Demografiya faniga xissa qoʼshgan mashhur jahon olimlar​

    Demografik bilimlar tarixini o‘z mazmuniga ko‘ra, jamiyat taraqqiyotining dastlabki bosqichlaridan to bugunga qadar 4 davrga bo‘lib, urganish maqsadga muvofiqdir.

   Birinchi davr XVI asrga qadar bo‘lgan davrni uz ichiga oladi. Ushbu davrda davlatchilik rivojlanishi bilan bog‘liq, holda aholining soni, ayniqsa erkaklar soni, xo‘jaliklar xaqida ma’lumotlar to‘plangan. Ba’zi davlatlarda esa aholi ruyxati ham o‘tkazilib turilgan. Lekin bu davrda demografik bilimlarga oid ma’lumotlar dunyoning hamma hududlarida ham to‘planib borilmagan. Ilmiy manbalarda demografik bilimlarga oid ma’lumotlar juda kam uchraydi.

   Demografik qarashlar antik davrlarga borib taqaladi. Qadimgi Yunoniston, Qadimgi Rim, Xitoy va Hindiston kabi ko‘plab sivilizatsiya va madaniyatlarda mavjud bo‘lgan.

    Platon (miloddan avvalgi 428-347 yillar) erkin fuqarosi 5040 nafar bo’lgan davlat ideal davlatga javob berishini ko‘rsatgan. U nikox munosabatlarida muayyan tartib o’rnatishni taklif etgan, jumladan erkaklar faqat 30 yoshdan 55 yoshgacha farzand qurishi maqsadga muvofiqligini asoslagan. Platon shunday yozadi: “nikohlar sonini belgilashni xamda urush, kasallanishlarni xisobga olgan xolda erkaklar soni imkoniyat darajasida muqim bulishi, davlat imkoniyati boricha xam kattalashmasligi xam, kichiklashmasligi choralarini ko‘rishi lozim”.

     Aristotel fikricha, fuqarolar sonining kam bo‘lishi ijtimoiy uyg‘unlikni ta’minlaydi, aholi hadan tashqari ko‘p bo’lganda esa bunga erishish mumkin emas. Aholining ortiqchaligi ular tomonidan e’tirozlar bildirilishi xamda jinoyatlar soni ko’payishiga sabab bo’ladi. Shu bilan birga aholi ko’paysa, fuqarolarning bir qismi yerga ega bo‘lmasdan qashshoqlashadi.

    Konfutsiy (miloddan ilgari taxminan 551-479 yillar) ishlov berilidigan ekin maydonlari bilan aholi soni o‘rtasidagi eng maqbul nisbatni aniqlashga xarakat qilib ko‘rgan. Uning fikricha, bu nisbatning buzilishi quyidagi sabablarga olib kelishi mumkin:

   aholi soni kam bo‘lsa, ekinzorlarga ishlov berish yomonlashadi va dexqonlar soliq tulashdan bosh tortadi;

    aholi nihoyatda zich bo‘lsa, odamlarning qashshoqlashishi, bekorchilarning ko‘payishi sababli ijtimoiy muammolar kuchayadi.

   Bundan aholi soni davlat tomonidan tartibga solinishi kerakligi xamda odamlarni aholi zich mintaqalardan aholi kam bo‘lgan hududlarga ko‘chirish masalasini hal qilish talab etilishi kabi xulosalar chiqarilgan.

  Ibn Xaldunning fikriga ko’ra, byurokratiya, armiya va soliqlari kam bo’lgan davlat ideal davlat deb hisoblagan. Shuningdek, u ijtimoiy muammolarni inson tanasi kasalliklari bilan, sivilizatsiyaning rivojlanish davrini esa inson yoshi bilan taqqoslagan. O’zining mashhur “Muqaddima” asarida yer sharining geografik ko‘rinishi, iqlim va tuproqning odamlarga jismoniy va ma’naviy ta’siri haqidagi fikrlar, haqiqatni bilish usullari, oila, ijtimoiy va davlat hayoti shakllarining evolyutsiyasi bo’yicha ilmiy demografik qarashlarni ilgari surgan.

