Nikohning yig‘indi koeffitsienti

Nikohning yig‘indi koeffitsienti bir avloddagi insonlarning butun hayoti davomida tuzilgan nikohlarning shartli o‘rtacha sonini tashkil qiladi. Bu koeffitsient 16-69 yoshdagi ayollar va erkaklarning nikohdagi yosh koeffitsienti jamlanmasi tarzida, odatda bir kishiga nisbatan quyidagicha hisoblanadi:

bunda: Vx – yosh koeffitsientlari;

n – yosh oralig‘i uzunligi.

Nikohning yig‘indi koeffitsientini barcha nikohlar, shu bilan birga, birinchi va takroriy nikohlar uchun ham qo‘llash mumkin. Odatda, nikohning yig‘indi koeffitsienti birinchi nikohlar uchun 16-49 yoshdagi aholi guruhlari uchun hisoblanadi.