Mamlakatlar boʻyicha chaqaloqlar oʻlimi darajasi

Chaqaloqlar o’limi aholi salomatligining asosiy ko’rsatkichlaridan biri hisoblanib, u mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini, aholining demografik holatini, tibbiy xizmat sifatini, sanitariya epidemalogiya, profilaktika va davolash ishlarining samaradorligini ko’rsatuvchi muhim bir mezon bo’lib hisoblanadi. “Chaqaloqlar o’limi” deganda, bir yoshgacha bo’lgan ya’ni, 0 oydan 12 oygacha bo’lgan o’lim tushunilsa, 1 yoshdan 15 yoshgacha bo’lgan aholi guruhiga “bolalar o’limi” deyiladi. Aholining o’rtacha umr ko’rish muddatini aniqlashda ayniqsa go’daklar o’limi alohida ahamiyatga ega. Go’daklar o’limining yuqori bo’lishi aholi o’rtacha umr ko’rish muddati qisqarishiga olib keladi. Ma’lumki, XIX asr ohiri va XX asr birinchi yarmida ayrim rivojlanayotgan davlatlarda go’daklar o’limi yuqori bo’lgan. Jumladan, 1900-yil G’arbiy Yevropa davlatlarida har 1000 ta tirik tug’ilgan chaqaloqdan 140 tasi, Markaziy Osiyo davlatlarida 500-600 tasi hayotdan ko’z yumgan. Go’daklarning o’lim darajasi 1950-yillarga kelib bir muncha kamaydi. Yevropa davlatlarida go’daklar o’limi 45% ni (eng yuqorisi 69% – Gresiyada, eng pasti – 22% Shvesiyada), sobiq SSSR tarkibiga kirgan davlatlarda esa 80-83%ni tashkil etgan. 1980-2000 va 2001-2009-yillarda go’daklar o’limining pasayish jarayoni davomli bo’lgan. 1980-yiliqtisodiy rivojlangan davlatlarda go’daklar o’limi quyidagi ko’rsatkichlarga ega bo’lgan: Avstriya – 14,3 %, Belgiya – 12,1%, Dalliya – 8,4 %, Italiya – 14,6 %, Kanada – 10,4 %, Niderlandiya – 8,6 %, Norvegiya – 8,1 %, AQSh – 12,6 %, Fransiya -10,0 %, Shvesiya – 6,9 %, Yaponiya – 7,5 %ni tashkil qilgan bo’lsa, 2009-yilbu ko’rsatkichlar 3-6 % ni tashkil etgan. XXI asr boshida go’daklar o’limining eng past darajalari Yaponiya, Singapur, Shvesiya davlatlarida qayd etilib, ularda har 1000 tirik tug’ilgan bolalardan uchtasi halok bo’lgan. 1980-yillarda go’daklar o’limining eng yuqori darajasini Afg’oniston – 194 %, Malavi – 163%, Somali – 155 % kabi davlatlarda qayd etilgan. Chaqaloqlar o’limi darajasi yangi tug’ilgan bolalar o’limini kuzatuvchi aholi soniga bog’liq ko’rsatkich bo’lib, u odatda 1000 tirik tug’ilgan chaqaloqqa o’lgan chaqaloqlar soni sifatida ifodalanadi. Go’daklar o’limi yuqori bo’lgan mamlakatlarda asosan qashshoqlik, bezgak, to’yib ovqatlanmaslik, rivojlanmagan infratuzilma va sog’liqni saqlash tizimi yaxshi yo’lga qo’-yilmaganligi kabi omillar bilan bog’liqdir. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, ushbu omillar rivojlanayotgan mamlakatlarda saqlanib qolmoqda. Shunigdek, go’daklar o’limi yuqori bo’lgan mamlakatlarda tug’ilish darajalari ham yuqoriligicha qolmoqda.

Dunyo bo’ylab chaqaloqlar o’limining asosiy sabablari orasida neonatal ensefalopatiya (tug’ilish paytida kislorod etishmasligi tufayli miya faoliyati bilan bog’liq muammolar), infektsiyalar, erta tug’ilishning asoratlari, pastki nafas yo’llarining infektsiyalari va diareya kasalliklari kiradi.

Yangi tug’ilgan chaqaloqlar orasida eng ko’p uchraydigan o’lim sabablari kattaroq chaqaloqlarnikidan farq qiladi. Umuman olganda, so’nggi o’n yilliklarda global bolalar o’limi sezilarli darajada o’zgarib, 1950-1955-yillarda har 1000 tirik tug’ilgan chaqaloqqa 140 dan, 2000-yil 52,8 gacha, 2020-yil 27,4 ga kamayganligini ko’rish mumikin.

