy so‘rovnomalar inqirozga duch kelganligini buning sababi ularga ishonchning yo‘qligi, ko‘plab fuqarolar ularga hech kim quloq solmasligini bunga vaqt ketgazish ahamiyati yo‘qligi hamda xavfsiz emasligini bildirishgan. Aholi nigohida ijtimoiy so‘rovnomalar mustaqil institut sifatida ko‘rilmayotganligi qayd etildi. Mazkur jarayon Qozog‘istonda ham kuzatilmoqda.
BAXTLILIKNI O‘LCHOVCHI KЕNG TARQALGAN MЕTODIKALAR
Ko‘plab ta’riflar va turli mavzular bir qancha savollarni yuzaga keltiradi. “Biror kimning baxtiyorligini biz qanday anglaymiz?” “Men baxtlimanmi?” Baxtiyor bo‘lish uchun nima qilish kerak?” Mazkur savollar ko‘plab baxtlilikni o‘lchashga qaratilgan tadqiqotlarning predmeti bo‘lib kelgan. Hozirda Jahon baxtlilik ma’lumotlar bazasida 19259 ta tadqiqot o‘tkazilganligi qayd etilgan. Ushbu tadqiqot Bugungi kunga kelib, baxtlilikni o‘lchovchi sotsio-psixologik testlar va sotsiologik so‘rovnoma turlari keng tarqalgan.
Baxtlilikni o‘lchashga qaratilgan sotsiologik tadqiqotlar amaliyotda standart metodlar va nostandart metodlarga bo‘linadi.
Standart metodlarga:
- Sotsiologik tadqiqot
- Savol shakllari (ko‘pincha tabaqalashtirilgan javoblarga ega bo‘lgan savollar)
Standart metodlarga xos xususiyat quyidagilardan iborat:
- to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘lchashga mo‘ljallangan;
- Shaxs baxtining intensivligini o‘zidan tinglagan holda aniqlash;
- bitta yopiq savolga javob berish;
- kichik raqamdan birini tanlash (odatda ≤ 12) aniq tartiblashtirilgan javob variantlari;
- tadqiqotning maqsadliligi uchun namunali deb hisoblanadigan shaxslardan tomonidan berilgan intervyular.
Nostandart metodlar sifatida ko‘plab testlar va so‘rovnomalar ishlab chiqilgan bo‘lib, ular ma’lum
Baxtni ilmiy o‘lchay olamizmi?
Baxtni o‘lchovchi ko‘plab testlarga shaxsiy hisobot testlari misol bo‘la oladi.
Baxt doktori sifatida tanilgan Mark Xolder, u baxtni o‘rganishda biologik indikatorlarga tayanadi. U o‘z mijozlaridan tupuk bezlari namunalaridan olib garmonlar hamda peshob neyrotransmitterlardagi o‘zgarishlarini o‘rganadi. Baxt shuningdek, turli hulq-atvorni o‘rganish bilan ham o‘lchanishi mumkin. Ko‘p mavjud hulq-atvor kulish va tabassum qilish bilan namoyon bo‘lishi mumkin. Duchenne tabassumi ko‘zlar bilan tabassum qilish ma’nosini bildiradi va chinakam tabassumni belgisi hisoblanadi. Duchenne tabassumini o‘rganish yana bir hulq-atvorni o‘rganish hisoblanadi va yaxshi o‘y fikrlar, hamda baxt bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Minnatdorchilik, mehr-oqibat yoki saxiylik shukronalikni o‘zida qamrab olgan hulq-atvorlar baxtni o‘lchovchi usullardan biri bo‘lishi mumkin.
Daniya baxtlilik tadqiqotlari instituti bosh direktori Mayk Viking (The Psychology 2018) baxt turli insonlar orasida turlicha ma’nolarga ega bo‘lishi mumkin degan xulosaga kelgan. Baxt bu subyektiv mahorat (tajriba) va ko‘pincha subyektiv farovonlik ma’nosiga ega. Shu boisdan ham ba’zi o‘lchovlar umumiy farovonlik va baxtlilikning faqat birgina jihatini qamrab olmaydi. Viking (2018) baxtni o‘lchagandan ko‘ra, baxt tushunchasiga hissa qo‘shuvchi turli faktorlarga etibor qaratish muhimroq, deb hisoblaydi. Viking mazkur faktorlarga kirishishdan avval birinchi navbatda soniyali baxt va umumiy baxt o‘rtasidagi farqni ajratib olish kerak, deb ta’kidlaydi. Soniyali baxt bizni amaldagi holatimiz va hissiyotlarimizni qamrab oladi. Umumiy baxt, bizning tajribalarimiz, ijobiy affekt va berilgan vaqt ichidagi hayotdan mamnunlilikni namoyon qiladi.
Viking tadqiqotlariga ko‘ra, (2018) soniyali va umumiy baxt o‘rtasidagi farq asosan 3 ta faktorning ta’sirini ko‘rsatadi, insonning genetikasi, vaziyat va xulq-atvor 40% bizning baxtliligimizni ko‘rsatib berishi mumkin.
Lyubomirskiy, Sheldon va Shkade (2005) tomonidan qayd etilgan 3 ta turli konstruksiyalar baxt haqida gapirilganda inobatga olinishi lozim: ko‘proq ijobiy hissiyotlar, hayotdan yuqori darajada mamnunlik va quyi salbiy hisssyotlar.
Mazkur 3 faktorning ma’nosi shuki biz baxtliligimizda ko‘proq ijobiy hissiyotlarni ko‘rsatib namoyon eta olamiz. Bular – rohat, qanoat va quvonch. Shuningdek, biz o‘z hayotimiz bilan to‘la mamnun ekanligimizni ham ko‘rsata olamiz. Hayotdan yuqori darajada mamnun bo‘lish odatda bizda hayotning turli jabhalaridan bizning munosabatlarimizdagidek, ishda va bizning shaxsiy rivojlanishimizdagi ijobiy tajriba borligidan.
Baxtli inson sifatida kam holatlarda biz salbiy hissiyotlarni ya’ni jahl, aybdorlik va qo‘rquvni namoyon etamiz. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, ijobiy darajada bizning baxtliligimizga vaziyat va tajribalarni interpretatsiya qilish yo‘liga diqqat qaratishimiz mumkin.
Baxtni o‘lchash so‘rovnomalarining siri
Baxtlilikka erishishga yordam beruvchi ko‘plab tadqiqotlar mavjud. Mazkur so‘rovnomalar turli savollardan, element va baholash tizimlaridan foydalanadilar.
Baxtlilikning aniq mezoni
Turli asoslarga tayanilgan savollar bo‘lishiga qaramasdan mavjud so‘rovnomalardagi umumiylik shundan iboratki, so‘rovnomalarning maqsadi qanday baxtlilik darajasi shaxsga mosligini aniqlab berishdan iborat. Shuningdek, ular shaxsga hayotining qaysi bir jabhasi ustida fikr mulohaza qilishiga yo‘l ko‘rsatadi.
The Penn Authentic baxtlilik so‘rovnomasi va testi
Mazkur so‘rovnoma shuningdek, Authentic Happiness Inventory deb ham nomlanadi, Pensilvaniya Universitetining autentik baxt vebsayti orqali o‘tish mumkin. So‘rovnoma 2006 yili Michigan Universiteti professsori Kristofer Peterson tomonidan yaratilgan. Mazkur o‘z o‘zini tekshirish testi bizning qanchalik darajada ijobiy hissiyotlarni boshdan kechirganimizni, kundalik vazifalarimizni va hayotning mazmuni hamda maqsadiga ko‘ra qanday his qilishimizni ko‘rsatib beradi.
Testda 24 guruhlangan element joylashtirilgan bo‘lib, har bir guruh 5 ta holatdan iborat tarzda tashkil topgan, testda o‘tgan kunlarda bo‘lib o‘tgan holatlarni tasvirlovchi holatlarni tanlash talab etiladi. To‘plangan ball oxirida testdan o‘tuvchi ko‘rsatiladi va 1 dan 5 gacha mezon asosida o‘lchanadi. 5 ball baxtlilikni o‘lchovchi eng yuqori ball hisoblanadi. Authentic Happiness faqatgina test topshiruvchining boshqa insonlarga nisbatan munosabatini ko‘rsatib bera oladi. Ammo testning kamchiligi u aniq tarzda baxtni o‘lchab beraolmaydi. Agar test topshiruvchi testni qayta topshirishini istasa u holda uning yangi natijalari eski natijalari bilan qo‘shilgan holda chiqadi. Mazkur test topshiruvchi uchun har hafta o‘z baxtining o‘zgarib o‘sib yoki tushib borayotganligini ko‘rish uchun topshiriladi. Balllarning o‘rtasidagi farqlar test topshiruvchiga o‘z baxtiga qanday ulush qo‘shib borayotganligini ko‘rib kuzatib borish imkonini beradi.
The Yale Happiness Test
Yel Universiteti psixolog professori Laurie Santos 2018 yil yanvarda psixologiya va yaxshi hayot kursini ochgan. U kursga ko‘plab talabalar qiziqish bilan qatnashganlar 1200 ta kursning avvalida talabalardan baxtlilik testini topshirish so‘ralgan. Santos Pensilvaniya Universiteti Authentic Happiness testidan foydalanadi, ishtirokchilarga ularning o‘z baxtliligi haqida aniqroq fikr berishi mumkin. 2018 yil o‘rtalariga kelib, Santos o‘z onlayn kursini boshladi, testda 130 mingdan ortiq kishi qatnashgan.
Oksford baxtlilik so‘rovnomasi
Ushbu so‘rovnoma Maykl Argayl va Piter Xills tomonidan Oksford Universitetida ishlab chiqilgan. 2002 yilda Argayl va Xills so‘rovnomani yaxshilangan versiyasini yaratdilar. Mazkur so‘rovnoma 29 ta banddan iborat. Savollar ijobiy va salbiy holatlarning kombinatsiyasidan iborat qilib tuzilgan va farovonlikning turli darajalariga tegishli. Bu respondentni har bir savolni sinchiklab o‘rganib chiqishlikka undaydi. So‘rovnoma respondentni har bir savolni baholashga majburlaydi va qanchalik darajada siz holatni ma’qullaysiz yoki inkor etasiz shunga bog‘liq. U 6 point Likert o‘lchovi bilan 6 eng yuqori baholash bo‘lib, “qat’iy ma’qullayman” ma’nosini beradi. 1 dan 6 gacha bo‘lgan baholash mezonida 1 eng quyi 6 eng yuqori qilib belgilanadi. 4 ko‘rsatkichi o‘rta stilistik shaxsning bali hisoblanadi. So‘rovnoma individual shaxslarning o‘z baxtlilik holati bo‘yicha shaxsiy tasavvurini shakllantirishga xizmat qiladi. Respondent qayta qayta so‘rovnomani topshirishi mumkin va o‘zidagi o‘zgarishlarni kuzatib borishi mumkin.
The Subjective Happiness Scale
Bu SHS qisqa va aniq yo‘naltirilgan so‘rovnomadir. U Lyubomirskiy va Lepper tomonidan 19 yil mobaynida ishlab chiqilgan SHS atigi 4 dona banddan iborat, ular 7-point Likert o‘lchovi bilan baholangan. Har bir holatda o‘zgarish mumkin. Har bir holat 14 ta turli doiradagi tadqiqotlarda tasdiqlangan 2700 ta ishtirokchi qatnashgan.
The 1-10 Happiness Scale
Ushbu so‘rov turi ko‘plab baxtlilikni o‘lchovchi so‘rovnomalar orasida keng tarqalgan. Uning asosiy muhim jihati barcha baxtlilik o‘lchovlari orasida insonning o‘zining amaldagi baxtliligini o‘lchashga qaratilgan. U shuningdek, hayotingizning ma’lum aniq qismini so‘rash bilan ham baxtlilikni o‘lchaydi.
Baxtlilik o‘lchovi 10 dan 20 tagacha bo‘lgan banddan iborat oraliqdan tashkil topgan. Har bir band odatda respondent hayotining maxsus qismini kategoriyasiga bog‘liq. Buning misoli bo‘lib, oila, ish, ma’naviyat, muloqot, uyqu, sog‘liq va hatto xushyorlik bo‘lishi mumkin.
Ball tizimi barcha o‘lchovlar bo‘ylab bir xil bo‘lishi mumkin. Respondentlarga har bir band bo‘yicha 10 Lakert o‘lchovida baholash so‘raladi hamda bunda 10 eng yuqorisi hisoblanadi. 10 ochkosi respondentning “juda baxtiyor” ekanligini ko‘rsatadi, 1 ochkosi esa “o‘ta baxtsizlik”ni bildiradi.
O‘lchov respondentning o‘z baxtliligini o‘lchay olish foydalanish imkoni boricha qulay qilib tuzilgan. Buni amalga oshirishning yo‘li men qanchalik baxtiyorman.
