Nikoh yoshi
Nikoh yoshi – O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksiga muvofiq nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun o‘n sakkiz yosh etib belgilanadi. Uzrli sabablar bo‘lganida, alohida hollarda (homiladorlik, bola tug‘ilishi, voyaga yetmagan shaxsning to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilinishi (emansipatsiya)), nikohga kirishni xohlovchilarning iltimosiga ko‘ra nikoh davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan joydagi tuman, shahar hokimi nikoh yoshini ko‘pi bilan bir yilga kamaytirishi mumkin;