Tibbiy demografiya

Tibbiy demografiya aholi salomatligi va uning asosiy ko‘rsatkichlari hamda omillarini, kasalliklarning vujudga kelishi, ularning demografik, ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarini o‘rganadi. Tibbiy demografiya – aholi sog‘ligining takror barpo bo‘lishi va shakllanishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir yetuvchi biologik, ijtimoiy-iqtisodiy, klimatik-geografik, ekologik omillarning insoniylik populyatsiyasi bilan o‘zaro bog‘likligini o‘rganadi. “Tibbiy demografiya” termini o‘tkan asrning 60-yillarida keng qo‘llanila boshladi. O‘sha davrda zamonaviy demografik tadqiqotlarning tendensiyalarida chuqur tahlilning naqadar muximligi oydinlashgan. Shunday qilib, tibbiy demografiya ijtimoiy gigiena va demografiya fanlari kesishish nuqtasida shakllanib, aholining sifat xarakteristikasi nuqtai nazaridan uning sog‘ligi, mehnatga layoqatligi, umir ko‘rish davomiyligini o‘rganuvchi fan hisoblanadi. Bu fan aholi takror barpo bo‘lishi muammolarini tadqiq etishning demografik va tibbiy jihatlarini o‘zida mujassamlantiradi. Tibbiy demografiya aholi tug‘ilishi, jismoniy rivojlanishi, kasallinishi, nogironligi, o‘limi, takror barpo bo‘lishini aholining oilaviy holati, migratsiya xarakati joylashuvining hududiy husuiyatlari, demografik tarkibi hamda turmush tarzi kabi omilllar bilan o‘zaro bog‘likligini o‘rganadi. Tibbiy demografiya fanining predmeti – demografik omillar ta’siri nuqtai nazaridan aholi salomatligidir. Tibbiy demografiyada quyidagi tadqiqotlar darajasi mavjud:

  • birlamchi statistik axborotni yig‘ish;
  • tibbiy-demografik jarayonni ta’riflash;
  • tibbiy-demografik tahlil o‘tkazish;
  • tibbiy-demografik jarayonlar va ularga ta’sir etuvchi omillarning o‘zaro bog‘likligini aniqlash;
  • aniqlash natijasiga ko‘ra bo‘lajak holatni prognozlash;
  • ularni o‘zgartirish bo‘yicha kerakli takliflarni ishlab chiqish.
  • Tibbiy-demografik tadqiqotlarni o‘tkazig uchun mo‘ljallangan statistik ma’lumotlarning manbasiga quyidagilar kiradi:
  • davstatqo‘mitasining, tegishli vazirlik va idoralarning, FXDYo, hududiy sog‘liqni saqlash organlarining rasmiy statistik ma’lumotlari,
  • maxsus tadqiqotlar ma’lumotlari;
  • maxsus ijtimoiy tadqiqotlar ma’lumotlari va boshqalar.