Nikohning maxsus koeffitsienti
Nikohning maxsus koeffitsienti nikohga layoqatli yoshdagi aholi orasida erkaklar va ayollarning alohida-alohida nikohdan o‘tishini baholash uchun qo‘llaniladi. Bu ko‘rsatkich nikohning umumiy koeffitsienti kabi hisoblab chiqiladi, faqat bunda kasr-ning suratida 16 va undan yuqori yoshdagi (nikohga layoqatli) aholi soni yoki ma’lum nikoh holati (hech qachon nikohda bo‘lmaganlik)da bo‘lgan aholi soni kiritiladi. Biroq bu ko‘rsatkichni ham aholini yosh tarkibi bo‘yicha standartlashtirish lozim.