Nikohga kirishning o‘rtacha yoshi
Nikohga kirishning o‘rtacha yoshi – nikoh tuzishning asosiy tavsiflaridan biri bo‘lib, aholini ro‘yxatga olish va shu yili nikohdan o‘tgan shaxslarning yoshlari haqidagi ma’lumotlarni o‘zida jamlagan joriy xisob-kitoblar asosida aniqlanadi. Aholini ro‘yxatga olish dasturida nikoh tuzilgan sana to‘g‘risida savol bo‘lsa (lekin bu savol hamisha ham bo‘lavermaydi), unga yoki ushbu tadbir paytida nikohdagilar, yoki qachondir nikohda bo‘lgan va aholini ro‘yxatga olishda tirik shaxslar javob beradi. Bu hamma tirik aholi va hamma avlodlarning nikoh tuzgan yoshini baholash imkonini beradi. Fuqarolik holatlari dalolatnomalarini rasmiylashtirish ma’lumotlarida esa faqat muayyan yilda nikoh tuzganlar sanasi ko‘rsatiladi. Bundan ana shunday joriy ma’lumotlar har bir avlod-ning muayyan qismiga doir tahlillarni amalga oshirilishi mumkinligini ko‘rsatadi Shuning uchun amaliyotda nikohga kirishning o‘rtacha yoshini aniqlashda matematik usullar qo‘llaniladi. Ular quyidagilardan iborat:
- O‘rtacha arifmetik yosh. Bu ko‘rsatkichning suratida turli yoshlarda tuzilgan nikohlar yig‘indisi, maxrajida esa nikohdan o‘tganlarning umumiy soni turadi:bu yerda: x – shaxsning nikohga kirish yoshi;Vx – x yoshda nikohdan o‘tganlar soni.
- O‘rtacha mediana yoshini aniq bir yilda tuzilgan nikohlarni 100 000 ta nikohga taqsimlab topiladi. Shunda bu ko‘rsatkich 100 000 umumiy nikohlarning 50000 tasi nikohga kirish yoshiga mos keladi. Bu ko‘rsatkichni hisoblash zamirida avvalgi va keyingi yoshlar o‘rtasida nikohlar barobar taqsimlanadi, degan taxmin yotadi.