Maqsad va vazifalarimiz

DEMOGRAFIYA MILLIY PORTALI

Har qanday – siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy jarayonlar demografik xususiyatlar bilan bog‘liq bo‘lib, mamlakatdagi jamiyat hayotiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda demografik jarayonlarning o‘rni katta bo‘lib, aholi sonining o‘sishi, joylashishi, demografik tarkibi, tug‘ilish, o‘lim, nikoh, ajrimlar, migratsiya, oilalar tarkibi va boshqa muhim jihatlarini ilmiy o‘rganish va o‘rgatish bugungi kunda dolzarb bo‘lib bormoqda. Shuningdek, mamlakatimizda barqaror o‘sishni ta’minlashda demografik o‘zgarishlarni to‘laqonli baholash, sohadagi ichki zahira va imkoniyatlarni aniqlashda yosh olimlarni ushbu sohaga jalb etish, xorijiy va mahalliy yetuk olimlar o‘rtasida bilim va tajriba almashish, mamlakatimiza yosh demogrif olimlar bazasini yaratish, hamda ularda zaruriy bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish zaruriyatini keltirib chiqarmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 7 martdagi «Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-87 sonli farmoning IV bo‘lim – Oila institutini mustahkamlash, 4.3 yunalish – Demografik rivojlanishni rag‘batlantirish va oila farovonligi darajasini oshirish, 91 bandi - Oila institutini mustahkamlash bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlar olib borish, bunga yoshlarni jalb qilish maqsadida "Oila demografiyasi" ilmiy-o‘quv laboratoriyasini tashkil etish va O‘zbekistonda “Demografiya” milliy portali tarmog‘ini yaratish vazifasi belgilab berilgan.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.10.2019 yil “Internet jahon axborot tarmog‘ida milliy kontentni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 888-sonli qarorlarida belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirish va mamlakatning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy jabhalaida demografiya rolini oshirish va mustahkamlash maqsadida O‘zbekistonda “Demografiya milliy portali” tarmog‘ini yaratish va tadqiqotlar olib borish zarurligining belgilanganligi mazkur loyiha mavzusining dolzarbligini bildiradi.

PORTAL MAQSADI

Mamlakatimizda barqaror o‘sishni ta’minlashda demografik o‘zgarishlarni to‘laqonli baholash, milliy kontentni rivojlantirish, mamlakatimiza yosh demogrif olimlar bazasini yaratish, hamda ularda zaruriy bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish maqsadida raqamli xizmatlarni yaratish va taqdim qilishdan iborat hisoblanadi.

PORTAL VAZIFALARI

  • Demografiya milliy portali tarmog‘ini yaratish va unda joylashtirilgan ochiq ma’lumotlardan professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, mustaqil izlanuvchilar va doktorantlar erkin va bepul foydalanishni ta’minlash;
  • Demografiya milliy portalini yaratish borasida xorijiy davlatlar tajribasini qiyosiy tahlil qilish;
  • O‘zbekiston viloyatlarining (tuman va shaharlari) uchun demografik pasport ishlab chiqish;
  •  O‘zbekistonda viloyatlarining (tuman va shaharlari)  interaktiv demografik haritasini yaratish;
  • Yosh demogrif olimlarning ilmiy bilimlarini oshirish maqsadida demografiya bo‘yicha onlayn kurslarni tashkil etish va bu jarayonga mahalliy va xorijiy yetuk olimlarni jalb qilish;
  • Yosh demogrif olimlarning ilmiy-tadqiqot salohiyatni oshirish maqsadida masofaviy tadqiqot tadbirlarini tashkil etish;
  • Demografiyaga oid video darslar yaratish, portalga joylashtirish va onlayn kurslarni muvafaqqiyatli tugatgan  ishtirokchilarga sertifikat berishning elektron mexanizmini yo‘lga quyish;
  • O‘zbekistonda raqamli demografiya kutubxonasini yaratish hamda ushbu kutubxonaga demografiyaga oid ilmiy-tadqiqot natijalarini, multimediya mahsulotlarni, qiziqarli ilmiy demografik va statistik infografiklarni joylashtirib borish;
  • Mamlakatda elektron demografiya (e-demografiya) tizimini shakllantirishning ilmiy-nazariy asoslarini ishlab chiqish va yaratish bo‘yicha ilmiy-amaliy tadqiqotlar o‘tkazish;
  • Umumiy auditoriya uchun aholi va uning turmush darajasi haqida ma’lumot berib borish tizimini yo‘lga quyish;
  • Ma’lumotlar yangilanishi ustidan nazorat qilishning yagona texnologik platformasini, shuningdek ma’lumotlarni dolzarb holatda saqlab turish maqsadida ochiq ma’lumotlarni e’lon qilish natijalari monitoringi olib borilishini tashkil qilish.