Qo’shma Shtatlardagi go’daklar o’limiga asosan tug’ma nogironlik, erta tug’ilish, kam vazn, onaning homiladorlik asoratlari, to’satdan chaqaloq o’limi sindromi va jarohatlar (masalan, tasodifiy bo’g’ilish) sabab bo’ladi. Qo’shma Shtatlarda o’lim darajasi 2020-yilda 5,44 ni tashkil etgan bo’lib, bu ko’rsatkich 195 mamlakat orasida hududlar bo’yicha 50-o’rinni egallagan. Shvetsiya (2,15), Yaponiya (1,82) va Avstraliya (3,14) kabi o’nlab rivojlangan mamlakatlardagidan sezilarli darajada yuqoriligicha qolmoqda.

Go’daklar o’limi turli mamlakatlarda turlicha nomlanadi. Masalan, Amerika Qo’shma Shtatlarida kasalliklarni nazorat qilish markazi “chaqaloq o’limi” deganda homiladorlikning boshlanishidan, bolaning birinchi tug’ilgan kunigacha sodir bo’lgan har qanday o’limni tushunadi. Jahon sog’liqni saqlash tashkilotida chaqaloqlar o’limi faqat homiladorlik paytida yoki tug’ilgandan keyingi dastlabki 42 kun (taxminan olti hafta) ichida vafot etgan bolalarni o’z ichiga oladi. Shuningdek, ba’zi mamlakatlar bolani tug’ilgunga qadar “go’dak” deb hisoblamaydi va shuning uchun homiladorlik davrida sodir bo’lgan o’limlar (o’lik tug’ilish, homila tushish va boshqalar) chaqaloqlar o’limining umumiy koeffitsientiga kiritmaydi. Ushbu turli xil ta’riflar natijasida, 0,0 dan yuqori bo’lgan har qanday chaqaloqlar o’limi darajasi xavotirga loyiq bo’lsa-da, AQShdagi bu ko’rsatkich boshqa mamlakatlardagi ko’rsatkichlarga qaraganda yaxshiroq. Dunyo bo‘yicha 5 yoshgacha bo‘lgan 5,2 mln. bola turli kasalliklar tufayli vafot etgan. Ularning 1,5 mln. 1–11 oylik, 1,3 mln. 1-4 yoshda bo‘lgan. 2,4 mln. nafar chaqaloq 28 sutkalikkacha bo‘lgan davrda vafot etgan bo‘lsa, 500 ming bola 5-9 yosh oralig‘ida kuzatilgan.

Besh yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limining asosiy sabablari asosan – muddatidan oldingi tug‘ruq asoratlari, tug‘ruq jarohatlari, o‘pka zotiljami, tug‘ma yurak nuqsonlari, ich ketishi va bezgak kabi kasalliklar hisoblanadi. Yoshi kattaroq bolalar orasida esa bu sabablar yoniga turli jarohatlar, avariyalar va cho‘kish kabilar qo‘shiladi.

Yuqoridagi ko’rsatkichlar juda ayanchli tuyulishi tabiiy, ammo bu boradagi umumiy tendensiya o‘rganilsa, vaziyat ancha yaxshilanganini ko‘rish mumkin. 1990-yil ma’lumotlariga qaraganda, o‘tgan vaqt davomida bolalar o‘limi 59 foizga kamaygan. Demak, 32-yil avval dunyo aholisi 5,2 milliard kishi bo‘lgani, bugungi kunda esa 7,9 milliarddan ortgani hisobga olinsa, bu boradagi ko‘rsatkichlar qay darajada yaxshilangani yanada kuchliroq namoyon bo‘ladi. Shuningdek, 1990-yil 5 yoshgacha bo’lgan davrda, 1000 tirik tug’ilgan bolaga 11-bola nobud bo‘lgan bo‘lsa, 2019-yilga kelib, 27-bola vafot etgan. 5 yoshgacha bo‘lgan bo‘lgan bolalar orasidagi yo‘qotishlar bo‘yicha Afrika qit’asi mutlaq yetakchilik qilgan. Umumiy qilib hisoblansa,  bolalar o’lim darajalarining yarmidan ko‘prog‘i 5 ta davlat – Nigeriya, Hindiston, Pokiston, Kongo Demokratik Respublikasi va Efiopiya hissasiga, uchdan biri  Nigeriya va Hindistonda hissasiga to’g’ri kelgan.

