Takroriy nikoh

Takroriy nikoh – bu ajrashganlar va bevalarning yangidan tuz-gan nikohidir. Ajralish darajasi yuqori bo‘lgan sharoitda ular qoplovchi rol o‘ynaydi. Takroriy nikoh koeffitsientlari birinchi nikoh koeffitsientlariga mos holda bevalar va ajrashganlar, takror nikohga kirganlar sonining aholi ro‘yxatlari ma’lumotlari asosida hisoblab chiqiladi. Yangi nikohga kirish tez takrorlanishi takroriy nikohning maxsus va yosh koeffitsientlari yordamida aniqlanadi. Nikoh ahdini bekor qilish va takror nikohga kirish hodisalarini o‘zaro taqqoslash takroriy nikohni, ajralish va bevalikning qay darajada qoplan-ganligini baholashga yordam beradi. Takror nikohga kirishning o‘rtacha yoshi nikohga kirish ketma-ketligi yoshining o‘rtacha miqdoriga bog‘liq bo‘ladi.