Psychology Today tomonidan o‘tkaziladigan Baxtlilik testlari
Psychology Today bu mashhur jurnal va vebsayt bo‘lib, u psixologiyaning amaldagi o‘zgarishlar va tadqiqotlarga bag‘ishlangan. U o‘z baxtlilik testlarini yaratdi hamda u vebsaytga joylashtirilgan. Mazkur versiya respondent natijalarini snapshot tarzida ekranga chiqarib beradi va respondentalrga haq evaziga to‘liq ma’lumotni olish imkoni yaratilgan. Test 47 ta banddan iborat va 20 minut vaqtni oladi. Bandlar taxminiy va o‘z-o‘zini baholashning uyg‘unlashuvidan iborat. Har bir band 5-ochkolik o‘lchov bilan baholanadigan turli ma’nodagi bandlar javob beriladigan bandga bog‘liq. 11 ta band 1-eng ko‘p paytlarda holatni ifodalovchi va 5 deyarli hech qachon holatini tasvirlovchi tasdiqni baholashga asoslanadi. Keyingi 23 ta band respondentning qanchalik darajada 1 qat’iy amin va 5 qat’iy inkor etaman tasdig‘ini baholashga qaratilgan. Oxirgi 12 ta band biror holatni tasvirlab turib keyin oxirida savol beradi. Respondentlardan 5 ta javoblardan birini tanlash so‘raladi. Ushbu baxtlilik testi respondentning qanchalik pessimist yoki optimist ekanligini aniqlab beradi. Tekin versiyadagi 1 dan 100 gacha bo‘lgan o‘lchovda baholaydi va paragraflarda har bir yig‘ilgan ochkolarning ma’nosini tushuntirib beradi.
Be happy Index (BHI)
Mazkur so‘rovnoma Robert Xolden tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, VVS telekanalining “Qanday baxtli bo‘lish mumkin?” dokumental programmasida namoyish etib boriladi. BHI 10 ta banddan iborat, ularning har biri 5 ochkolik zlchovdan iborat tarzda baholangan, “to‘g‘ri emas” yoki “juda to‘g‘ri” shaklda klassifikatsiya qilingan. Test respondentdan har bir banddan tasvir qanchalik darajada respondent holatini tasvirlanganligini baholashni talab etadi. Har bir tasvirlangan band hayotning turli jihatlariga tegishli qilib bayon qilingan misol uchun, munosabatlar, ish va shaxsiy hayot. Respondentlarga natijalar veb sayt orqali namoyish etiladi. Ochkolarning mazmuni tushuntirib beriladi.
Baxtlilikni o‘lchovchi mobil ilovalar:
- Happify
- SuperBetter
- Track your Happiness
- My Gratitude Journal
- Daylio
E-happiness Tool
Sizning oilangiz baxtlimi? Ko‘plab omillar oila baxtliligiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
E-happiness Tool oila baxtlimi yoki oilaning baxtliligiga ta’sir etuvchi omillar borligini baholab berishi mumkin. Mazkur omillar hayotdan qonniqqanlik, ta’sir va hayotning mazmunidir. E-happiness Tool shuningdek oila baxtliligini foizdagi darajasini ko‘rsatib beradi. E-happiness Toolning yana bir afzalligi shundaki u baxtlilik darajasining hududlar bo‘ylab va shahar darajasida taqsimlanishining xaritasi hamdir. Ushbu test onlayn holda tekindir. Qishloq joylardagi xarobalar tadqiqot uchun tanlab olingan, chunki qishloq joylarda yashovchilar yuqori darajadagi notenglikka uchrashlarining ehtimoli yuqori va farovonlikning eng minimum darajasiga erishishlari uchun ko‘proq resurs talab qilinadi, shuning uchun yashash hududi shaxsning farovon maqomga ega bo‘lishida. Taxmin qilish mumkinki, kambag‘al holatda yashovchi shaxslar farovon hayotning qo‘yi darajasida yashaydilar. Biroq, Kalkutada o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, Kalkutada xarobalarda yashovchi odamlar noqulay shart-sharoitlarga qaramasdan farovonlikning yaxshi jihatlarini his qilgan holda yashab kelganliklari aniqlangan va ular baxtliligi qayd etilgan.
Baxtlilik har bir insonga subyektiv tarzda uni his qilishini qabul qilish va bu ularning to‘liq hayotini ijobiy baholashlarini darajasiga bog‘liq. Baxtlilikni o‘lchashning 2 ta komponenti mavjud:
- Affektiv komponent
- Kognitiv komponent
Affektiv komponent shaxsning o‘zini ijobiy his qilishiga bog‘liq (affektning gedonik darajasi)
Kognitiv komponent esa shaxsning hayotdan qoniqishi hayotda hohlaganlariga erisha olish bilan bog‘liq.
Baxtlilik so‘zi ko‘pincha ekspertlar tomonidan aniq tushuncha emasligi mavxumliligi bois ushbu atamani “subyektiv farovonlik” bilan almashtiradilar. Subyektiv atamasi shaxs baxtlilikni real hayotda yoki boshqacha qilib aytganda insonning baxtliligining xakami insonning o‘zidir.
Badan Pusat Statistik baxtlilikni 3 ta o‘lchovda o‘lchashni o‘rnatdi:
- Shaxsiy o‘lchovlar bilan ijtimoiy o‘lchovlarni o‘zida mujassam etuvchi hayotdan qoniqqanlik o‘lchovlari
- His qilish o‘lchovi
- Hayotning mazmunini ifodalovchi o‘lchoqlar
Aniqlash metodlari
- Alkire-foster Method
- Composite index calculation method
- Website development method e-happiness.com
Sabina Alkira va Djeyms Fosterlar tomonidan ishlab chiqilgan kambag‘allikni o‘lchashning usuli hisoblanadi. Mazkur usul Foster tomonidan, kambag‘allikni kalkulyatsiyasiga asoslangan u insonning turli ko‘rinishdagi yo‘qotish (deprivation) hisoblaydi ularga ta’limning yetishmasligi, ishsizlik, sog‘liq va yashashning quyi standartlari.
Yo‘qotish mezoni kambag‘allikni aniqlash va keyin multidaymenshnl kambag‘allik indeksini yaratish uchun ishlatiladiyu Mazkur usulni 3 ta bosqichi bor:
- Tahlillarni hududlarini aniqlash. Taxlillar shaxslar yoki uy xo‘jaliklari, mahalla yoki maktab klinika, kompaniya, qishloq yoki boshqa hududiy birlik bo‘lishi mumkin;
- O‘lchovlarni aniqlash;
- Indikatorni tanlash.
Composite index calculation method
Baxtlilik indeksi 3 ta ko‘rsatkichga asolangan baxtli hayot darajasini o‘lchaydi.
Ular:
- Hayotdan qoniqish ko‘rsatkichi;
- Hissiyotlar ko‘rsatkichi;
- Hayot mazmuni ko‘rsatkichi
Hayotdan qoniqish ko‘rsatkichi o‘z navbatida bir necha sub ko‘rsatkichlarni o‘z tarkibiga oladi:
- A) Shaxsiy hayotdan qoniqish ko‘rsatkichi – ta’lim ko‘rsatkichlari va ko‘nikmalar; asosi ish, tadbirkorlik, mashhulotlar, sog‘liq, uydagi shart sharoit.
- B) ijtimoiy hayotdan qoniqish ko‘rsatkichi – oilaviy tinchlik xotirjamlik, bo‘sh vaqtga ega bo‘lish, ijtimoiy munosabatlar, atrof muhitdagi shart sharoitlar va xavfsizlik shart sharoitlari.
Hissiyotlar ko‘rsatkichi:
- Baxtlilik hissi
- xavotir olmaslik hissi
- tushkunlikka tushmaslik hissi.
Hayot mazmuni ko‘rsatkichi :
Mustaqillik, tashqi nazorat, shaxsiy rivojlanish, boshqalar bilan ijobiy munosabatlar, hayotiy maqsadlar va o‘zi o‘zi qabul qilish.
Ushbu 3 ko‘rsatkich har biri 1/3 bilan o‘lchanadi va har bir indikator ko‘rsatkichlarda teng baholanadi. Demak, indikatorlarning o‘lchovi quyidagicha aniqlanadi:
11 ta indikatordan tashkil topgan hayotdan qoniqish o‘lchovi 1/33 bilan, hissiyotlar ko‘rsatkichi 3 ta indikatorlar 1/9 va hayot mazmuni 6 indikatordan tashkil topgan u 1/8 bilan baholanmoqda.
Har bir so‘rovnomada baholangan shaxs ko‘rsatkichlari 0 yoki 1 bilan baholanadi. Agar ko‘rsatkich respondentda baxtlilik ko‘rsatkichi multiko‘rsatkich ko‘ra baholangan bo‘lsa unga 1 ochkosi beriladi. 20 ta indikatorning baholanishi olingandan so‘ng quyidagi formula asosida hisoblab chiqiladi:
Ci = W1I1 +W2I2 +…..WpIp
So‘ngra Ci 1/3 o‘lchovi bilan taqqoslanadi, agar u uy sharoitining statistik holatidan yuqori bo‘lsa u holda respondent “baxtli” ekanligi aniqlanadi.
OILALARNING BAXTLILIK DARAJASINI O‘RGANISHGA QARATILGAN SOTSIOLOGIK TADQIQOT NATIJALARI
So‘rovnomada baxtlilik darajasini o‘lchashning subyektiv o‘zini o‘zi baholash usulidan foydalanildi va 1-10 gacha bo‘lgan oraliqdagi baholashga qaratilgan savollar taqdim etildi.
V 1. Oilangizning jipslik (totuvlik) darajasini 10 ballik tizimda qanday baholaysiz? Bunda 1 ball totuvlikning eng past darajasi, 10 ball eng yuqori darajasi
1……….2………3……….4……….5………6………7……….8………9………10
So‘rov ishtirokchilari o‘z oilalarining jipslik darajasini ancha yuqori baholaganlar. Ularning 82 foizi 10 balli tizimda oilaning jipslik darajasini 5 balldan yuqori ko‘radilar, deyarli har ikkinchi respondent (47%) esa eng yuqori ballni tanlaganlar. Ushbu yuqori ko‘rsatkich birinchi navbatda erkaklarning baholari evaziga shakllangan. Ularning orasida jipslik darajasini eng yuqori ball bilan baholaganlar ulushi 62,5 foizni tashkil etadi. Boshqa tomondan jipslik darajasini eng past ball bilan baholagan respondentlar orasida erkaklarning ulushi ayollarga qaraganda ikki barobar ko‘proq. Bundan muayyan ma’noda oilaning holatini baholashda erkaklar emotsional identifikatorlarga ko‘proq suyanadilar degan xulosaga kelish mumkin.
Oilaning jipslik darajasini baholashda qishloq va shahar aholisining qarashlarida farqlar asosan 5 ball va undan past darajani tanlagan toifalarda kuzatiladi. Shahar joylarida ushbu ballar diapazonini tanlagan respondentlar ulushi 17,3 foizni tashkil etgan bo‘lsa, qishloq aholisi uchun 20,5 foizga yetgan.
Jipslikning yuqori darajasini tanlagan qishloq va shaharlik respondentlarning salmog‘ida farqlar deyarli kuzatilmaydi. Masalan, javoblari 8-10 ball diapazonida bo‘lgan so‘rov ishtirokchilarining ulushi shaharlik respondentlar 72,8% bo‘lsa, qishloqdagilar uchun 72,7% ni tashkil etgan. Shu bilan birga eng yuqori – 10 ballni tanlagan respondentlarning salmog‘i qishloq joylarida yashovchilar o‘rtasida ko‘proq – 50%, shaharda esa – 46,2%.
Oilalarning jipslik darajasi, ballarda
Respublika hududlari orasida jipslik darajasining eng yuqori ko‘rsatkichini tanlagan respondentlar ulushi eng ko‘p Navoiy viloyatida bo‘lsa (66,7%), Toshkent shahridan so‘rovda ishtirok etganlar ushbu ballni boshqalarga nisbatan kamroq tanlaganlar (40,8%).
Jipslikni past ballar bilan baholagan oilalar orasida diqqatni tortadigan jihat shundan iboratki, so‘rovning barcha ishtirokchilari orasida 1-2 ballni tanlaganlar ulushi o‘rtacha 3,2 foizni tashkil etgan bo‘lsa Samarqand viloyati uchun bu ko‘rsatkich 6,7% bo‘lgan.
B1. Turmush o‘rtog‘ingiz bilan bir-biringizni o‘zaro tushunishingiz darajangizni 10 ballik tizimda qanday baholaysiz? Bunda 1 ball eng past daraja, 10 ball eng yuqori
1……….2………3……….4……….5………6………7……….8………9………10
Er va xotinning o‘zaro bir-birlarini tushunish darajasi bo‘yicha eng yuqori ballni belgilagan respondentlar salmog‘i 40 foizdan ko‘proqni tashkil etgan. E’tiborli jihati ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha ham ayollar va erkaklarning baholarida keskin farq mavjud. O‘zaro bir-birini tushunishning eng yuqori ko‘rsatkichini tanlagan ayollar ulushi 38 foizni tashkil etgan bo‘lsa erkaklarning 56 foizdan oshig‘i ushbu bahoni tanlagan.