    Aholi to’g’risidagi ma’lumotlarning to’planishi J.Grauntgacha, ya’ni antik davrlarga borib taqaladi. Olingan ma’lumotlarni umumlashtirish va tahlil qilishga bo’lgan birinchi harakatlar Qadimgi Rimda amalga oshirilgan, rimliklar umr davomiyligini hisoblab chiqish bo’yicha yondashuvlarini ishlab chiqishga harakat qilishgan. Bunga Florentsiya jadvalini misol sifatida keltirishimiz mumkin. Aholi, uning soni, yosh tarkibi, joylashuvi va nihoyat tabaqalarga bo’linishi haqidagi batafsil ma’lumotlarga ega bo’lish to’g’risidagi real ehtiyoj ijtimoiy munosabatlar tizimidagi keskin burilishlar sodir bo’lish davridan, aholini ijtimoiy va makondagi joylashuv nuqtai nazaridan tamoman yangi sharoitlariga olib kelgan aholisi kamayib va o ‘lib borayotgan hukumat — eng yomon deb hisoblangan.

      Ikkinchi davr XVI — XVIII asrlarni o‘z ichiga oladi. Demografik bilimlarni rivojlanishida bu davr alohida ahamiyatga egadir. Chunki bu davrda demografik bilimlarga ehtiyoj kuchaydi. Aholi xayotida katta ijtimoiy — iqtisodiy o‘zgarishlar yuz berdi. Feodalistik munosabatlarni asta — sekin kapitalistik munosabatlar egallay boshladi. XVI — XVII asrdagi buyuk geografik kashfiyotlar, xalqaro savdoning rivojlanishi, kapitalistik turmush tarzining shakllanishi natijasida turli davlatlar aholisi, ularning urf — odatlariga qiziqish kuchaydi. Ayniqsa, Yevropa davlatlarida aholi soni, harakatiga oid qator tadqiqotlar olib borildi. Bularga florensiyalik siyosatshunos va tarixchi N.Makiavelli, fransiyalik J.Boden, italiyalik D.Botero, nemis olim G.Konring Z.Bilfeldi I.Zonenfels, angliyalik D.Graunt, V.Petti, rossiyalik V.Lomonosovlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarni kiritish mumkin. XVI — XVII asrlarda olib borilgan tadqiqotlarda dunyo aholisi, uning ba’zi hududlari, davlatlar aholisi xasida ancha mukammal ma’lumotlar to‘plangan.

   J. Graunt (ingliz Jon Graunt; 1620 yil 24 aprel, London – 1674 yil 18 aprel, London) «O‘lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida tabiiy va siyosiy kuzatishlar» (1662) asari, insonlarning hayot jadvalining ibtidoiy shakli yoritib berilgan. Ana shu davrda Angliyada vabo va boshqa yuqumli kasalliklar tarqalib, aholi o‘rtasida o‘lim xollari nihoyatda ko‘payib ketgan. Shu bois Londonda xar xafta o‘lim xakida risolalar, ya’ni maxsus ma’lumotlar chop etilib, aholiga tarqatilgan. J. Graunt risolasida o‘z oldiga keng qamrovli ijtimoiy xodisalarni bayon etishni maqsad qilib qo‘ygan. Ushbu asarda J.Graunt Londonda tug’ilish va o’lim haqidagi 80 yillik ma’lumotlarni o’rganib chiqqan, shu bilan birga, asarda demografik jarayonlarning rivojlanishida ijtimoiy-iqtisodiy qonuniyatlarning ta’sirini o’rganishga harakat qilgan. Demografiyaga tamal toshi qo’ygan shaxs sifatida J.Graunt XIX-XX asrlarda demografiya aholi statistikasi, sotsiologiya va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosatshunoslik fanlarining gurkirab rivojlanayotgan davrida tan olingan.

   Aholi va ijtimoiy omillarning o‘zaro ta’sir nazariyasi rivojlanishiga V. Petti beqiyos hissa qo‘shgan, u XVII asrning eng yirik nazariyotchi-iktisodchilaridan biri bo‘lgan. U mamlakat aholisini davlatning asosiy boyligi, “inson kapitali”, deb xisoblagan. “Mehnat – boylikning otasi, yer – uning onasi” mashhur hikmat bevosita U. Pettiga tegishlidir. Shuning uchun olim davlat aholi soni o‘sishi tug‘risida g‘amxurlik qilishi kerakligini o‘qtirgan.

