Egamberdiyeva Nodira Melibayevna

“Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti direktori

Assalomu alaykum, hurmatli yosh olimlar!

“Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti, BMTni Aholishunoslik jamg‘armasining (YUNFPA) O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Rossiya Federatsiyani “Oliy iqtisodiyot maktabi” Milliy tadqiqot universiteti – A. G. Vishnevskiy nomidagi Demografiya instituti bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda demografik tahlil va aholi prognozlarini tuzish asoslari” mavzusida sayyor yozgi maktab-2023 ni ochilish marosimini o‘tkazmoqdamiz.
Xalqaro hamkorimiz, BMTni Aholishunoslik jamg‘armasini (YUNFPA) O‘zbekistondagi vakolatxonasining sayi-harakati bilan tadbirni yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida Rossiya Federatsiyaning eng nufuzli “Oliy iqtisodiyot maktabi” Milliy tadqiqot universitetining A. G. Vishnevskiy nomidagi Demografiya institutini olim/ekspertlari jalb etilishdi hamda mazkur yozgi maktab Toshkent viloyatining go‘zal tabiat ko‘ynidagi joyida besh kun davomida o‘tkaziladi. Fursatdan foydalanib institut nomidan, qolaversa ishtirokchilar nomlaridan hamkorlarimizga chuqur minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Ma’lumki, muayyan tizimning taraqqiyoti va rivoji shu sohada faoliyat olib boruvchi kadrlarning kasbiy salohiyatiga bog‘liq. Bugungi yangilanish davrida faoliyat natijadorligini ta’minlash uchun sohaga oid chuqur nazariy va amaliy bilimlar, zarur kompetensiyalar va yuksak mahorat talab etiladi.
Shu nuqtai nazardan “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot institutining faoliyatida – oila institutini mustahkamlash, xotin-qizlarni huquq va manfaatlarini ta’minlash sohasiga yuqori malakali kadrlarni jalb etish, bugungi kun talablariga javob bera oladigan raqobatbardosh yosh-kadrlarni tayyorlash – muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.
2021-yildan boshlab Institut “Qishqi, yozgi maktab” larni o‘tkazib kelmoqda. Maktabning asosiy vazifasi – oila institutini rivojlantirish, yosh olimlarni sohaga jalb etish, bilim va tajriba almashish, institutning ekspert va olimlar bazasini kengaytirish, tadbir mavzusi doirasida ishtirokchilarda zaruriy bilim, ko‘nikmalarni shakllantirish va malakalarni oshirishdan iborat.
Maktabimiz yuqori saviyada va samarali o‘tish uchun YUNFPA tomonidan o‘quv jarayoniga rossiyalik olim va ekspertlar jalb etildi. Ular tomonidan mavzuga oid ma’ruza va taqdimotlar taqdim etiladi.

Ushbu yozgi maktabda tinglovchilar “O‘zbekistonda demografik rivojlanish muammolari”, “Demografik tahlil usullari”, “Demografik prognozlashning vazifalari va usullari. Kogort-komponent usuliga kirish”, “Prognoz ssenariylarni ishlab chiqish uchun ARIMA modelidan foydalanish”, “O‘zbekiston uchun ARIMA modelidan foydalangan holda to‘g‘ilish, o‘lim va migratsiya uchun prognoz ssenariylarini yaratish” kabi ma’ruzalar va amaliyot darslari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Hurmatli ishtirokchilar – barchangizni o‘quv jarayonida faol bo‘lshingizni, tartib-intizomga rioya qilishingizni iltimos qilamiz va 2023-yildagi yozgi maktabimiz faoliyatiga omad tilayman.

Kamolkhon Inomkhodjayev

BMTning Aholishunoslik bo‘yicha jamg‘armasining (UNFPA) O‘zbekistondagi vakili o‘rinbosari

Dear participants of the summer school, partners, ladies and gentlemen!

