Nikohning umumiy koeffitsienti

Nikohning umumiy koeffitsienti muayyan hududdagi aholi orasidagi bir yilda har 1000 ta kishiga to‘g‘ri keladigan nikohlar sonini anglatadi. Bu usulda nikohning umumiy koeffitsienti quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:

bunda: b – nikohning umumiy koeffitsienti;

S – aholining o‘rtacha yillik soni;

T – ko‘rsatkichni hisoblash lozim bo‘lgan davr;

V – tuzilgan nikohlar soni.

Ammo bu ko‘rsatkich aholining yosh tarkibi va nikoh tarkibiga bog‘liq bo‘lib, nikohni hududlararo qiyoslashni qiyinlashtiradi.