Rasmlar
Yozgi Maktab – 2024
Yozgi maktab 2023
Ma’lumki, “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti oila institutini mustahkamlash bo‘yicha yozgi va qishki maktablar, ilmiy ma’ruzalar va munozaralar maydonchalarini tashkil etish vazifasi belgilab qo‘yilgan. Shu bois joriy yil 14-18 avgust kunlari O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti, BMT Aholishunoslik jamg‘armasining (UNFPA) O‘zbekistondagi vakolatxonasi, A.G.Vishnevskiy nomidagi Demografiya instituti bilan hamkorlikda “O‘ZBEKISTONDA DEMOGRAFIK TAHLIL VA AHOLI PROGNOZLARINI TUZISh ASOSLARI” mavzusida navbatdagi uchinchi sayyor yozgi maktabi tashkil qilindi. Mazkur yozgi maktab Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, “Avenyu-park” mehmonxonasida, eng go‘zal tabiat qo‘ynida besh kun davomida o‘tkazildi.
Maktabning asosiy vazifasi – oila institutini rivojlantirish, yosh olimlarni sohaga jalb etish, bilim va tajriba almashish, institutning ekspert va yosh olimlar bazasini kengaytirish, tadbir mavzusi doirasida ishtirokchilarda zaruriy bilim, ko‘nikmalarni shakllantirish va malakalarni oshirishdan iborat. Yozgi maktabda 16 nafar tinglovchi ishtirok etdi, Sizlarga axborot uchun aytib o‘tmoqchiman ishtirokchilar fan doktori, PhD, katta ilmiy xodim va doktarantlarni tashkil qildi.
O‘shbu yozgi maktabning 16 nafar tinglovchilar tarkibida “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti, Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi, Toshkent xalqaro Vestminster universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Samarqand davlat universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti mas’ul xodimlari, olim, ekspert o‘qituvchilar va ilmiy xodimlarni tashkil qildi.
Yozgi maktabda Prognozlashtirish va hududiy tadqiqotlar instituti, A.G.Vishnevskiy nomidagi Demografiya instituti, “Oliy iqtisodiyot maktabi” Milliy tadqiqot universiteti olimlari, amaliyotchi mutaxassislari (A.I.Pyankova, S.I.Ablikalikov, L.A.Rodionova) tomonidan demografik tahlil va aholi prognozlarini tuzish, prognoz qilish dasturlaridan foydalanish masalalari bo‘yicha ilmiy ma’ruzalar va amaliyot darslari o‘tildi.
Ushbu yozgi maktabda tinglovchilar O‘zbekistonda demografik rivojlanish muammolari, Demografik tahlil usullari, Demografik prognozlashning vazifalari va usullari, Kogort-komponent usuliga kirish, Kogort-komponent usuli, Prognoz senariylarini ishlab chiqishga yondashuvlar, Vaqt seriyalari tahliliga kirish (“GRETL” dasturi), Prognoz senariylarini ishlab chiqish uchun “ARIMA” modelidan foydalanish, O‘zbekiston uchun “ARIMA” modelidan foydalangan holda, tug‘ilish, o‘lim va migratsiya uchun prognoz senariylarini yaratish, Kogort-komponent usulida demografik prognozlarni qurish (“SPECTRUM” dasturi, “Mortpak”) kabi mavzular bilan tanishdilar.
O‘quv jarayoni zamonaviy usullar asosida yuksak ilmiy saviyada interfaol uslublarni qo‘llagan holda olib borildi. Yozgi maktabda ishtirok etgan 16 nafar tinglovchi olgan bilimlari amaliyotda samarali ishlatishga, prognozlarni aniqligi va ishonchliligiga ma’lumotlarni tahlil qilishga yordam berdi.
Yozgi maktab yosh olimlar safini yanada kengaytirish imkoniyatini berganini hisobga olib tinglovchilarga quyidagi takliflar bildirildi:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligining hududiy boshqarmalarini “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot institutida 2022-yil sentabr oyida ochilgan “Demografiya” ilmiy-o‘quv laboratoriyasida hamda har yili o‘tkaziladigan yozgi maktabda o‘qitib malakalarini oshirish tizimini joriy qilish.
