Pushtlilik
Pushtlilik – aholi tug‘ilishi va takror barpo bo‘lishining asosi bo‘lib, muayyan sondagi farzandlarni dunyoga keltirishning biologik qobiliyatidir. An’anaviy ravishda, pushtlilik ayolning dunyoga keltira oladigan farzandlar soni bilan o‘lchanib, er va xotinning irsiy xususiyatlari va salomatligi, shuningdek, ulardagi biologik jihatlarning bir-biriga mos kelishi bilan bog‘liq bo‘ladi.