O‘limning umumiy koeffitsienti
O‘limning umumiy koeffitsienti muayyan hududdagi aholining 1000 nafari hisobiga yil davomida o‘lganlar sonini ifoda qiladi.
U quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
bu yerda: M – o‘rganilayotgan davrdagi o‘lganlarning umumiy soni; R – o‘rganilayotgan davrdagi aholining o‘rtacha soni. Mazkur koeffitsient hisoblab chiqishning soddaligi va ma’lumotning mavjudligi sababli keng qo‘llaniladi. Ayni vaqtda, ba’zi millat vakillari hamda kichik hududiy aholi manzilgohlari uchun jins va yoshga oid aniq ma’lumotlarni olish imkoni bo‘lmaganligi bois o‘limning umumiy koeffitsienti o‘lim darajasini aniqlash va baholash uchun qo‘llaniladigan yagona uslub hisoblanadi.