- “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti hamda sohaga oid ilmiy tadqiqot institutlari, unversitetlar hamda tegishli tashkilotlar bilan memorandum imzolash va talabalarni o‘qitish, amaliyot o‘tash tizimini yo‘lga qo‘yish.
- Mamlakatimizda demografiya sohasini yanada rivojlantirish, demografik bilim darajasini oshirish maqsadida “Oila va xotin-qizlar” ilmiy tadqiqot instituti tomonidan Demografiya ensiklopediyasini yaratish.
- Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan yil oxiriga qadar yosh olimlar ishtirokida demografiya masalalariga bag‘ishlangan konferensiya o‘tkazish rejalashtirilgan. Yozgi maktab ishtirokchilarining mazkur konferensiyada ma’ruza bilan ishtirok etishini so‘rab qolamiz.
“Yozgi maktab” yakunida tinglovchilar sertifikat bilan taqdirlanishdi. Mazkur 5 kunlik tadbirni o‘tkazish bilan bog‘liq barcha tashkiliy masalalari yuqori saviyada amalga oshirildi.
Yozgi maktab 2022
Ma’lumki, oila institutini mustahkamlash bo‘yicha yozgi va qishki maktablar, ilmiy ma’ruzalar va munozaralar maydonchalarini tashkil etish vazifasi belgilab qo‘yilgan. Shu bois 2022-yil 01-05 avgust kunlari O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti, BMT Aholishunoslik jamg‘armasining (YuNFPA) O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda USAIDning huquqiy islohotlar dasturi bilan hamkorlikda “Ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazishdagi zamonaviy tendensiyalar: metodologiya va vositalar” mavzusida navbatdagi to‘rtinchi sayyor yozgi maktabni tashkil qildi. Mazkur yozgi maktab Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, “Avenyu-park” mehmonxonasida, eng go‘zal tabiat ko‘ynida besh kun davomida o‘tkazildi.
Maktabning asosiy vazifasi – oila institutini rivojlantirish, yosh olimlarni sohaga jalb etish, bilim va tajriba almashish, institutning ekspert va yosh olimlar bazasini kengaytirish, tadbir mavzusi doirasida ishtirokchilarda zaruriy bilim, ko‘nikmalarni shakllantirish va malakalarni oshirishdan iborat.
Yozgi maktabda 20 nafar tinglovchi ishtirok etdi, Sizlarga axborot uchun aytib o‘tmoqchiman ishtirokchilarning qariyb 50 foizini ilmiy darajali tinglovchilar tashkil qildi. O‘shbu yozgi maktabning 20 nafar tinglovchilar tarkibida “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti, O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari ilmiy-tadqiqot markazlarning ilmiy xodimlari, mustaqil izlanuvchi va doktorantlarlar, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Makroiqtisodiyot va prognozlashtirish instituti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Xalqaro vestminster universiteti, Yuridik universiteti, Qishloq ho‘jaligini irrigatsiya va mexanizatsiya universiteti, Samarqand davlat universiteti, Chirchiq pedagogika instituti, AMITI universiteti, Davlat boshqaruvi akademiyaning Samarqand filiallarini mas’ul xodimlari, olim va ekspert o‘qituvchilarni tashkil qildi.
Yozgi maktabda Aholishunoslik jamg‘armasining xalqaro ekspertlari, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi, Davlat statistika qo‘mitasi, “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti, «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» milliy tadqiqot universiteti olimlari, amaliyotchi mutaxassislari tomonidan ilmiy tadqiqotlarni olib borish, demografiya va gender masalalari bo‘yicha ilmiy ma’ruzalar va mahorat darslari o‘tildi.