Ayollarning oiladagi o‘zaro tushunish darajasini pastroq baholashlarini 5 ball va undan past balllarni tanlagan respondentlarning jinslar bo‘yicha tarkibi tahlili orqali ham aniqlash mumkin. Past ballni tanlagan erkaklarga nisbatan ayollarning ulushi deyarli ikki barobar yuqori. Ushbu natijalar ayollarning oiladagi o‘zaro bir-birini tushunishga bo‘lgan talabi va kutilmalari erkaklarnikidan yuqori ekanligi to‘g‘risida xulosa yasashga undaydi.
Tahlil qilayotgan ko‘rsatkich bo‘yicha qishloq va shahar o‘rtasidagi farqlar qishloq oilalarida er va xotinning o‘zaro tushunish darajasi yuqoriroq ekanligidan dalolat beradi, biroq bu farq ayollar va erkaklar orasidagi farq kabi salmoqli emas.
Baxtlilik indeksini baholashga qaratilgan ayrim yondoshuv va metodikalar insonning qaror qabul qilish erkinligi ko‘rsatkichini baholash indikatorlari sirasiga kiritadi. Shubhasiz, oilada eng muhim qarorlarni qabul qilishdagi tenglik uning baxtlilik darajasiga ta’sir etadigan omillardan biridir. Shuni inobatga olgan holda so‘rov doirasida oilada qaror qabul qilishdagi er va xotinning ishtiroki darajasi o‘rganildi. Ushbu savolga olingan javoblar ma’lum ma’noda tashvish uyg‘otadi. Xususan, oilaga taalluqli masalalar bo‘yicha er-xotin tomonidan birgalikda qaror qabul qilinadigan oilalar ulushi atiga 37 foizni tashkil etgan. E’tiborli tomoni ushbu daraja shahar va qishloq joylarida istiqomat qiluvchi oilalar uchun deyarli farq qilmaydi. Ayol va erkak respondentlar uchun ham shunday holatni kuzatish mumkin: qarorlar birgalikda qabul qilanadi degan javobni tanlagan ayollar ulushi 36,8 foizni tashkil etgan bo‘lsa, erkaklar ulushi 37,5% bo‘lgan.
45,6% respondentlar qarorlar faqat erkak tomonidan qabul qilinishini bildirganlar, erkak respondentlar uchun bu ulush 56,3 foizni tashkil etgan. Bundan kelib chiqadiki, erkaklar qarorlarni qabul qilishda o‘zlarining rollarini yuqoriroq ko‘radilar, bu pozitsiya ma’lum ma’noda ularning aslida qanday bo‘lishi lozimligi to‘g‘risidagi fikrlari ta’sirida shakllangani bo‘lishi ham ehtimoldan xoli emas.
Hayrat uyg‘otadigan yana bir jihat shundaki, 7,4% respondentlar oila bo‘yicha qarorlar er yoki xotin tomonidan emas, ularning ota-onalari yoki boshqa oila a’zolari tomonidan qabul qilinishini ma’lum qilganlar. Shubhasiz, bu holat mazkur oilalarda er va xotinning huquqlarini ma’lum darajada cheklanishidan dalolat beradi. Shuni e’tiborga olish joizki, ushbu javob variantini faqat ayol respondentlar tanlaganlar. Shubha yo‘qki, mazkur holat ko‘p hollarda ayollarning erning ota-onasi va boshqa oila a’zolari bilan birgalikda yashashlari bilan bog‘liq. Quyidagi jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, alohida turar-joyda yashovchi respondentlar orasida oila bo‘yicha qarorlar erning yoki xotinning yaqinlari tomonidan qabul qilinishini ta’kidlagan respondentlar ulushi ular bilan birga yashaydigan respondentlarning ulushiga qaraganda deyarli 10 barobar ko‘p.
So‘rov natijalariga ko‘ra oilaviy qarorlarni qabul qilishda erning ota-onasi va yaqinlarining ta’siri yuqoriligi ayniqsa qishloq ayollari uchun dolzarb. Shu javob variantini tanlagan qishloqda yashovchi ayollar ulushi shaharlik ayollarga nisbatan 2,4 barobar ko‘p.
Oilaviy baxt va totuvlikning eng muhim indikatorlaridan biri shubhasiz oila ayolning (rafiqaning) huquqlari qanchalik ta’minlangani, ro‘yobga chiqarilgani bilan ifodalanadi. Afsuski, ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha ham so‘rov natijalari tashvish uyg‘otadi. Ayolning oilada huquqlari to‘liq ta’minlangan deb hisoblovchi respondentlarning ulushi atiga 51 foizni tashkil etgan. Lekin respondentlarning jinsi bo‘yicha tahlili aslida bu daraja ham erkaklarning javoblari hisobigagina 50 foizdan oshganligini ko‘rsatadi. Xususan, ayollarning huquqi to‘liq ta’minlangan deb hisoblaydigan erkaklar ulushi 65,6 foizni tashkil etgan bo‘lsa, ayollar uchun bu ko‘rsatkich bor-yo‘g‘i 48% bo‘lgan.
Shahar va qishloq kesimida ham farqlarni kuzatish mumkin. Xususan, oilada ayollarning huquqlari to‘liq ta’minlanganini ta’kidlaganlar soni shaharda yashovchi respondentlarning yarmidan ham kamroq (49,7%).
So‘rovning jiddiy tashvish uyg‘otadigan natijasi shundan iboratki, so‘ralganlarning salkam 10% oilada ayolning huquqlari mutlaq ta’minlanmagan degan xulosani bildirganlar. Bunday fikrdagi ayollarning ulushi yanada balandroq – 10,8%. Shaharlik respondentlarning orasida ayolning mutlaq huquqsizligini bildirganlar ulushi (11,6%) qishloqda yashovchi respondentlar orasida shu javobni tanlaganlarga nisbatan 5 barobar ko‘proq. Hududlar orasida Toshkent shahrida oilada ayolning huquqlari ta’minlanmagani bildirgan respondentlar salmog‘i 17,3 foizni tashkil etgan. Javoblarning bunday taqsimlanishi qishloq ayollariga nisbatan shahar ayollarining huquqsizligidan emas, balki ularning shaxsning huquqi yuzasidan talablari va standartlari yuqoriroq ekani bilan bog‘liq.
Oilalarda ayolning huquqlarini ta’minlanganlik darajasi, %
Umuman olganda, so‘rov natijalari oilalarda baxtlilik darajasiga ta’sir etadigan salbiy omillardan biri ma’lum qism oilalarda ayollarga nisbatan to‘g‘ri munosabat shakllanmagani bilan bog‘liq ekanini ko‘rsatdi. Xususan, 37,5% erkaklar ayrim vaziyatlarda ayolni kuch ishlatib jazolash zarur bo‘ladi (vaziyat shuni taqozo etadi) degan xulosani bildirganlar. Eng dahshatlisi har qanday holatda ham ayolga nisbatan kuch ishlatish mutlaq mumkin emas degan fikrni bildirgan erkaklarning ulushi bor-yo‘g‘i 31,3% ni tashkil etgan. Umuman so‘rovning barcha ishtirokchilari orasida ushbu javobni tanlaganlar salmog‘i 50 foizga ham yetmaydi (49,3%).
Oilada baxtlilik darajasini belgilab beradigan omillardan yana biri o‘zaro ishonch va vafo hisoblanadi. So‘ralganlarning 60,4% turmush o‘rtog‘i tomonidan oilaviy hiyonatga yo‘l qo‘yilishi ehtimoli umuman mavjud emas deb hisoblaydilar.
E’tiborli jihati shundaki, so‘rovda ishtirok etgan bironta erkak ham turmush o‘rtog‘i tomonidan oilaviy hiyonatga yo‘l qo‘yilishi mumkinligi ehtimoli yuqori ekanini ta’kidlamagan. Ushbu javobni tanlagan ayollar ulushi 2,2 foizni tashkil etgan. Javoblarning deyarli xuddi shunday taqsimlanishini qishloq va shahar kesimida ham kuzatish mumkin (mos ravishda – 0% va 2,3%).
Respondentlarning 12% turmush o‘rtoqlari tomonidan oilaviy xiyonatga yo‘l qo‘yilishi mumkinligi ehtimolini baholay olmasliklarini bildirganlar.
Siz turmush o‘rtog‘ingiz tomonidan oilaviy hiyonatga duch kelish ehtimolingizni qanday baholaysiz?
Tadqiqotoldi gipotezalaridan biri oilalarning baxtlilik darajasiga er va xotinning oiladagi o‘zaro munosabatlaridan tashqari oilaning moddiy va iqtisodiy ta’minot darajasi ham ta’sir etishi to‘g‘risidagi taxmin bilan bog‘liq edi. Shu nuqtai nazardan respondentlarning o‘z oilalarining moddiy holatini baholashlari natijalari muhim ahamiyat kasb etadi.
Respondentlarning 36,4% daromadlar hamma narsaga yetayapti, jamg‘arishning ham imkoni bor degan javob tanlaganlar. Iqtisodiy jihatdan eng yaxshi ta’minlangan oilalar vakillarining ulushi shahar joylaridan ko‘ra qishloq joylarida ko‘proqligi qishloq oilalarining daromadlari yuqoriroq ekanligi bilan emas, balki birinchi navbatda shahar oilalarining ijtimoiy va moddiy ehtiyojlari darajasi balandroq ekani bilan bog‘liq. Taxminan 5,5% respondentlar oilaning daromadlari xatto oziq-ovqatga ham to‘liq yetmayotganini bildirganlar.
Oilalarning moddiy ta’minoti darajasi, %
«Mahalla va oila» ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan olib borilgan ajralishlarning sabablarini o‘rganishga qaratilgan so‘rov natijalariga ko‘ra oila erning ota-onasi va boshqa yaqinlari bilan bitta uyda birga yashaganda ular tomonidan oilaga doimiy aralashuvlar turli nizolar va kelishmovchiliklarni keltirib chiqaradi va pirovardida bu salbiy munosabatlar oilaning ajrashib ketishiga olib kelish ehtimoli yuqori. Ushbu so‘rov natijalariga ko‘ra ajralishni boshdan kechirgan respondentlarning 25 foizdan oshig‘i agar erning yaqinlaridan alohida yashash imkoni bo‘lganida oilani saqlab qolish mumkin bo‘lardi deb hisoblaydilar. Demak oilaning alohida turar-joyda yashashi uning baxtlilik va jipslik darajasiga ta’sir etadigan omillardan biri. Shu bois tadqiqot so‘rovnomasiga ishtirokchilarning oilasi kim bilan yashashini aniqlashga qaratilgan savol kiritildi.
Atigi 56% respondentlar alohida turar-joyda yashashlarini ma’lum qilganlar. Albatta bu holatni o‘zbek millatiga xos bo‘lgan farzandlarning ota-onasi bilan birga yashash, ular to‘g‘risida doimiy ravishda qayg‘urish va ularga xizmat qilishga intilish bilan izohlash mumkin. Ammo so‘rov natijalari bu oddiy haqiqat deb qaraladigan mulohazalar ma’lum darajada o‘zining dolzarbligini yo‘qotganligini ko‘rsatmoqda. Faqat 38,6% respondentlar erning oila a’zolaridan alohida yashashni istamasliklarini ma’lum qilishgan. Ammo erkaklar uchun bu ko‘rsatkich 66,7 foizni tashkil etadi. Umuman ayol va erkak respondentlarning ushbu savolga javoblari bir-biridan keskin farq qiladi. Ayollarning teng yarmi alohida yashashni istashlarini bildirgan bo‘lsalar, erkaklar uchun bu ko‘rsatkich atigi 11 foizni tashkil etgan. Ayol respondentlarning 11% «men alohida yashashni istayman, ammo turmush o‘rtog‘im istamaydi» degan javob tanlagan bo‘lsalar, bironta erkak respondent bu javob variantini tanlamagan.
Erkaklar va ayollarning javoblaridagi bu nomutanosibliklar ko‘pgina oilalarda oilaning erning yaqinlaridan alohida yashashi masalasi er va xotin o‘rtasida yakdillikka putur yetkazadigan jiddiy omil sifatida tus olganidan darak beradi. Demak bu omil oilalarning baxtlilik darajasiga sezilarli ta’sir etishi to‘g‘risidagi xulosalar jiddiy asosga ega hamda ushbu darajani baholash va tahlil qilishda e’tiborga olishni talab etadi.
Respondentlarning oilalari bilan alohida turar-joyda yashashi istaklari %
E’tiborga molik tomoni shundaki, oilaning alohida yashashi xususidagi shaharda va qishloqda yashovchi respondentlarning fikrlarida keskin farqlar uchramaydi.
Tadqiqot oila alohida uy-joyga ega bo‘lganda ayollarning huquqlari yaxshiroq ro‘yobga chiqishini ko‘rsatdi. Oilada ayolning (rafiqaning) huquqlari mutlaqo ta’minlanmagan (ro‘yobga chiqarilmagan) deb hisoblaydigan respondentlar ulushi alohida yashaydigan oilalar vakillarida 3,3 foizni tashkil etgan bo‘lsa, erning oila a’zolari bilan birga yashaydigan respondentlar uchun 17,9 foizga yetgan.
