Perinatal o‘lim
Perinatal o‘lim – homilaning 28 haftadan boshlab, go‘dak hayotining dastlabki 7 kunigacha bo‘lgan vaqtni qamrab oladi. “Perinatal o‘lim” tushunchasi birinchi marta 1948 yilda S. Pefler (S. Pefler) tomonidan qo‘llanilgan bo‘lib, u “tug‘ruq paytidagi yo‘qotish” ma’nosini anglatadi. Perinatal davr homila va yangi tug‘ilgan go‘dak hayotidagi eng muhim davr bo‘lib, unda o‘lim ehtimoli (erta tug‘ilgan go‘daklarni ham hisobga olgan holda) yuqori bo‘ladi. Ushbu davrga umr ko‘rishning birinchi yilidagi o‘limining 70,0 %i to‘g‘ri keladi. Mazkur davrga homila rivojlanishidagi sharoit va mexanizmlarning kompleks ta’siri, uning tug‘ilish va hayotning dastlabki kuni (168 soat) sharoitlari, shuningdek, uning tug‘ilishiga, tug‘ilayotganida yoki tug‘ilishi bilanoq o‘lishi ehtimolini nazarda tutuvchi perinatal o‘lim tushunchasi va ko‘rsatkichiga xosdir. Bunday o‘limning kattaligi (ayniqsa, hududlararo va davlatlararo taqqoslanganda) onaning reproduktiv salomatligi hamda hayotining darajasi, tug‘ishda yordam ko‘rsatuvchi xizmat holati va umumiy tibbiy hamda ijtimoiy rivojlanishning boshqa jihatlarini tavsiflaydi. Perinatal o‘lim dinamikasi (ko‘rsatkichning keskin o‘zgarib turishida), shuningdek, go‘daklar o‘limining statistik qayd etilishidagi noaniqliklarni aks ettirishi mumkin, chunki ushbu davrdagi o‘lganlar soni ham tirik, ham o‘lik tug‘ilganlarning umumiy soni bilan taqqoslanadi.
bu yerda: r – perinatal o‘lim koeffitsienti;
r – o‘lik tug‘ilganlar soni;
l – hayotining birinchi 7 kunigacha o‘lganlar soni;
t – barcha tug‘ilganlar soni (tirik va o‘lik).
Perinatal davrdagi homilaning o‘limidagi asosiy sabablar asfiksiya (45,0 % atrofida), respirator kasalliklar (20,0 % atrofida), tug‘ma kamqonlik (13,0-15,0 %), tug‘ishdagi shikastlanish (7,0-9,0 %) va bachadon ichidagi infeksiyalar (2,0 % atrofida) hisoblanadi.