I welcome you to the second Summer School devoted this year to ‘Modern trends in scientific research: methodology and tools‘. Summer school is, a result of a partnership between the United Nations Population Fund (UNFPA) and the Scientific Research Institute ‘Mahalla va Oila‘ and this year USAID.
The world population is expected to reach 8 billion in November of this year, and to continue growing in the coming decades. The Report of the UN Economist Network for the UN 75th Anniversary published in 2020 identified population shifts, including aging as one of five megatrends shaping our world. Taken together with urbanization which is another population related megatrend the shifts in population size, it’s age and sex structure, geographic distribution will continue playing an increasing role in social, economic development of countries, and impacting environment of each country and the world as a whole.
It is therefore very important that decision-makers anticipate and incorporate population trends in development policies catering them to the needs of changing demographics in their countries, and researchers help them in their efforts by employing new data collection and analysis tools, providing policy advice based on evidence, and visualizing data.
During the summer school you will also get more information on the concept of demographic resilience. Demographically resilient societies understand that demographic trends are influenced by a complex and interconnected set of social, cultural, economic, environmental and political factors and therefore require comprehensive, holistic policy responses that are based on evidence and allow all people to exercise their full range of rights, including reproductive rights.
I would like to thank all the national and international experts who will share their knowledge and wisdom during the Summer school, and all colleagues and partners who organized it. I wish you all an interesting and rewarding experience! 

Oldingi
Keyingi
Yozgi maktab / 2023 / Yozgi maktab /
Yozgi maktab / 2023 / Yozgi maktab /

Yozgi maktab dasturi

14 avgust, birinchi kun

07:30 – 08:00
Toshkentda ishtirokchilarning yig‘ilishi Yig‘ilish joyi: “O‘zbekiston” mehmonxonasi, Amir Temur haykali ro‘parasida

8:00 – 10:00
Ishtirokchilarni tadbir o‘tkaziladigan joyga eltib borilishi

10:00 – 11:00
yengil nonushta

11:00 – 11:30
Ochilish marosimi

Egamberdiyeva Nodira Meliboyevna – “Oila va xotin-qizlar”
ilmiy-tadqiqot instituti direktori, pedagogika fanlari doktori, professor   

Kamolxon Inomxo‘jayev – BMT Aholishunoslik jamg‘armasining (UNFPA) O‘zbekistondagi vakili o’rinbosari       

Denisenko Mixail Borisovich / Mejevova Mariya Yuryevna
“Oliy iqtisodiyot maktabi” Milliy tadqiqot universiteti – A.G.Vishnevskiy nomidagi Demografiya instituti direktori

11:30 – 12:00
Maktab ishtirokchilari bilan tanishish

12:00 – 13:20
O‘zbekistonda demografik rivojlanish muammolari

A.R.Shoazizov, Prognozlashtirish va hududiy tadqiqotlar instituti yetakchi ilmiy xodimi

13:20 – 14:20
Tushlik

14:20 – 14:50
Mehmonxonaga joylashish

14:50 – 16:10
O‘zbekistonda demografik rivojlanish muammolari

A.R.Shoazizov, Prognozlashtirish va hududiy tadqiqotlar instituti yetakchi ilmiy xodimi

16:10 – 16:30
Kofe-breyk

16:30 – 17:30
Munozara

15 avgust, ikkinchi kun

09:00 – 10:20
Demografik tahlil usullari (ma’ruza)

A.I.Pyankova - A.G.Vishnyovskiy nomidagi
demografiya instituti demografiya tadqiqotlar markazi ilmiy xodimi

10:40 – 12:00
Demografik tahlil usullari (ma’ruza)

A.I.Pyankova - A.G.Vishnyovskiy nomidagi
demografiya instituti demografiya tadqiqotlar markazi ilmiy xodimi

12:00 – 12:30
Muhokamalar

12:30 – 13:30
Tushlik

13:30 –14:00
Muhokamalar

14:00 – 15:20
Demografik tahlil usullari (amaliyot)

A.I.Pyankova,

A.G.Vishnevskiy nomidagi
Demografiya instituti demografiya tadqiqotlar markazi ilmiy xodimi

Milliy ekspertlar

15:20 – 15:40
Kofe-breyk

15:40 – 17:00
Demografik prognozlashning vazifalari va usullari. Kogort-komponent usuliga kirish (ma’ruza)

S.I. Abilkalikov,
A.G.Vishnevskiy nomidagi Demografiya instituti ijtimoiy-demografik siyosat ilmiy-o‘quv laboratoriyasi ilmiy xodimi

17:00 – 17:30
Muhokamalar

16 avgust, uchinchi kun

09:00 – 10:20
Kogort-komponent usuli. Prognoz ssenariylarini ishlab chiqishga yondashuvlar (ma’ruza)

