Tahliliy prognozlar

Tahliliy prognozlar  – aholi takror barpo bo‘lishining aholining kelajakdagi soni va tarkibiga, umuman ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga ehtimol tutilgan ta’sirini baholash orqali aholi takror hosil qilinishining hozirgi davrdagi xususiyatlarini tadqiq etishdir. Tahliliy prognozlar uchun demografik jarayonlarni bashorat qilishdan ham ko‘proq mazkur jarayonlar bilan bog‘liq muammolarni aniqlash muhimdir. Tahliliy prognozlar, odatda, uzoq muddatlidir. U ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlarni belgilash, jumladan demografiya siyosati rejalarini ishlab chiqishga xizmat qiladi. Masalan, O‘zbekistonda aholi, mehnat resurslari soni, jins-yosh tarkibi istiqbollariga doir bashoratlar tahliliy prognozlarga kiradi.