Turar-joy sharoiti turlicha bo‘lgan oilalarda ayolning (rafiqaning) huquqlari ta’minlanganligi holati, %
Ko‘plab oila masalalari bo‘yicha mutaxassislar va psixologlarning fikricha, oilada shasxning o‘z «makoni»ga ega bo‘lishi, uning oiladagi holati va o‘zini ruhiy tomondan qanday his qilishini belgilab beradigan omillardan biri hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan tadqiqot so‘rovnomasiga so‘ralayotgan shaxsning alohida xonasi bor yoki yo‘qligi to‘g‘risida savol kiritildi.
So‘rov natijalarining ko‘rsatishicha har to‘rttadan bir respondentgina alohida xonaga ega. Deyarli 62% respondentlar turmush o‘rtoqlari bilan alohida xonalari borligini bildirganlar.
So‘rov ishtirokchilarining alohida honaga egaligi
O‘rganilayotgan masala yuzasidan so‘rovning eng muhim savoli shubhasiz respondentlarning o‘zlari tomonidan oilalarining baxtlilik darajasini qanday baholashlari to‘g‘risidagi savoldir. Respondentlardan oilaviy baxtlilik darajasini 10 ballik shkalada baholash so‘raldi.
Baxtlilik darajasini past (5 balldan past) baholagan respondentlar ulushi 6,9 foizni tashkil etdi. E’tiborli jihati darajalar bo‘yicha guruhlar salmog‘i ballarning o‘sishiga qarab oshib borgan, xususan o‘rtacha darajani (5-6 ball) tanlagan respondentlar ulushi 15,2%, yuqori darajani (7-8 ball) tanlaganlar – 22,1% va oilaviy baxt eng yuqori darajada (9-10 ball) deb hisoblovchilar esa 55,8 foizni tashkil etgan.
Demak, so‘rovda ishtirok etganlarning yarmidan ko‘pi o‘zlarining oilaviy baxtlilik darajasini eng yuqori ballar bilan baholaganlar.
Oilaviy baxtlilik darajasini baholashda ayollar va erkaklarning fikrlarida jiddiy farqlar kuzatiladi. Faqat eng past ballarni tanlagan ayollar va erkaklar salmog‘i bir-biriga yaqin. Jinslar bo‘yicha baholarni kuzatish ayollarning baholari butun shkala bo‘yicha nisbatan ravon joylashganini ko‘rsatsa, boshqa tomondan erkaklarning baholarida muayyan keskinlik borligidan darak beradi.
Umuman, erkaklar ayollarga nisbatan oilaning baxtlilik darajasini yuqoriroq baholaydilar. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha eng yuqori ballarni tanlagan erkaklar ulushi (78,1%) shu toifadagi ayollarga (51,9%) nisbatan 1,5 barobar ko‘proq.
Baxtlilik indeksini baholashning shahar va qishloq kesimi bo‘yicha tahlili qishloq oilalari o‘zlarini ko‘proq baxtli his qilishlarini ko‘rsatdi. Ularning 61,4% oilaviy baxtlilik darajasini eng yuqori ballar bilan baholaganlar, shahar oilalari uchun bu ulush 54,3 foizga teng bo‘lgan. Shu bilan birga tahlil qilinayotgan indikatorni eng past ball bilan baholagan respondentlar soni shahar va qishloq joylari uchun deyarli bir xil. Shunday tenglikni ayollar va erkaklarning baholarida ham kuzatilgan edi. Demak xulosa qilish mumkinki, o‘zlarining oilaviy baxtlilik darajasini past baholaydigan oilalar salmog‘i respondentlarning jinsi, yashash joyidan qat’iy nazar deyarli bir xil. Bu fakt mazkur toifaning salmog‘i to‘g‘risidagi ma’lumotning obyektivlik darajasi yuqori ekanidan dalolat beradi.
Respublika hududlari orasida oilaviy baxtlilik darajasi eng yuqori ko‘rsatkichi Navoiy viloyatida qayd etilgan. Aksincha, Toshkent shahrida baxtlilikni yuqori ballar bilan bahogan respondentlar ulushi boshqa barcha hududlar orasida kamchilikni tashkil etgan. Bu toifa respondentlarning salmog‘i umumiy so‘ralganlarning yarmiga ham yetmagan (43,9%).
Yuqorida ta’kidlanganidek, ushbu tadqiqot gipotezalariga asoslangan holda oilaviy baxtlilik indeksiga ta’sir etishi taxmin qilinayotgan bir qator omillar yuzasidan respondentlarning fikrlari va baholari o‘rganilgan edi. Mazkur omillarning baxtlilik indeksiga ta’sirini tahlil qilish orqali oilalarning baxtlilik darajasini oshirish uchun birinchi navbatda qaysi omillarga ta’sir etuvchi harakatlarni amalga oshirish zarurligi yuzasidan xulosalar yasash imkoni paydo bo‘ladi. Shunday xulosalardan biri oilaning moddiy va iqtisodiy ahvolining uning baxtlilik darajasiga ta’sirini aniqlash bilan bog‘liq edi. O‘tkazilgan tahlil ushbu indikatorlar orasidagi bog‘liq darajasini ochib berdi. Oilasining moddiy holati va daromadlarini eng yuqori baholagan oilalar vakillari orasida oilaviy baxtlilik darajasini eng yuqori ball bilan baholagan respondentlar ulushi 69,4 foizni tashkil etgan bo‘lsa oilasining moddiy ahvolini past darajada baholagan respondentlarning atiga 25% baxtlilik darajasini baholash uchun yuqori ballarni tanlaganlar.
Farqlar, ayniqsa, oilaviy baxtlilik darajasini past baholagan toifalar baholarida yaqqol ko‘rinadi. Xususan, oilasining moddiy ahvoliga «daromadlar hamma narsaga yetayapti, jamg‘arishning ham imkoni bor» qabilida baholagan respondentlar orasida oilaviy baxtlilik darajasini past baholagan respondentlar ulushi 3,8 foizni tashkil etgan bo‘lsa, bu toifa respondentlar oilaning daromadlariga «faqat oziq-ovqatga yetayapti» deya baho berganlar orasida 26,7% bo‘lgan.
Moddiy ahvoli turlicha bo‘lgan oilalarning baxtlilik darajasi
Tadqiqot gipotezasiga ko‘ra oilaning baxtlilik darajasiga ta’sir etishi mumkin bo‘lgan omillardan biri alohida uy-joyga egaligi, ya’ni erning yoki xotinning oila a’zolaridan alohida yashashi hisoblanadi. Tadqiqot natijalari tahlili ushbu gipoteza o‘z tasdig‘ini topganidan darak beradi. Alohida yashaydigan oilalar orasida oilaviy baxtlilik darajasini yuqori ballar bilan baholagan respondentlar salmog‘i 78,7 foizni tashkil etgan bo‘lsa, oila a’zolari bilan birga yashaydiganlar uchun bu ko‘rsatkich deyarli 20 foizga kamroq (57,9%) bo‘lgan.
Oilasining baxtlilik darajasiga past baho bergan so‘rov ishtirokchilari orasidagi ham bu farq yaqqol ko‘zga tashlanadi. Xususan, shu toifaga kiradigan respondentlar alohida yashaydigan orasida 4,1 foizni tashkil etgan bo‘lsa, turmush o‘rtog‘ining yoki o‘zining oila a’zolari bilan yashaydigan respondentlar uchun 10,5 foizga yetgan.
Tahlil uchun olingan omillardan biri – oila boshlig‘ining ish bilan bandligi yoki ishsizligi oilaviy baxtlilik darajasiga yuqorida keltirilgan ikkita omil kabi kuchli ta’sir etmasligi ma’lum bo‘ldi. Biroq, muayayn farqlar kuzatiladi. Xususan, oila boshlig‘i ishga, daromadga ega bo‘lgan oilalar vakillari orasida oilaning baxtlilik darajasini past bilan bilan baholagan respondentlar ulushi 6,5 foizni tashkil etgan bo‘lsa oila boshlig‘i ishsiz oilalar uchun bu ko‘rsatkich 8,2% bo‘lgan.
Shu tariqa, oilaviy baxtlilik indeksini unga ta’sir etadigan omillar strukturasini aniqlab olish va ularni obyektiv baholash orqali aniqlash mumkin. Pirovardida ushbu omillarga ta’sir etish orqali oilalarning baxtlilik darajasini oshirishning samarali yo‘llarini ishlab chiqishga imkon yaratiladi.
QADRIYATLARNING MUHIMLILIK DARAJASINI O‘RGANISHGA QARATILGAN TADQIQOT NATIJALARI
Ushbu jadvalda qadriyatlar tizimi va baxtning qay darajadaligi bir-biriga bog‘liq holda namoyon bo‘lishi solishtirib tahlil qilingan. Bunga ko‘ra quyidagi qadriyatlar baxt tuyg‘usi bilan bog‘langan. 1-terminal bo‘yicha o‘zgalar baxti, o‘ziga bo‘lgan ishonch, baxtli oilaviy turmush, bilimga intilish,
baxtli oilaviy turmush ko‘rsatkichlari
Bilim olishga intilish ko‘rsatkichlari
o‘zgalarni tushinish, salomatlilik qadriyatlarini belgilagan ishtirokchilarda o‘zida baxtlilik hissi yuqori ko‘rsatkichini ko‘rsatdi. Tenglik, sodiq do‘stlar,
Barcha uchun imkoniyatlar tengligi
tengnlik ushbu qadriyatlarni yuqori deb bilgan sinaluvchilarda baxtning past ko‘rsatkichi namoyon bo‘ldi. Chunki tenglik ko‘rsatkilari tahlilida ayollar maqsadi va istagi 56,9% tashkil etsa, erkaklarda bu ko‘rsatkich 45,2% foizni tashkil etgan xolos. Ushbu ko‘rsatkichlarni tahlil qilgan holda shuni aytish mumkinki, ko‘pgina holatlarda inson o‘zini baxtsiz his qilishiga sabab ular oiladagi munosabatlardagi o‘z maqsadlari bilan istaklari o‘rtasidagi ziddiyatlarni ko‘pincha yuz beradigan omadsiz holatlar deb qabul qilinishi sabab bo‘lishi mumkin ekan. Chunki inson hayotida, oilaviy munosabatlarda yuzaga kelgan biror bir to‘siqlarni omadsiz holatlar deb idrok etishi ularni depressiyaga tushirishiga sabab bo‘ladi. Natijada esa depressiya holatida bo‘lgan inson baxtlilik hissini his qila olmas ekan.
2-terminal qadriyatlardan olingan natijalarni baxt hissiga bog‘lagan holda quyidagicha tahlil qilindi. Tarbiyalanganlik, mustaqillik sabr bardoshlilik,
Tarbiyanganlik qadriyati ko‘rsatkichlari
mehr – oqibat, halollik, sermulohazalilik, o‘z-o‘zini boshqarish kabi qadriyatlarni
Halollik qadriyati ko‘rsatkichlari
O‘z-o‘zini boshqara olish ko‘rsatkichi
belgilagan sinaluvchilarda ham baxtlilik hissini tuyushlari yuqori natijani ko‘rsatdi. Ushbu qadriyatlar tahlil qilgan holda shuni aytish mumkinki, baxt insonning oiladagi munosabatlari, baxtli oilaviy hayotga intilishi bilan bog‘liq hisoblangan holda namoyon bo‘ldi. Ya’ni ularni e’tiborlilkka, g‘amxo‘rlikka intilishi, o‘z-o‘zini boshqarishga intilishi, o‘zgalarni tushunishga harakat qilishi, munosabatlardagi halollik, tarbiyalanganlikka e’tiborlilk kabi qadriyatlari yuqori natijani va baxtlilik hissini tuyushlari ham yuqori natijani ko‘rsatdi.
Kechirmaslik, o‘z-o‘ziga past talab qo‘yish, o‘zining ishiga befarq bo‘lmaslik kabi qadriyatlarni belgilagan sinaluvchilarda baxt hissini tuyushlari past natijani ko‘rsatdi. Bundan shunday hulosa qilish mumkinki, insonning o‘zini baxtsiz his qilishi uning ichki holati bilan bog‘langan bo‘ladi. Insonni ichki olamida qanchalik xotirjamlik mavjud bo‘lsa bunday insonlarda o‘zini baxtsiz his qilishlari past darajada bo‘ladi.
