Nikoh indeksi
Nikoh indeksi – demografik ko‘rsatkich bo‘lib, nikohdagi juftlikning biron-bir belgisi (yoshi, millati, ma’lumoti, daromadi va h.k.)ga qarab tanlash darajasini o‘lchash uchun qo‘llaniladi. Nikohning gomogamiya (tortilish, intilish) va geterogamiya (qochish) indekslari farqlanadi. Bu indekslar M.V. Ptuxa tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, ularni tuzishda erkaklar va ayollar uchun alohida nikohlarni joriy ro‘yxatga olishning quyidagi formula asosida hisoblangan ma’lumotlaridan foydalaniladi:
Bu yerda: S’, S” – erkaklar va ayollar uchun gomogamiya indekslari;
L, C – nikohga kirgan ayollar va erkaklar soni;
A – ularning orasidagi nikohlar soni;
T – nikohlarning umumiy soni.
Ikkala jins uchun gomogamiya indeksi ayollar va erkaklar uchun topilgan indeksning geometrik o‘rtacha qiymati bo‘yicha aniqlanadi. Gomogamiya indeksi +1 dan 0 gacha, ya’ni juftlikning ushbu xususiyat-lariga nisbatan maksimal moyillikdan butunlay befarqlikkacha o‘zgarib turadi. Agar nikoh juftlarini tiklashda ma’lum guruhdagi juftlik nikohiga nisbatan salbiy munosabat kuzatilsa, ya’ni (AT-CL)<0, geterogamiya indeksi quyidagicha aniqlanadi: a=(AT-CL)/CL=AT/CL-1.