Mutahasislarning tahlil natijalariga qaraganda, hayotning birinchi oyi yangi tug’ilgan chaqaloqlarning omon qolishi uchun eng zaif davr bo’lib, 2020-yilda 2,4 mln. yangi tug’ilgan chaqaloq vafot etgan. 2020-yilda 5 yoshgacha bo’lgan barcha bolalar o’limining deyarli yarmi (47%) yangi tug’ilgan davrda (hayotning dastlabki 28 kunida) sodir bo’lgan, bu 1990-yilga nisbatan o’sish (40%), chunki 5 yoshgacha bo’lgan o’limning global darajasi tezroq pasayib bormoqda. Dunyo bo’yicha eng yuqori neonatal o’lim darajasi Afrikaning Sahroi Kabiriga to’g’ri kelib, (1000 tirik tug’ilgan chaqaloqqa 27 ta o’lim) yangi tug’ilgan chaqaloqlar o’limining 43% ko’rsatkichi  to’g’ri kelsa, ikkinchi o’rinda Markaziy va Janubiy Osiyo (1000 tirik tug’ilgan chaqaloqqa 23 ta o’lim), har bir yangi tug’ilgan chaqaloqlar o’limining 36%ini tashkil qiladi. Erta tug’ilish, “intrapartum” bilan bog’liq asoratlar (tug’ilishda asfiksiya yoki tug’ilish paytida nafas ololmaslik), infeksiyalar va tug’ma nuqsonlar neonatal o’limning asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Tug’ilgandan keyingi dastlabki 28 kun ichida vafot etgan bolalar tug’ilish paytida yoki undan keyin hayotning birinchi kunlarida sifatli parvarish etishmasligi bilan bog’liq muammolar va kasalliklardan aziyat chekishadi. Bolalar va o’smirlar o’rtasida COVID-19 infeksiyalari oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan o’lim holatlari yoki turli hil kasalliklar kamroq uchraydi. 2020-yil dunyo bo‘ylab 2,4 mln. bola hayotning birinchi oyida vafot etdi. Har kuni taxminan 6700 ta yangi tug‘ilgan chaqaloq o‘limi qayd etilmoqda, bu 5 yoshgacha bo‘lgan barcha bolalar o‘limining 47 foizini tashkil etadi, ya’ni 1990-yildagi 40 foizdan ko‘p.

Shuningdek, O’zbekistonda olib borilayotgan tadqiqotlar natijalari hamda UNICEFning ma’lumotlariga qaraganda, 5 yoshgacha bo’lgan bolalar o’limining oldini olishda sezilarli muvaffaqiyatga erishilgan bo’lsada, rasmiy ma’lumotlar 5 yoshga to’lmasdan vafot etgan bolalar o’limining 57 foizi hayotning dastlabki 28 kunida sodir bo’layotganini ko’rsatmoqda. Bunga uch asosiy sabab — barvaqt tug‘ruq, asfiksiya va infeksiyalar hisoblanadi. Ushbu muammoning oldini olish uchun nafaqat ona va bolaning sog’lig’iga e’tibor qaratish lozim. Balki ularga g’amxo’rlik qilish uchun yaratilgan shart-sharoitlarni ham inobatga olish kerak.

UNICEFning 2019-2020-yillardagi O’zbekistondagi bolalar vaziyatini o’rganish tahlil natijalariga ko’ra, bola omon qolishi va rivojlanishi sohasida mavjudligicha qolayotgan muammolardan biri 5 yoshgacha boʼlgan bolalar oʼlimining aksariyati bola hayotining ilk 28 kuni davomida roʼy berishi bilan izohlanadi. Bundan tashqari, bolalar nisbatan oddiy usullar va sarmoyalar yordamida oldini olish mumkin boʼlgan sababalarga koʼra nobud boʼlishmoqda. 2018 va 2019 -yillarda roʼy bergan qizamiq kasalligining tarqalishi immunizatsiya qamrovi talab darajasida boʼlmaganligi va dozalari oʼz vaqtida berilishi yuzasidan tashvishlanishga sabab boʼlgan. Reproduktiv, yaʼni farzand koʼrish yoshidagi ayollarda ozuqa moddalari tanqisligi kuzatilgan, homilador boʼlmagan 20% ayollar anemiyaga (kam qonlikka) chalingan, homilador boʼlmagan reproduktiv yoshdagi 40% ayollarning ovqatlari minimal dieta talablariga javob beradi va homilador boʼlmagan ayollarning deyarli yarmi folat tanqisligiga uchragan. Bolalar orasida mikroelementlar yetishmovchiligi keng tarqalgan, ularning 15% anemiyaga uchragan, 50% dan ortigʼi temir tanqisligi va 6% “A” vitamini yetishmovchiligiga chalingan. Bundan tashqari, 9 % bolalar yetarlicha to’yib ovqatlanmaslik ko’rsatkichlariga ega, 2,5 % bolalarda ozginlik belgilari mavjud. O’z joniga qasd qilish va o’z-o’ziga shikast yetkazish hollarida ham 15-19 yoshlarda uchraydi. Ushbu holatlarni oldini olish ularni bartaraf etish masalani dolzarbligini belgilaydi.

O'xshash ma'lumotlar