Ko‘pchilik tomonidan tan olinish (xurmat qozonish)
Ko‘pchilik tomonidan tan olinish (xurmat qozonish) ayollarda va erkaklarda
Jamiyatda artofdagilar tomonidan tan olinishlik, hurmat qozonishga bo‘lgan e’tibor odatda insonni o‘ziga va o‘z shaxsiga bo‘lgan munosabatni e’tirof etadi. Bunda shaxs qo‘ygan maqsadlarini ijobat bo‘lishi, kelajakka intilish mazmunini ko‘radi. Natijalar taxlili shuni ko‘rsatdiki xaqiqatdan respondentlar uchun bu ahamiyatli ko‘rsatkich, ammo ayollar va erkaklar o‘rtasidagi keskin tafovut bunday hissni keskinlashuvi bu oiladagi munosabatlarni keskinlashuvi ekanligi, ya’ni erkaklar odatda jamiyatdagi hurmat qozonishni asosiy mezon sifatida idrok etishsa, ayollar uchun esa oiladagi o‘z o‘rni va tan olinishi uchun bo‘lgan e’tibor muhimroq ekan. Ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi tafovut esa oilalarda aynan tan olinishlik, munosabatlardagi bir birlarini o‘zaro hurmat qilish borasidagi, tushinishga harakat qilish borasidagi kamchiliklar hozirgi kunda oilaviy nizolarning asosi sifatida namoyon bo‘lishini ko‘rish mumkin. Erakalar uchun jamiyatda o‘zini topishi qanchalik muhim bo‘lsa, ayollar uchun ham o‘z oilalarida qabul qilinishlik ularning ruhiyati xotirjamligi, o‘z kelajagiga pozitiv qaray olishi, oila a’zolari, farzandlari bilan to‘g‘ri munosabat qura olishi uchun shunchalik muhim ekanligiga e’tibor qaratish lozim.
Faol, qizg‘in hayot
Faol, qizg‘in hayot
Faol qizg‘in hayot ko‘rsatkichi shaxsni jamiyat bilan o‘zaro munosabati uning kasbi, o‘z ishi bilan shug‘ullanishi, bajarayotgan faoliyatidan mamnunlik motivatsiyasi bilan belgilanadi. Bajarayotgan ishidan, faoliyatidan mamnun bo‘lish hissi shaxsga uning bazaviy(asosiy) ehtiyojlarini qoniqish hissini ta’minlaydi. Bu esa shaxsni o‘z hayotidan mamnunligi, baxtliligi,yashashga bo‘lgan intilishni kuchli motivlarga asoslanganligini ta’minlaydi. Ko‘rsatkichlar taxlilidan shular ma’lum bo‘ldiki erkaklar ham ayollar ham bu hissga e’tibor berganlar, ammo ayollardagi yuqori ko‘rsatkich ulardagi tabiiy adaptiv shaxs xususiyatlari ularni oilada ham, ish faoliyatida ham faol bo‘la olishlari imkonini berishi ma’lum bo‘ldi. Erkaklarda bajarayotgan faoliyatidan mamnun bo‘lishi esa jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lish orqali o‘zligini topish, hiss qilish bilan kongruent bo‘lib, ularda bu ko‘rsatkich ancha muammoli ekanligini ko‘rsatdi. Hozirgi kunda erkaklarni jamiyatdagi roli emas balki ularni tutgan o‘rni ular uchun o‘z oilalarida o‘zlarni qanday his qilishlari uchun (ularni hurmatda ekanligi, ishi borligi) oilaviy munosabatdagi baxtni his qilishda o‘ta muhim bo‘lgan psixologik mexanizm ekanligiga e’tibor qaratish lozim.
Hayotdan zavqlanish yumor hissi
Hayotdan zavqlanish yumor hissi ayollarda va erkaklarda
Ma’lumki hayotdan zavqlanish insonga xos bo‘lgan, anglangan pozitiv emotsiyalar bo‘lib, bunday his tuyg‘ularning mavjudligi odatda insonga go‘zallikni his qilib yashash, oilaviy baxtni his qilishda kundalik hayotdagi kichkina muvaffaqiyatlarni ko‘ra olish, boriga shukr qilish kabi hislardan zavq olish imkonini beradi. Olingan natijalar taxlili shuni ko‘rsatdiki erkaklar hayotni bu tarafiga ko‘proq e’tibor bersalar, ayollarimiz bundan ancha yiroq ekanlar. Lekin jamiyatda yumor hissini keskin(asossiz) kuchayishi bu psixologik himoya mexanizmi sifatida namoyon bo‘lib, u zavq, baxt hissini emas, balki muammolarni yechishdan qochish, ularni hal qilishga harakat qilishdagi ojizlik, irodasizlik, tushkunlik, ma’suliyatsizlik kabi ko‘rinishdagi shaxs holati sifatida namoyon bo‘layotganligini nazarda tutish lozim. Bunday holat zavqni sun’iy xosil qilib yashash ya’ni oila qadriyatlariga tayanib emas aksincha turli moddalarga tobe bo‘lish, ahloqiy xulqni buzilishi bilan belgilanishi mumkin. Bu esa hali to‘la shakllanib bo‘lmagan, aynan qadriyatlarga asoslananib namoyon bo‘ladigan oila baxti, ko‘rki, faxri kabi butun inson hayotida oila mustahkamligini ta’minlab beruvchi chuqur insoniy hislarni parokanda bo‘lishi oqibatida oilalarni vayron bo‘lishiga olib keladi.
Pozitiv emotsiyalar inson hayotida bo‘lishi, kundalik tartibda namoyon bo‘lishi o‘ta muhim, ammo ular oila munosabatlardagi mehr muhabbat, g‘amxo‘rlik, masuliyatlilikka asoslanganligidagina baxt hissini ta’minlaydi.
Rokichning qadriyatlar tizimini o‘rganish metodikasidan olingan natijalarni umumlashtirsak insonlardagi baxtlilik hissini tuyushi va baxtsizlik hissini tuyushlarida ularning qadriyatlar tizimi ustunvor ko‘rsatkichni ko‘rsatdi.
OILALARNING BAXTLILIK INDЕKSI INDIKATORLARI
Tadqiqot davomida o‘tkazilgan sotsiologik tadqiqot va baxtlilik darajasini o‘lchash bilan bog‘liq tahlillar natijasida quyidagi oilalarning baxtlilik indeksi ishlab chiqildi va unga quyidagicha ta’rif berildi:
Oilalarning baxtlilik indeksi – oilalarning subyektiv baxtni his qilish, oilaviy hayotdan qoniqish, oiladagi psixologik muhit, farovonlik darajasi, qadriyatlarning muhimlilik darajasini o‘lchovchi ko‘rsatkich.
Oilalarning baxtlilik indeksi indikatorlarini ishlab chiqishda subyektiv baxt va obyektiv baxt ko‘rsatkichlarining uyg‘unlashuvidan tarkib topgan usullar tanlab olindi.
Subyektiv baxt indikatorlari deganda, oila a’zolarining har birining baxtni his qilish ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Subyektiv baxt ko‘rsatkichlarini aniqlash psixologik testlar yordamida aniqlanadi, uning o‘ziga xos hususiyati subyektiv baxtni xis qilish o‘zgaruvchandir. Shuning uchun, subyektiv baxtni aniqlashda psixologik testlar yoki tabaqalashtirilgan javoblardan iborat bo‘lgan savollarni qayta muayyan muddatlarni hisobga olgan holda berib borib, belgilangan muddat uchun tahlil qilish kerak bo‘ladi. Subyektiv baxt ko‘rsatkichiga qadriyatlarning muhimlilik darajasi indikatori va baxtni his qilish hamda oilaviy hayotdan qoniqish indikatori kiradi.
Obyektiv baxt indikatorlari esa, oilalarning baxtlilik darajasiga oila a’zolarining ixtiyorlariga bog‘liq bo‘lmagan, ammo muayyan moddiy yoki ma’naviy ko‘rinishdagi voqeya va hodisalarning ta’siri bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar. Ularga umr ko‘rish davomiyligi, farovonlik ko‘rsatkichi,
UMR KO‘RISH DAVOMIYLIGI INDIKATORI
Oilalarning baxtlilik indeksini aniqlash uchun zarur indikatorlar sirasiga kutilayotgan umr davomiyligi ko‘rsatkichini obyektiv baxt indikatori sifatida olib qaraymiz. Buning asosiy sababi mazkur ko‘rsatkichning jamlama yoki hosilaviy xususiyatga egaligidir, ya’ni u insonning umr ko‘rish davomiyligiga ta’sir etadigan bir qator omillarning holati va ta’sirini o‘zida mujassamlashtiradi. Bu muhim omillar sirasiga, birinchi navbatda, insonning ruhiy, jismoniy holati, salomatligi, xavfsizlik darajasi kabilar kiradi. Bu omillar o‘z navbatida insonning hayotdan qoniqishi, baxtlilik darajasini ifodalaydi. O‘zi baxtli bo‘lmagan inson oilada baxtli bo‘la olmaydi. Demak, shaxsiy baxtlilikka erishish insonning oilada baxtli bo‘lishining asosiy shartidir.
Yuqoriroq miqyosda ko‘rilganda kutilayotgan umr davomiyligi mintaqalar, mamlakat yoki uning hududlaridagi insonlarning, oilalarining yashash sifatini belgilab beradigan muhim jamlama ko‘rsatkich vazifasini o‘taydi va ular o‘rtasidagi taqqoslashlarni amalga oshirish imkonini beradi.
Indikatorning muhimligining yana bir isboti uni Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson salohiyati rivojlanishi indeksining uchta asosiy ko‘rsatkichidan biri ekanligidir. Ushbu indeks 1990 yildan beri hisoblab kelinadi va jahon hamjamiyati tomonidan o‘ta muhim indikator sifatida tan olingan hamda turli mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini baholashda qo‘llaniladi. Kutilayotgan umr davomiyligini inson salohiyati rivojlanishi indeksi tarkibiga kiritilishini asoslashda ekspertlar uni ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ekologik, maishiy omillar, insonlarning turmush tarzi, sog‘liqni saqlash tizimining holatini ifodalab beruvchi universal ko‘rsatkich sifatida baholaganlar. Ko‘rinib turibdiki, mazkur omillar insonning, pirovardida oilaning baxtlilik darajasiga jiddiy ta’sir etadigan omillardir.
Kutilayotgan umr davomiyligi oilaviy baxtlilik indeksni hisoblashda foydalanish uchun qulay jihatlaridan yana biri mazkur ko‘rsatkich statistika organlari tomonidan hisoblab borilishidir. Ko‘rsatkichni respublika hududlari kesimida hisoblanishi oilaviy baxtlilik indeksini hududlar bo‘yicha farqlanishini aniqlash bo‘yicha vazifaga ham mos keladi.
Har bir muayyan inson umrining davomiyligi – bu umr ko‘rish yoshiga teng bo‘lgan, uning tug‘ilishi va o‘limi o‘rtasidagi vaqt intervalidir. Umuman olganda, demografiyada barcha aholining hayot davomiyligini aniqlash uchun ma’lum bir yilda dunyoga kelgan avlod umrining ehtimoliy o‘rtacha davomiyligi ko‘rsatkichi qabul qilingan. Bu har bir avlodning real o‘lim yoshi ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib hisob-kitob qilinadi va mazkur avlodning hayotdan ketishi o‘rtacha yoshini ko‘rsatib beradi. Boshqacha qilib aytganda – mazkur avlodga oid bo‘lgan har bir odamning o‘rtacha yashash davomiyligini ko‘rsatib beradi. Shunday qilib, bu ko‘rsatkich umrning davomiyligini tug‘ilish va o‘lim o‘rtasidagi davr sifatida belgilashga maksimal tarzda tenglashtirilgan, biroq o‘sha yilda dunyoga kelgan avlodning barchasi uchun mo‘ljallangan.
Inson hayotining o‘rtacha kutilayotgan davomiyligi – bu organizm uchun uning biologik xususiyatlari, nasliy yashirin imkoniyatlari va asosan butun umr davomidagi yashash, mehnat qilish, dam olish va ovqatlanish sharoitlari orqali belgilab beriladigan chegara hisoblanadi.
Umr ko‘rishning o‘rtacha kutilayotgan davomiyligi yoki umr ko‘rishning kutilgan davomiyligi mavjud o‘lim ko‘rsatkichlari saqlangan holda mazkur avlodning har bir a’zosi yashashi lozim bo‘lgan o‘rtacha yilni ko‘rsatib beradi.
O‘zbekistonda tug‘ilishda kutilayotgan umr davomiyligi eng muhim ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi va u bo‘yicha rasmiy statistika yuritiladi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra dunyoda tug‘ilishda kutilayotgan umr davomiyligi 67,2 yilni tashkil etadi. Xalqi eng uzok umr ko‘radigan davlatlar sirasiga Yaponiya va bir qator Yevropa davlatlari kiradi. Eng past ko‘rsatkichlar esa urush harakatlari davom etayotgan va Afrikaning rivojlanmagan davlatlariga to‘g‘ri keladi.
Dunyo mamlakatlarida tug‘ilishda kutilayotgan umr davomiyligi, yil
2019 yilning yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonda tug‘ilishda kutilayotgan umr davomiyligi 75,1 yoshni tashkil etgan. Bu MDH davlatlari orasida eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri. E’tiborga loyiq jihati shundaki, respublikada ushbu ko‘rsatkich doimiy ravishda oshib bormoqda va oxirgi 10 yilda 2 yilga oshdi.