S.I. Abilkalikov,
A.G.Vishnevskiy nomidagi Demografiya instituti ijtimoiy-demografik siyosat ilmiy-o’quv laboratoriyasi ilmiy xodimi

10:40 – 12:00
Vaqt seriyalari tahliliga kirish. GRETL dasturi

L.A.Rodionova,

"Oliy iqtisodiyot maktabi" Milliy tadqiqot universiteti, Iqtisodiy fanlar fakulteti, "Statistika va ma’lumotlarni tahlil qilish" kafedrasi dotsenti

12:00 – 12:30
Muhokamalar

12:30 – 13:30
Tushlik

13:30 – 14:00
Muhokamalar

14:00 – 15:20
Prognoz senariylarini ishlab chiqish uchun ARIMA modelidan foydalanish

L.A.Rodionova,

"Oliy iqtisodiyot maktabi" Milliy tadqiqot universiteti, Iqtisodiy fanlar fakulteti, "Statistika va ma'lumotlarni tahlil qilish" kafedrasi dotsenti

15:20 – 15:40
Kofe-breyk

15:40 – 17:00
O‘zbekiston uchun ARIMA modelidan foydalangan holda, tug‘ilish, o‘lim va migratsiya uchun prognoz senariylarini yaratish (guruh bo’yicha amaliyot)

M.B.Denisenko,

«Oliy iqtisodiyot maktabi»
Milliy tadqiqot universiteti – A.G.Vishnevskiy nomidagi
Demografiya instituti direktori

L.A.Rodionova,

"Oliy iqtisodiyot maktabi" Milliy tadqiqot universiteti, Iqtisodiy fanlar fakulteti, "Statistika va ma'lumotlarni tahlil qilish" kafedrasi dotsenti

17:00 – 17:30
Muhokamalar

17 avgust, to’rtinchi kun

09:00 – 10:20
Kogort-komponent usulida demografik prognozlarni qurish. SPECTRUM dasturi (ma’ruza)

S.I. Abilkalikov,
A.G.Vishnevskiy nomidagi Demografiya instituti Ijtimoiy-demografik siyosat ilmiy-o’quv laboratoriyasi ilmiy xodimi

10:40 – 12:00
Kogort-komponent usulida demografik prognozlarni qurish. SPECTRUM dasturi, Mortpak (ma’ruza)

S.I. Abilkalikov,
A.G.Vishnevskiy nomidagi Demografiya instituti Ijtimoiy-demografik siyosat ilmiy-o’quv laboratoriyasi ilmiy xodimi

12:00 – 12:30
Muhokamalar

12:30 – 13:30
Tushlik

13:30 – 14:50
Kogort-komponent usulida demografik prognozlarni tuzish. SPECTRUM dasturi, (amaliyot)

“Oliy iqtisodiyot maktabi”
Milliy tadqiqot universiteti hamda milliy ekspertlar

14:50 – 16:10
Kogort-komponent usulida demografik prognozlarni tuzish. SPECTRUM, Mortpak dasturlari (amaliyot)

“Oliy iqtisodiyot maktabi”
Milliy tadqiqot universiteti hamda milliy ekspertlar

16:10 – 16:30
Kofe-breyk

16:30 – 17:30
Prognoz natijalarini taqdim etish

Yozgi maktab ishtirokchilari

18 avgust, to’rtinchi kun

09:00 – 11:15
Prognoz natijalarini taqdim etish

Yozgi maktab ishtirokchilari

11:30 – 12:00
Maktab natijalari bo‘yicha so‘rov o‘tkazish, ishtirokchilarning fikr-mulohazalari va takliflari

Yozgi maktab ishtirokchilari

12:00 – 12:30
Yozgi maktabning yopilishi, sertifikatlar taqdimoti

Egamberdiyeva Nodira Melibayevna,
“Oila va xotin-qizlar”
ilmiy-tadqiqot instituti direktori, pedagogika fanlari doktori, professor.

Kamolxon Inomxo‘jayev,

BMT Aholishunoslik jamg‘armasining (UNFPA) O‘zbekistondagi vakili o‘rinbosari

12:30 – 14:00
Tushlik

14:00 – 16:00
Ishtirokchilarni Toshkent shahriga eltib qo‘yish (“O‘zbekiston” mehmonxonasigacha)

Bizning ekspertlarimiz