Paleodemografiya

Paleodemografiya – paleodemografiya (yunoncha palaios – qadimgi) qadimgi kishilik jamiyatida sodir bo‘lgan demografik jarayonlarni o‘rganadigan demografiyaning bo‘limi hisoblanadi. Bu fanning ma’lumotlar bazasini qadimgi yozma hujjatlar, epitafiyalar, paleoantropologik (odam suyaklari qazilmalarining tahlil ma’lumotlari), arxeologik (insoniyatni moddiy va madaniy yodgorliklari qazilmalarining tadqiqot natijalari), etnoarxeologik (etnografik kuzatuvlar) ma’lumotlar tashkil etadi.