Ta’kidlash joizki, ayollar va erkaklarning tug‘ilishda kutilayotgan umr davomiyligi ko‘rsatkichida farqlar yillar davomida saqlanib qolmoqda. So‘nggi 10 yilda hatto bu ko‘rsatkich biroz oshgan. Tahlil qilinayotgan davrda ham ayollar uchun bu ko‘rsatkich 77,4 yilni tashkil etgan bo‘lsa, erkaklar uchun atiga 72,8 yilga teng bo‘lgan. Buning asosiy sababi erkaklarning iqtisodiy faolligi yuqoriligi, xavfli kasblarda ko‘proq ishlashi, turli baxtsiz xodisalarda ularning ulushi yuqoriligi hamda erkaklar orasida zararli odatlar (ichkilik, chekish) tufayli o‘limlarning ayollarga nisbatan ko‘pligi bilan bog‘liq.
Tug‘ilishda kutilayotgan umr davomiyligi 2010-2019 yy.
Shaharda va qishloq joylarida turmush kechiradigan aholining tug‘ilishda kutilayotgan umr davomiyligi ko‘rsatkichida ham muayyan farqlar mavjud. Agar shahar joylarida yashovchilar uchun u 75,8 yilni tashkil etgan bo‘lsa qishloq aholisi uchun 74,2 yilga teng bo‘lgan. Ta’kidlash joizki, shahar va qishloq ko‘rsatkichlari orasidagi farq chuqurlashib bormoqda. Agar 2010 yilda bu farq 0,4 yilni tashkil etgan bo‘lsa, 2019 yil yakuniga qadar 4 barobar oshib 1,6 yilga yetgan.
Shubha yo‘qki shahar va qishloq o‘rtasidagi farqlar birinchi navbatda turmush sifati, ovqatlanish sifati hamda sog‘liqni saqlash xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlaridagi farqlar asosida yuzaga keladi. Shu bois shahar va qishloq o‘rtasidagi tug‘ilishda kutilayotgan umr davomiyligi ko‘rsatkichi farqlarning kuchayishi qishloq joylarida aholining turmush sifati va sog‘liqni saqlash xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini oshirish zaruratini yaqqol ko‘rsatib beradi.
2010-2019 yillarda shahar va qishloq joylarida tug‘ilishda kutilayotgan umr davomiyligi
Ayollar va erkaklarning tug‘ilishda kutilayotgan umr davomiyligi ko‘rsatkichlaridagi farqlar shahar va qishloq joylari uchun ham saqlanib qolgan. Shaharda yashaydigan ayollar uchun bu ko‘rsatkich 78,3 yilni tashkil etgan. Barcha tahlil qilinayotgan guruhlar orasida qishloq joylarida yashovchi erkaklarning ko‘rsatkichlari eng past darajani ko‘rsatgan – 72,4 yil. Buning asosiy sababi bu guruh ko‘rsatkichlarining o‘sish sur’atlari pastligi bilan bog‘liq. Oxirgi 10 yil davomida shaharda yashaydigan erkaklarning tug‘ilishda kutilayotgan umr davomiyligi 2,8 yilga o‘sgan bo‘lsa, qishloq joylarida yashovchi erkaklar uchun bu o‘sish darajasi 2 barobar kam bo‘lgan – 1,4 yil.
Tug‘ilishda kutilayotgan umr davomiyligi respublika hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, aholining turmush darajasi va sifati, sog‘liqni saqlash tizimining samaradorligi darajasini belgilab beradigan muhim mezonlardan bo‘lganligi sababli hududlardagi insonlar va oilalarning baxtlilik darajasini baholashda qo‘llash uchun asosga ega bo‘ladi.
Hududlar bo‘yicha tahlilning ko‘rsatishicha tug‘ilishda kutilayotgan umr davomiyligining eng yuqori ko‘rsatkichlari Jizzax, Buxoro, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahrida qayd etilgan. Boshqa tomondan Sirdaryo, Andijon viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida bu ko‘rsatkichning darajasi viloyatlar orasida past bo‘lgan. Ushbu holat mazkur viloyatlarda yuqorida qayd etilgan aholining turmush sifati va sog‘liqni saqlash tizimining samaradorligi darajasi mazkur viloyatlarda past ekanligidan dalolat beradi. Bundan xulosa qilish mumkinki, aynan shu hududlarda oilalarning baxtlilik darajasiga salbiy ta’sir etuvchi jiddiy omil mavjud. Shu o‘rinda qayd etish lozimki, Andijon va Sirdaryo viloyatlari oxirgi yillarda oilaviy ajralishlar darajasi eng tez sur’atlar bilan o‘sib borayotgan viloyatlar sirasiga kiradi.
Hududlarning tug‘ilishda kutilayotgan umr davomiyligi ko‘rsatkichining respublika bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan og‘ish darajasi, yil
Ayollar va erkaklar uchun tug‘ilishda kutilayotgan umr davomiyligi ko‘rsatkichidagi farqlar hududlar kesimida ham yaqqol kuzatiladi. Masalan, Jizzax viloyatida ayollarning tug‘ilishda kutilayotgan umr davomiyligi ko‘rsatkich 80 yildan yuqori ekanligi quvonchli holat, ammo boshqa tomondan Sirdaryo viloyati uchun bu ko‘rsatkich respublika bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan deyarli 4 yilga kamligi jiddiy tashvish uyg‘otadi.
Xulosa tarzida shuni qayd etish lozimki, tug‘ilishda kutilayotgan umr davomiyligi ko‘rsatkichi hududlar hokimiyat va boshqarish organlari uchun aholining turmush darajasi, turmush sifati, tegishli xizmatlar bilan ta’minlanganligi, ekologik holat, sog‘liqni saqlash tizimining holati, oilalarning mustahkamligi kabi ko‘rsatkichlarni chuqur o‘rganib chiqqan holda tegishli chora-tadbirlar belgilash va amalga oshirishga zaruratini belgilab beradi.
Hududlar bo‘yicha oilalarning baxtlilik indeksini hisoblashda tug‘ilishda kutilayotgan umr davomiyligi ko‘rsatkichidan foydalanish uchun respublika bo‘yicha umumiy ko‘rsatkichni hududning ko‘rsatkichiga bo‘lish orqali uning indeksini aniqlanadi.
bunda Rud – respublika bo‘yicha tug‘ilishda kutilayotgan umr davomiyligi
Vud – hudud bo‘yicha tug‘ilishda kutilayotgan umr davomiyligi ko‘rsatkichi
Vbi – baxtlilik indeksini hisoblash uchun tug‘ilishda kutilayotgan umr davomiyligi indeksi
OILALARNING FAROVONLIK DARAJASI INDIKATORI
Adabiyotlarning aksariyatida oilalarning holatini o‘rganish uchun zarur va yetarli deb to‘rt turdagi ijtimoiy ko‘rsatkchilar belgilab o‘tiladi. Bular orasida: ijtimoiy-institutsional (oilaning barqarorligi, oilaning to‘liqligi va b.); moddiy-maishiy (oiladagi hayot sifat darajasi, sivilizatsiya unsurlari bilan ta’minlanganlik va b.); ijtimoiy o‘z-o‘zini his etish(optimizm, salomatlik darajasi va b.); ijtimoiy guruhiy omillar(oilaviy hayotdan qoniqganlik, motivatsiya, shaxsiy munosabatlar va b.) nazarda tutiladi.
XX asrning 60-yillarida fanda hamda dunyo hamjamiyatida “hayot sifati darajasi” tushunchasi paydo bo‘ldi va ommalasha boshladi. Bu yillar orasida turli mamlakatlar olimlari tomonidan bu borada turli tadqiqotlar olib borilib, ularni amalga oshirish jarayonida bir qancha metodikalardan foydalanildi. Birlashgan millatlar tashkiloti 1975 yildan e’tiboran shu yonalishda uzluksiz ravishda tadqiqotlar olib bormoqda. Mazkur holat hayot sifat darajasini o‘rganishda turli xil yondashuvlar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Ularning ayrimlari hayot sifati darajasi tushunchasini keng miqyosda ta’riflab uni inson qadriyatlari tizimidagi barcha omillar, xususan, kishilik jamiyatini insonparvarlashtirish, ekologiya, demografik vaziyat, o‘z-o‘zini namoyon qilish va kasbiy faoliyatdan qoniqish, tinchlik va osuda hayot, jamiyatning axloqiy salomatligi, hayot faoliyatining xavfsizligi va jinoyatchilik holati, ta’lim olish imkoniyati hamda tibbiy yordam olish imkoniyatlarining darajasi va boshqa ko‘rsatkichlar vositasida izohlaydilar. Ayrim yondashuvlar esa, hayot sifati darajasi tushunchasini asosan aholining moddiy farovonlik darajasi vositasida izohlaydilar.
Loyiha doirasida amalga oshirilgan tadqiqot jarayonida yuqorida qayd etilgan yondashuvlardan ikkinchisiga asoslangan holda xulosa chiqarildi. Zero, keng miqyosda olingan sifat darajasi ko‘rsatkichini izohlovchi barcha omillar, kishilik jamiyatidagi turli hil xodisalarni bir tadqiqot jarayonida o‘rganish imkoniyati mavjud emas.
Bundan tashqari, bugungi kunda mavjud bo‘lgan xalqaro va milliy baxtlilik indekstlarining aksariyati yalpi milliy daromadning aholi jon boshiga nisbati indeksini hisoblash va uni insonlar farovonligi darajasi sifatida belgilashga e’tibor qaratadi:
Yalpi milliy daromad / Gross National Income (GNI) – bu mamlakat hududida bir yil ichida ishlab chiqarilgan barcha tovar va xizmatlar qiymati (ya’ni yalpi ichki mahsulot) hamda horijda muzkur mamlakatlar fuqarolari, tashkilotlari tomonidan olingan daromadlar yig‘indisi bo‘lib, undan mamlakat hududidan xorij korxonalari hamda fuqarolari tomonidan olib ketilgan daromadlar ayrilishi vositasida hisoblanadigan iqtisodiy rivojlanishning yetakchi ko‘rsatkichlaridan biridir.
Aholi jon boshiga yalpi milliy daromad nisbati ko‘rsatkichi – bu yalpi milliy mahsulotning aholi o‘rtacha soniga bo‘linmasi bo‘lib, mazkur ko‘rsatkich ishlab chiqarilgan tovar va maxsulotlarni mamlakakat hududida kishi jon boshiga qanchadan to‘g‘ri kelishini ko‘rsatadi. Boshqacha aytganda, bir yilda hosil bo‘lgan yalpi milliy daromadni davlat fuqarolarining barchasi o‘rtasida teng taqsimlangan holda har qaysi fuqaroga qay miqdorda daromad to‘g‘ri kelishining ko‘rsatkichidir. Uni yana “kishi jon boshiga daromad” deb atashadi. Mazkur indeks xalqaro statistikada yetakchi ahamiyatga ega ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib, uni aksariyat hollarda ma’lum hudud yoki davlatdagi hayot sifati darajasi sifatida idrok qilinadi. Ammo u aholi farovonligining tahminiy ko‘rsatkichi xolos, zero bir qator muxim omillarni inobatga olmaydi, xususan:
- Mamlakat fuqarolari orasida yalpi milliy daromad naqadar tekis yoki notekis tarzda taqsimlanishini ko‘rsatmaydi (masalan, yalpi milliy daromadi bir xil bo‘lgan davlatlarda mazkur daromad turlicha taqsimlanadi, xususan, aholining o‘rta qatlami va aholining kam ta’minlangan qismi orasida, real voqe’likda yalpi milliy daromadning asosiy ulushi tor guruhdagi insonlar orasida taqsimlanishi mumkin.);
- Uy xo‘jaliklaridagi haq to‘lanmaydigan mehnatni yoki jamoyatchilik asosida bajariladigan ishni inobatga olmaydi. Qolaversa, kattagina ulushni tashkil etishi mumkin bo‘lgan yashirin iqtisodiyotni ham hisoblay olmaydi;
- Ishlab chiqarishning tabiiy resurslarga hamda atrof muhitga ta’sirini inobatga olmaydi;
- Hisob chiqarishda jamiyat hayoti uchun foydali bo‘lgan, hamda zararli bo‘lgan mahsulotlarni teng ma’noda inobatga oladi (misol uchun, tamaki va alkogol mahsulotlarini, qurol-yarog‘larni ishlab chiqarish va b.) shu asnoda insoniyat uchun muhim sanalgan qadriyatlarni pisand qilmaydi
Mazkur holatlarni o‘rganib chiqgan holda tadqiqot doirasida O‘zbekistonda oilalarning baxtlilik darajasini aniqlash maqsadida olingan tadqiqot jarayonida yalpi milliy daromadning aholi jon boshiga nisbati emas, oilaning moddiy ta’minlanganlik darajasini o‘rganish maqsadga muvofiq deb topildi.
QADRIYATLAR OILADAGI BAXTLILIK INDЕKSI SIFATIDA
Ma’lumki shaxs qadriyatlari uning ma’naviy olamining asosiy mazmunini ifodalaydi. Ko‘p jihatdan ular shaxsning ijtimoiy munosabatlarning turli sohalari va ijtimoiy hodisalarni ichki ruhiy anglashi natijasi hisoblanadi.