   Aholining iqtisodiy maqsadlarga ko‘ra o’sishini ingliz iqtisodchilari D.Yum (1711-1776 yy) va A.Smitlar (1723-1790 yy) ham tadqiq qilganlar. Ularning fikricha, aholi sonining ko‘p va ishlab chiqarish samaradorligining yuqori bo’lishi davlat uchun har tomonlama foydalidir hamda ichki va tashqi siyosat, jumladan, davlat manfaatlari nuqtai nazaridan va har qanday davlat gurkirab rivojlanishining inkor etib bo‘lmaydigan isboti hisoblanadi. Bu fikrlarga F.Kenening (1694-1774 yy) qarashlari ham juda yaqin, u jamiyatning rivojlanishi aholi sonining o‘sishiga olib keladi va aholi holati, insonlar mehnatidan foydalanish davlat iqtisodiy siyosatining eng muhim ob’yektlaridan biri hisoblanadi, deb yozgan.

   Demografiya fanining vujudga kelishida buyuk rus olimi M.V.Lomonosov (1711-1765 yy) ning ham o ‘rni katta. Fanning vujudga kelishini olimning 1761-yilda yozilgan «Rus xalqini saqlash va uning ko‘payishi» nomli asari bilan bog’lash ham mumkin. Ko’p hollarda merkantilistlar g‘oyalarini, xususan, V.Mirabo (1715-1789-yy) g‘oyalarini takrorlagan holda u mamlakat boyligining asosini hech kim yashamaydigan bepoyon hududlar emas, balki aynan aholi tashkil qiladi, deb hisoblagan. Ushbu asar o’z davri rus aholisining ko‘plab muammolari: o’limning yuqori darajasi, qashshoqlik, ocharchilik aholini katta qismining shafqatsiz ezilishini qamrab olgan.

  Benjamin Franklin 1755 yilda ingliz koloniyalarining eksponensial o‘sishini bashorat qilgan holda «Insoniyatning ko‘payishi, mamlakatlarning joylashishi bo‘yicha kuzatishlar» essesini nashr etgan.

    Tomas Robert Maltus (1766.13.2, Rukeri — 1834.23.12, Bat) — ingliz iqtisodchisi, ruhoniy. Kembrij universitetining Jezus kollejini tugatgan (1788). Ost-Indiya kompaniyasi tasarrufidagi kollejda yangi tarix va siyosiy iqtisod kafedrasida professor (1805-34). Maltusga o’zinnig “Nufus qonuni toʻgʻrisida tajribalar” asari (1798) unga katta mashhurlik keltirdi. Maltus bu asarida koʻpgina iqtisodchilar orasida qabul qilingan aholi soni va uning oʻsishi boylikdir, degan fikrga zid holda aholi oziq-ovqatning cheklangan taklifiga duch kelguniga qadar oʻsaveradi, aholi geometrik, oziq-ovqat mahsulotlari taklifi arifmetik progressiya boʻyicha oʻsadi, deb qaraydi. Aholi oʻsishini ijobiy (yaʼni oʻlimni koʻpaytirish orqali) — urushlar, epidemiyalar va boshqa yoki salbiy (tugʻilishni cheklash orqali) — ahloqiy cheklashlar, kech nikohga kirish va boshqa yoʻllar orqali nazorat qilish mumkin. Maltus oʻz fikrlarini “tuproq unumdorligining pasayib borishi qonuni” bilan asoslashga urinadi. Maltusning ish haqi nazariyasi tirikchilik minimumga teng boʻlgan doimiy ish haqini nazarda tutadi. Lekin rivojlangan mamlakatlarda aholi ham, ish haqi ham, Maltusning bashoratlariga zid holda, texnika ravnaqi tufayli oʻsib, daromadlarning oʻsishi darajasiga qarab tugʻilish pasayib bormoqda. Maltus javob berishga harakat qilgan muammolar hozirgi zamonda ham past rivojlangan mamlakatlarda dolzarb hisoblanadi. Bu mamlakatlarda tugʻilish koeffitsiyenti yuqori boʻlgan sharoitda tibbiyotni “import qilish” bilan rivojlangan mamlakatlardagi kabi past oʻlim koeffitsiyenti taʼminlanmoqda va, ayni paytda, bu mamlakatlarda qashshoqlik muammosi mavjud. Shuningdek, ayrim ekologlar jahon miqyosida aholining va sanoat ishlab chiqarishining oʻsishi resurslar taqchilligiga olib keladi, deb qaraydi.

