Yashovchanlik koeffitsienti

Yashovchanlik koeffitsienti 1897 yilda rus olimi V.I. Pokrovskiy va 1921 yilda amerikalik olim R. Pirl tomonidan taklif qilingan. Yashovchanlik koeffitsienti quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:

bu yerda: N – ma’lum bir davrda tug‘ilganlar soni;

M – muayyan joyda ma’lum bir davrda o‘lganlar soni.

Mazkur koeffitsientda aholining tabiiy o‘sishidan farqli ravishda tug‘ilganlar (N) bilan o‘lganlar (M) farqini emas, balki nisbatini ko‘rsatadi va o‘lgan bir kishi soniga to‘g‘ri keluvchi tug‘ilganlarning soni hayotni tark etayotgan avlodlarning hayotga kirib kelayotgan yangi avlod o‘rnini bosishini baholash uchun foydalaniladi.