Shubhasiz, qadriyatlarni shakllantirish muammosi shaxsiy ma’nolar darajasi, ularning o‘zgarishi va o‘zaro ta’sirga kirishishiga esa shaxs rivojlanish jarayoni sifatida qaraladi.
Qadriyatlar ikki sinfga bo‘linadi:
- a) terminal – maqsad tanlovi mezonlari va unga erishish usullari;
- b) instrumental – xulq-atvor standartlari, mezonlari.
Shvars uchun qadriyatlar – obyektga xos xossalar emas, aynan, insonlar o‘zlarining dunyoga bo‘lgan munosabatlarini, keyinchalik o‘z oilasiga bo‘lgan munosabatlarini quradigan hamda o‘z xatti-harakatlarini baholaydigan mezonlardir.
Inson dunyoni, o‘zini, oilasini qadriyatlar prizmasi orqali anglaydi, ijtimoiy olam esa, tabiiyki, ijtimoiy qadriyatlar prizmasi orqali o‘rganiladi. Ular turli darajada bo‘lishi mumkin: global – yaxshilik, go‘zallik, baxtlilk, erk va h.k., shuningdek, kundalik turmushimizga yaqin- yaxshi oila, farovonlik, baxtli oila, farzandlar va h.k., har bir konkret odamda jamiyat, madaniyat qadriyatlarini o‘z qadriyatlari bilan mutanosiblashtirish muammosi mavjud.
Qadriyatlarni ijtimoiy etnik olamni bilish jarayoniga uyg‘unlashtirish insonning butun ijtimoiylashuvi davomida boradi, biroq ma’lum sharoitlarda ya’ni oila qurishda, oilaviy munosabatlarni shakllantirishda qadriyatlarning ushbu jarayondagi ahamiyati ancha sezilarli bo‘ladi. Bu hol qadriyatlar o‘zgarishga duchor bo‘lganda yaqqol namoyon bo‘ladi. Ular barqaror ekan, yangi axborot qadriyatga oid mazmunga ega kategoriya tarkibini “saqlab qolish” va “tasdiqlash” jihatidan saralanadi va talqin qilinadi, ya’ni, yangi axborotdan “eski tasavvurlarni” “to‘g‘rilash” maqsadida foydalanilmaydi. Biz o‘z mulohazalarimizda ixtiloflarga yo‘liqmaslik uchun bunday axborotdan oddiygina qilib voz kechib qo‘ya qolamiz.
V.P.Tugarinov “qadriyat” va “baho” tushunchalarini bir biridan farqlash zarurligini uqtiradi. Qadriyat real yoki orzudagi hodisa (bor narsa yoki ideal) dir, baho esa shu hodisaga munosabatni bildiradi. U yoki bu hodisani qadriyatlarga mansub hisoblash, uni qadriyatlarga qo‘shish yoki qo‘shmaslik ana shu munosabatga, ijobiy yoki salbiy bahoga bog‘liq. Demak inson o‘z oilasini qadriyat sifatida qabul qilgandagina uni ijobiy baholaydi, qiyinchiliklarda undan voz kechmaydi, balki yechimini izlaydi va har bir yechim barqarorlik, mamnunlik hissi bilan asoslanadi.
Qadriyatlarning hayotdagi o‘rni va ahamiyati baholash tufayli belgilanadi. Baholash esa insonlarning ehtiyojlari, manfaatlari, maqsadlari, qiziqishlaridan kelib chiqadi. Ma’lumki, jamiyat a’zolarining ehtiyojlari, manfaatlari, maqsadlari xilma xil bo‘lib, ko‘pincha ular bir biriga zid kelishi mumkin. Oiladagi baxtlilik hissi esa oila a’zolarining ehtiyojlari, manfaatlari, maqsadlarining mutanosibliligi bilan bevosita bog‘liqdir.
Psixologiya fanida qadriyatlarga inson uchun u yoki bu hodisalarni baholashda lozim mavhum muddaolar sifatida qaraladi. Oilada qadriyatlar esa shaxs va oila a’zolarining ijtimoiy xulq-atvorini idora qilish mexanizmlaridandir, biroq ular bevosita ta’sir ko‘rsatmay, qadriyatlar tizimidagi shaxs dispozitsiyalarining umumiy tarkibini muhim mexanizmi sifatida namoyon bo‘la oladi.
OILA A’ZOLARINING SUBYEKTIV BAXTNI HIS QILISH DARAJASI INDIKATORI
Mazkur indikator oila a’zolarining subyektiv baxtni his qilish darajasini ko‘rsatib beradi. U bir necha ko‘rinishda aniqlanishi mumkin, so‘rovnomada 1-10 gacha bo‘lgan shkalada o‘z baxtlilik darajasini belgilashni taklif etish orqali yoki tabaqalashgan ko‘rinishga ega bo‘lgan bir necha savollarni berib aniqlanishi mumkin.
Ushbu indikatorning sub indikatorlari:
- Hissiyotlar indikatori (baxtlilik hissi, xavotir olmaslik hissi, tushkunlikka tushmaslik hissi, shukronalik hissi)
- Hayot mazmuni indikatori (mustaqillik, tashqi nazorat, shaxsiy rivojlanish, boshqalar bilan ijobiy munosabatlar, hayotiy maqsadlar va o‘zini o‘zi qabul qilish).
Misol tariqasida quyidagi savollardan foydalanish mumkin:
Oilangizning baxtlilik darajasini 10 ballik tizimda qanday baholaysiz? Bunda 1 ball eng past daraja, 10 ball eng yuqori daraja
1……….2………3……….4……….5………6………7……….8………9………10
Uyda sizning alohida xonangiz bormi?
- Ha, o‘zimning alohida xonam bor………………….1
- Turmush o‘rtog‘im bilan alohida xonamiz bor..2
- Alohida xonam yo‘q ……………………………..…..…3
Sizning oilangiz alohida yashaydimi?
- Alohida yashaymiz……………………………………………………………………………………………1
- Mening\turmush o‘rtog‘imning ota-onasi(m) yoki yaqinlari(m) bilan birga yashaymiz… 2
Alohida yashashni istarmidingizlar?
- Ha, istaymiz………………………………………………………….1
- Men istayman, ammo turmush o‘rtog‘im istamaydi….2
- Turmush o‘rtog‘im istaydi, ammo men istamayman…3
- Yo‘q, istamaymiz …………………………………………..……4
“O‘zingizni umumiy olib qaraganda qay darajada his qilasiz… ? “
to‘rt javob variantlari bilan:
- juda baxtli
- deyarli baxtli
- unchalik baxtli emas
- umuman baxtli emas.
Javob variantlari, “og‘zaki shkalalar” yoki “raqamli shkalalar” shaklida yoki “smayl shkalalari” ko‘rinishida taqdim etilishi mumkin.
OILAVIY HAYOTDAN QONIQQANLIK DARAJASI INDIKATORI
Ushbu ko‘rsatkichga oilaviy hayotdan qoniqish darajasi o‘lchanadi. Oila a’zolarining o‘zaro bir-birlari bilan iliq munosabatlari ham e’tiborga olinadi.
Uning sub ko‘rsatkichlari quyidagilar:
- oilaviy tinchlik xotirjamlik
- oilada quvonch ko‘rsatkichi
- bo‘sh vaqtga ega bo‘lish
- qarindosh urug‘qa qo‘ni qo‘shnilar bilan o‘zaro munosabatlar
- atrof muhitdagi shart sharoitlar
- oilaviy xavfsizlik
Hayotdan qoniqishning 4 ta turi mavjud2: lazzatlanish, erishilgan yutuqlardan, oilaviy va ish hayotidan mamnunlik.
Mazkur indikator so‘rovnoma usulida aniqlanadi.
Baxtli oila masalalari bilan shug‘ullangan yetakchi sotsiolog va psixolog olimlar uning 11 ta eng muhim shart-sharoitlari mavjudligini aniqlaganlar:
- Er-xotinning o‘zaro bir-birini tushunishi.
- Alohida uy-joyning mavjudligi.
- Moddiy jihatdan yaxshi ta’minlanganlik.
- Farzandlar.
- Nikoh mustaqkamligiga ishonch.
- Oilada bo‘sh vaqtni qiziqarli o‘tkazish.
- O‘ziga yoqqan ish bilan ta’minlanganlik.
- Ma’lumotning mosligi.
- Ish joyining qulayligi.
- Yaxshi do‘stlarning mavjudligi.
- Er-xotinning erkinligi.
Ularning tadqiqot tahlillariga ko‘ra, qaysi bir oilada ana shunday imkoniyatlar mavjud bulsa, u oilani baxtli oila deyish mumkin, uning a’zolari esa baxtiyor va farovon turmush kechirayotganliklaridan darak beradi. Yana shu narsa ma’lum bo‘ldiki, oilada baxtli va farovon turmush vujudga kelishi uchun yuqorida keltirilgan shart-sharoitlar o‘z ahamiyatiga ko‘ra er bilan xotin uchun bir xil emas. Masalan, «er-xotinning bir-birini tushunishi», «alohida uy-joyning mavjudligi», «moddiy yaxshi ta’minlanganlik», «farzandlar» va «qiziqarli ish» ahamiyatiga ko‘ra, erda boshqacha, xotinda esa boshqacha baholangan. Er birinchi va ikkinchi o‘ringa «alohida uy-joy bilan ta’minlanganlik» va «moddiy yaxshi ta’minlanganlik»ni, keyin boshqalarini qo‘ysa, xotin esa birinchi va ikkinchi o‘ringa «er-xotinning o‘zaro bir-birini tushunish», «farzandlar» va so‘ngra esa «alohida uy-joy», «moddiy yaxshi ta’minlanganlik» hamda «qiziqarli ish»ni qo‘yadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, baxtli va farovon oila mazmunini eng muhim tomoni hayot va faoliyatning zarur shart-sharoitlari, bolalar oila ittifoqi barqarorligining muhim mazmun-mohiyatini tashkil etadi.
OILALARNING BAXTLILIK INDIKATORLARINI HISOBLASH FORMULASI
Oilalarning baxtlilik indikatorlarini aniqlash formulasi sifatida quyidagi taklif qilinadi. Sotsiologik tadqiqotlarda qo‘llaniladigan indeks ijobiy xususiyat +1 dan salbiy xususiyat -1 ni o‘z ichiga oladi. Bunda ijobiy sifat A, salbiy sifat esa B bilan belgilanadi. Mutloq ijobiy ko‘rsatkich +1, mutloq salbiy ko‘rsatkich esa -1 bilan belgilanadi. Ikki javobdan iborat bo‘lgan savollarda, ya’ni “Ha”, “Yo‘q” deb berilgan javoblarda esa oddiy indeks formulasidan foydalaniladi. Uning formulasi quydagicha ko‘rinish hosil qiladi:
Masalan 4 guruhda “Siz baxtlimisiz?” deb savol berilganda “Ha” deb javob berganlar (baxtlilar-ijobiy) va “Yo‘q” (baxtli deb hisoblamaydiganlar– salbiy) javoblari hisob-kitob qilinganda, ularning indekslari yuqoridagi formula bo‘yicha chiqariladi va quyidagicha ko‘rinish hosil qildi.
Jadval. Respondentlarning subyektiv baxtga nisbatan munosabati
Tartibli shkalalar uchun esa murakkabroq indeks ishlatiladi. Uning formulasi quyidagicha:
Bu yerda:
Ko‘rsatkichlar ahamiyati “qoniqish” darajasi bo‘yicha taqsimlash uchun ularning vazni quyidagicha: (a) ko‘rsatkich bo‘yicha – «+1», (b) ko‘rsatkich bo‘yicha – «+0,5», (c) ko‘rsatkich – «-0,5», (d) ko‘rsatkich bo‘yicha – «-1» bilan baholanadi.
Aholining o‘zini-o‘zi baholashi ikki yil bo‘yicha taqqoslanganda quyidagicha ko‘rinish hosil qildi.
Mana shu jadvaldagi indeks yuqoridagi indeks formulasi orqali hisoblandi.
AMALIY TAKLIF VA TAVSIYALAR
- Oilalarning baxtlilik indeksini shakllantirishda boshqa usullar bilan birgalikda oilalarning o‘z baxtlilik darajasini baholash natijalarini ham qo‘llash mumkin. Bu yondashuv insonlarning o‘z oilalarining baxtlilik darajasini qanday his qilishlarini aks ettirishi bois baxtlilik indeksini to‘laqonli bo‘lishiga xizmat qiladi.