      Uchinchi davr. XIX —XX asrlarni qamrab olib, bunda dunyodagi deyarli barcha davlatlar, ularning xududlari buylab ham muntazam demografik bilimlar to‘planib borilgan. Demografik bilimlar tizimi yana ham mukkamallashgan.  XVIII asrning ikkinchi yarmida Angliyada boshlangan sanoat tuntarilishi XIX asrga kelib, AQSH, Fransiya, Germaniya, Rossiya, Italiya, Yaponiya kabi davlatlarni qamrab oldi. Natijada feodal jamiyatga qaraganda, ishlab chiqarish kuchlari ancha rivojlandi, texnika bilan ta’minlangan, ixtisoslashtirilgan industriyaga ega bulgan, sanoat kapitalizmi vujudga keldi. Uning rivojlanib borishi jamiyat taraqqiyotida ulkan o‘zgarishlarga sabab buldi. Bu holat Yevropa mamlakatlarida yaqqol kuzga tashlandi. Natijada demografik jarayonlar ham rivojlanib, ular haqidagi bilimlar doiirasi yana ham kengayib bordi. Demografik tadqiqotlar utkazilishi har bir davlat uchun zaruriy ilmiy yunalishga aylandi. Ushbu davrda yirik demograf olimlar yetishib chiqdi. Ular jumlasiga E.Rosset, R.Pressa, U.Laplas, A.Ketle, AXiyyar, D. Mendeleyev, S.Novoselskiy, V.Bunyakovskiy, G.Syundberg, V.R.Smulevich, D.I.Valentey. Ya.N.Guzevatey, A.Ye.Boyarskiy, A.Ya.Kvasha, Uzbekistonda esa Ye.S.Timm, A.A.Shoroxova, M.K.Koraxanov, I.R.Mullajonov va boshqalarni kiritish mumkin. Shuning bilan birga bu davrda dunyo miqyosida hamda uning barcha davtlatlarida demografik tadqiqotlar olib boruvchi, muttaxassislar tayyorlovchi yirik oliy va ilmiy maskanlar tashkil topdi va rivojlandi.

      Nihoyat XIX asrda A.Giyyar yangi vujudga kelgan fanga nom berdi. Uning 1855 yilda Parijda «Inson statistikasi elementlari, yoki qiyosiy demografiya», deb nomlangan kitobi chop etildi. Bu asarda demografiyaning mustaqil fan sifatida maqsadi yoritilgan. A.Giyyar asarida demografiyaga kun jarayonlarni uz ichiga oluvchi insonlarning tabiiy va ijtimoiy tarixi va ularning umumiy harakati jismoniy, fuqarolik va axloqiy holatini matematik tarzda o‘rganuvchi fan, deb ta’rif berilgan. 1851 — 1922 yillarda yashab ijod etgan olim Jan Bertilon (A.Giyyarning nabirasi) tomonidan ham demografiyaning fan sifatidagi o‘rganuvchi predmetiga baho) beriladi. Olim 1881 yilda yozilgan «Fransiya aholisi harakatinning statistikasi» nomli asarida «Demografiya jamoa xayotini o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Uning maqsadi jamiyatning rivojlanishi, qayta tiklanishi va nihoyat inqirozga uchrab, barham topishlarning sabablarini o‘rganish. U xalqning, ham jismoniy, xam ahloqiy tuzilishini kurib chiqadi: odamlar qanday va nima uchun nikoh quradilar, qay miqorda ko‘payadilar va farzandlarini tarbiyalaydilar va shu kabi muammolarni tadbiq etadi. Va nihoyat u insonlar necha yoshda, qanday vaziyatda, qaysi sabablarga ko‘ra, o‘lishlarining sabablarini yoritadi» deb yozadi. Demografiyani predmetiga oid A.Giyyar va J.Bertilonlarning xulosalaridan kurinib turibdiki, demografiya juda keng qamrovli fan bulib, insonning xayotiga tegishli juda kup muammolarni o‘z ichiga oladi.