Ushbu yozgi maktabda tinglovchilar O‘zbekiston Respublikasida demografik rivojlanish tendensiyalari, O‘zbekistonda ilk bor yaratilgan Demografiya milliy portali taqdimoti, aholi va rivojlanish masalalari, demografik barqarorlik tushunchasi, O‘zbekiston Respublikasining 2030-yilgacha demografik barqororlik konsepsiyasi, demografik siyosatning gender jihatlari, jins bo‘yicha ajratilgan ma’lumotlarni to‘plash, global gender indekslarining umumiy ko‘rinishi va ularning ahamiyati, O‘zbekistonda gender ko‘rsatkichlarini rivojlantirish: yutuq va muammolar, uy xo‘jaliklarining tanlama kuzatuvini tashkil etish va o‘tkazish, avlodlar va gender tadqiqoti multiindikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazish, geoaxborot tizimi va texnologiyalari asosida aholi kartalarini tuzish, ma’lumotlar bazasini yaratish, dasturlarida elektron raqamli kartalarni tuzish, demografik jarayonlarni vizuallashtirish, sotsiologik tadqiqotlarda o‘lchash muammolari va ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil usullari kabi mavzular bilan tanishdilar.
Yozgi maktab 2021
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 10 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 367-sonli Qarori (3-bob, 9-band “Mahalla va oila” institutining dolzarb masalalar bo‘yicha yozgi va qishki maktablar, ilmiy ma’ruzalar va munozaralar maydonchalarini tashkil etish” vazifasi yuqorida ko‘rsatilgan maqsadga xizmat qiladi. Shu bois 2021-yil 07-11 iyun kunlari O‘zbekiston Respublikasi Maxalla va oilani qo‘llab quvvatlash vazirligi huzuridagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti va BMT aholishunoslik jamg‘armasining (UNFPA) O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda “Demografik imkoniyatlar: baholash, chaqiriq va istiqbollar” mavzusidagi yozgi maktabni tashkil qildi.
Maktabning asosiy vazifasi – mamlakatimizda barqaror o‘sishni ta’minlashda demografik o‘zgarishlarni to‘laqonli baholash, sohadagi ichki zahira va imkoniyatlarni aniqlashda yosh olimlarni ushbu sohaga jalb etish, xorijiy va mahalliy yetuk olimlar o‘rtasida bilim va tajriba almashish, mamlakatimiza yosh demogrif olimlar bazasini yaratish, hamda ularda zaruriy bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat.
Mazkur yozgi maktab o‘quv-seminar treningida nufuzli oliy ta’lim muassasa va tashkilotlarining vakillari shu bilan birga ilmiy xodimlari, talabalar, magistrlar, mustaqil izlanuvchilar, doktorantlardan iborat 25 kishi qatnashdi.
Yozgi maktab doirasida: “O‘zbekiston Respublikasining zamonaviy demografik vaziyati va demografik xavfsizlikka tahdidlar”, “Aholi ro‘yxati: natijalardan foydalanish va tarqatish”, “Ekologik noqulay hududda demografik muammolar va ularni hal qilish”, “Demografik rivojlanishning mehnat munosabatlariga ta’siri”, “Demografik o‘tish nazariyasi demografik rivojlanish tendensiyalarini tushunishning kaliti sifatida”, “O‘zbekiston demografik rivojlanishining uzoq muddatli prognoz parametrlari” (2050 yilgacha), “O‘lim darajasini tahlil qilish va prognozlashning zamonaviy usullari”, “Amaliyot uchun fan: nima uchun aholi va nima uchun aholi prognozi?”, “O‘zbekiston Respublikasida 2023 yilda aholini ro‘yxatga olishning uslubiy jihatlari”, “Sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish varag‘i shakllari (savolnomalari) va ularni to‘ldirish qoidalari”, “Inson kapitalini shakllantirishning demografik jihatlari”, “Demografik va oilaviy siyosat: asosiy vazifalar, yo‘nalishlar, chora-tadbirlar”, “Demografik jarayonlarning aholi kambag‘allik darajasiga ta’siri”, “Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning demografik jihatlari”, “O‘zbekistonda zamonaviy mehnat migratsiyasi: muammolar va ularni hal qilish usullari” mavzuidagi va boshqa ma’ruzalar tinglandi, muhokama etildi.