- Baxtlilik darajasi yuzasidan oilalarning bevosita bahosidan tashqari bu darajaga ta’sir etadigan omillarni ham o‘rganish zarur ekanligini inobatga olgan holda tegishli tahlil olib borildi hamda ushbu indeksga oilalarining jipslik darajasi, oilada er va xotinning o‘zaro tushunish darajasi, oilada qaror qabul qilish erkinligi, oilada ayolning huquqlari ta’minlanganlik darajasi, oilaning moddiy holati, turar-joy sharoitlari, oilada hiyonat yuz berishi ehtimoli kabi omillar ta’sir etishi aniqlandi. Ushbu xulosalarga tayangan holda baxtlilik indeksining subyektiv qarashlar bilan bog‘liq bo‘lmagan omillarini yaxshilash orqali oilalarning baxtlilik darajasini oshirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur. Ular birinchi navbatda oilaviy ajralishlarga olib keladigan omillarni bartaraf etish, oilalarining daromadlarini yaxshilash, aholining turar-joy bilan ta’minlashga qaratilgan davlat dasturlarini ko‘lamini kengaytirib borish kabi chora-tadbirlar o‘z ichiga olishi zarur.
- Oilalarning asosiy qismi o‘z oilalarining baxtlilik darajasini yuqori baholaydilar, ayniqsa, yuqori baholar erkaklar uchun xarakterli. Shuningdek qishloq oilalari orasida oilaning baxtlilik darajasini yuqori baholaydiganlar shahar joylariga qaraganda ko‘proq.
- Baxtlilik indeksini o‘lchashda tug‘ilishda kutilayotgan umr davomiyligi qo‘llash maqsadga muvofiq, chunki mazkur ko‘rsatkich jamlama yoki hosilaviy xususiyatga egadir, ya’ni u insonning uzr ko‘rish davomiyligiga ta’sir etadigan bir qator omillarning holati va ta’sirini o‘zida mujassamlashtiradi. Bu muhim omillar sirasiga, birinchi navbatda, insonning ruhiy, jismoniy holati, salomatligi, xavfsizlik darajasi kabilar kiradi. Bu omillar o‘z navbatida insonning hayotdan qoniqishi, baxtlilik darajasini ifodalaydi. Indikatorning muhimligining yana bir isboti uni Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson salohiyati rivojlanishi indeksining uchta asosiy ko‘rsatkichidan biri ekanligidir.
- O‘zbekistonda tug‘ilishda kutilayotgan umr davomiyligi 75,1 yoshni tashkil etadi. Bu MDH davlatlari orasida eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri va dunyo mamlakatlari bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori. E’tiborga loyiq jihati shundaki, respublikada ushbu ko‘rsatkich doimiy ravishda oshib bormoqda va oxirgi 10 yilda 2 yilga oshgan.
- Ta’kidlash joizki, respublikada ayollarning tug‘ilishda kutilayotgan umr davomiyligi ko‘rsatkichi erkaklarnikiga qaraganda ancha baland va bu farq yillar davomida saqlanib qolmoqda. Buning asosiy sababi erkaklarning iqtisodiy faolligi yuqoriligi, xavfli kasblarda ko‘proq ishlashi, turli baxtsiz xodisalarda ularning ulushi yuqoriligi hamda erkaklar orasida zararli odatlar tufayli o‘limlarning ayollarga nisbatan ko‘pligi bilan bog‘liq.
- Shaharda va qishloq joylarida turmush kechiradigan aholining tug‘ilishda kutilayotgan umr davomiyligi ko‘rsatkichida ham muayyan farqlar mavjud: shahar aholisi uchun bu ko‘rsatkich qishloq aholisiga qaraganda yuqoriroq. Ta’kidlash joizki, shahar va qishloq ko‘rsatkichlari orasidagi farq chuqurlashib bormoqda.
Shubha yo‘qki shahar va qishloq o‘rtasidagi farqlar birinchi navbatda turmush sifati, ovqatlanish sifati hamda sog‘liqni saqlash xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlaridagi farqlar asosida yuzaga keladi. Shu bois shahar va qishloq o‘rtasidagi tug‘ilishda kutilayotgan umr davomiyligi ko‘rsatkichi farqlarning kuchayishi qishloq joylarida aholining turmush sifati va sog‘liqni saqlash xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini oshirish zaruratini yaqqol ko‘rsatib beradi. - Sirdaryo, Andijon viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida bu ko‘rsatkichning darajasi viloyatlar orasida past bo‘lgan. Ushbu holat mazkur viloyatlarda yuqorida qayd etilgan aholining turmush sifati va sog‘liqni saqlash tizimining samaradorligi darajasi mazkur viloyatlarda past ekanligidan dalolat beradi hamda ushbu viloyatlarda aynan ushbu sohalarda holatni yaxshilash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish zarurligini ko‘rsatadi.
- Baxtlilik hissida fiziologik omilni namoyon bo‘lishi insonda odatda neyrotransmitterlar (dofamin, serotonin va boshqalar) ijobiy hissiy kayfiyatni keltirib chiqaradi. Ma’lumki shaxsda yaxshi kayfiyatni maxsus kimyoviy vositalar, shuningdek maqsadga muvofiq faoliyat yaratishi mumkin. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish endorfinlarning faollashishi bilan bog‘liq “atletik ko‘tarinkilik”ni keltirib chiqaradi. Boshqa turdagi ijobiy his-tuyg‘ularni giyohvand moddalar qo‘zg‘atishi mumkin, masalan, alkogol tashvishlardan xalos bo‘lishlik hissini bersa, marixuana organizmni qo‘zg‘alishga olib keladi.
Biroq, shaxs giyohvand moddalarni iste’mol qilmasdan turib, baxtlilik kabi ijobiy his-tuyg‘ularni olishi mumkin – hissiyotlarning yorqinligi bunda zarar ko‘rmaydi ya’ni ehtimol, muvaffaqiyatga erishish, ijobiy oilaviy munosabatlarda bo‘lish yoki yoqimli musiqa tinglash natijasida paydo bo‘lgan hissiyotlar, miyaning bevosita giyohvand moddalar tomonidan qo‘zg‘atilgan qismlarini faollashtirishi mumkin. Ammo shaxs psixologiyasiga ko‘ra bazaviy(asosiy) ehtiyojlar qatorida bo‘lgan oiladagi ijobiy munosabatlar kimgadir kerakligi, qadrlanish, hurmat, hayot mazmuni kabi hisslar asosida baxtlilikni hosil qilsa, oiladagi ijobiy munosabatlarni shakllanmaganligi yoki ularni parokanda bo‘lishi ko‘pincha shaxsda baxtlilik hissini sun’iy yo‘l bilan qidirishiga olib keladi. - Muloqot va ijtimoiy munosabatlarga ko‘ra sevgi, mehr muhabbat kuchli quvonch manbai ekanligi va umuman olganda barcha ijtimoiy munosabatlar baxt hissiga ta’sir qilishi ma’lum bo‘ldi. Ekstravertlar ajoyib ijtimoiy ko‘nikmalar va odamlar bilan tez-tez aloqa qilishgani uchun ular o‘zlarini baxtli his qila oladilar. Boshqalar bilan ayniqsa oila davrasida, yaqinlari bilan muloqot qilishdan zavq olish – bu shaxs quvonchining asosiy sabablaridan biri: insonning kayfiyatini ko‘tarishga qodir va u muloqotga intilish motivatsiyasini ta’minlaydi.
Demak baxt va ijtimoiylik o‘rtasida yaqin munosabatlar mavjudki, bu ijtimoiy ehtiyojlarning qondirilishi shaxsda o‘z qadr-qimmatiga bo‘lgan ijobiy munosabat yoki bolalikdagi oilaviy yaqin munosabatlar xotiralari bilan bog‘liq bo‘lib bu hislarni oilaviy munosabatlarda shakllangan qadriyatlar ta’minlab beradi. - Obyektiv ehtiyojlarni qondirish taxlil qilinganda pul odamlar juda kambag‘al bo‘lsa yoki juda kambag‘al mamlakatda yashasa, ularni baxtli qiladi; uy, ish, turmush o‘rtog‘i, sog‘lig‘i bo‘lishi bilan bir xil rol o‘ynaydi – bularning barchasi baxtlilik hissi keltiradi. Ammo ko‘pchilik odamlarda ushbu holatni o‘tmish yoki boshqalarning holati bilan taqqoslash asosida namoyon qilishi bilan belgilanadi.
- Baxtning kognitiv omillariga nazar tashlasak inson o‘zini undan yuqori yoki yaxshi emas mavqega ega bo‘lmaganlar bilan taqqoslasa, hayotdan qoniqish yuqori baholanadi. Biroq, shunisi qiziqki odamlar ko‘pincha o‘zlarining taqqoslash obyektlarini tanlaydilar va baxtli bo‘lganlar pastdan yuqoriga taqqoslashdan foyda ko‘rishadi. Bu esa inson hayotidagi erishish va intilish o‘rtasidagi farq qoniqishga salbiy ta’sir qiladi.
- Inson ham ijobiy, ham salbiy hayot tajribalariga moslashishga ega. Voqea va hodisalarga optimistik nuqtai nazar, shuningdek, baxt hissiyotiga ta’sir qiladi: bu ijobiy fikrlashni tavsiflovchi shaxs xususiyatlari, xususan, quvnoqlik va yaxshi hazil tuyg‘usi bilan bog‘liq. Ko‘p odamlar hayotida va ayniqsa oilaviy munosabatlarida odatiy holda namoyon bo‘lishi mumkin bo‘lgan muammolarni hal qilish, anglash o‘rniga ularni berkitishga yoki ularni inkor etib hammasi yaxshi degan turli xil illyuziyalar hosil qilishadi. Bunda shaxsning butun kognitiv jarayonlari ishtirok etadi va ularning barchasi insonning qoniqish yoki baxtni his qilish haqidagi hukmlariga ta’sir qiladi va bunday ta’sir mexanizmlari juda murakkabdir. Baxtni baholash haqiqiy vaziyatni to‘g‘ridan-to‘g‘ri aks ettirmaydi. Odamlar haqiqiy qiyinchiliklarga yoki falokatlarga dosh berganliklari uchun emas, balki dunyoni ma’lum bir o‘ziga xos idrok etishlari tufayli baxtsiz bo‘ladilar. Oilaviy munosabatlarda, ta’lim tarbiyada shaxsni atrofga, voqea va hodisalarga ijobiyroq qarashni o‘rgatish muhimligi ma’lum bo‘ldi.
- Shaxs uchun hayotda maqsadga erishish, ijtimoiy faollikni namoyon qilish, o‘z o‘zini qadrlash yoki oilaviy munosabatlarda qadrda, hurmatda bo‘lish insonga o‘zini o‘zini qadrlash ehtiyojini qoniqishi orqali o‘zini baxtli his qilish imkonini beradi. Bu ehtiyojlar ishdan qoniqish, o‘z qobiliyatlarini qo‘llash va vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishga bog‘liq. Xuddi shu narsa sport va boshqa bo‘sh vaqtni ijobiy unumli o‘tkazish uchun ham amal qiladi. Bunday faoliyatdan olingan “ichki qoniqish” deb nomlangan holat mavjud. Buni qondirish manbalari shaxsiy ehtiyojlar, oilaviy ehtiyojlar, o‘z ko‘nikmalarini qo‘llay olish, oilaviy munosabatlardan va maqsadlarga erishishdan zavqlanishdir.
- Demak baxtning haqiqiy va muhim maqsadlarga erishishga qaratilganligi (masalan, ideal men bilan oilaviy munosabatlardagi to‘qnashuv) inson shaxsining bir qismi bo‘lganligi va o‘z qadr-qimmatini, kimgadir kerakligini his etishida muhim ekanligini doim yodda tutish o‘ta muhimdir.
- O‘zbekistonda baxtlilik indeksini joriy qilishda quyi pog‘onada oilalarning baxtlilik indikatorlarini ishlab chiqishdan boshlab, mahallalarda nizoli oilalardagi ajralishlarni oldini olishda hamda mahalladagi mas’ul shaxslarni faoliyatlarini monitoring qilishdan boshlab, sinov tariqasida pilot hududlarda joriy etish maqsadga muvofiq hamda xorijiy mamlakatlarning ijobiy tajribalaridan foydalanish o‘rinli.
- O‘zbekiston Respublikasida Milliy Baxtlilik indeksini joriy qilish zaruriyati mavjud. Bu ayniqsa davlat miqyosida korrupsiyani yo‘qotishda, fuqarolarning farovon turmush tarziga erishishida, kambag‘alchillikni oldini olishda va qator davlat hamda jamiyat ravnaqi uchun to‘sqinlik qilayotgan omillarning bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etishi mumkin.
- Milliy Baxtlilik indeksini joriy qilishda ilg‘or xorijiy mamlakatlar tajribalarining ijobiy va salbiy holatlarini inobatga olgan holda xalqaro indeklarning ko‘rsatkichlarini chuqur taxlil qilish lozim bo‘ladi.
- Milliy Baxtlilik indeksini joriy qilish yo‘nalishlarini to‘g‘ri belgilash bu borada uning metodologiya va usullarini belgilash bilan birga oila va ayollarning baxtlilik indekslarini yaratish ham taklif etiladi.
X.X.Saydivaliyeva
“Oila va xotin-qizlar” ilmiy tadqiqot instituti bo’lim boshlig’i,
yuridik fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD)