Matematik demografiya
Matematik demografiya o‘z rivojining ma’lum bir pog‘onasiga ko‘tarilgan bo‘lib, uning predmetini demografik jarayonlar va hodisalarning o‘zaro aloqadorligini o‘rganish uchun matematik usullarni ishlab chiqish va qo‘llash, ularni modellashtirish va prognozlashtirish tashkil qiladi. Demografik modellar qatoriga – tug‘ilish, o‘lim, nikoh va ajralish jadvallari, statsionar va muqim aholi modellari, demografik jarayonlarning imitatsion modellari va h.k.larni kiritish mumkin. Matematik demografiya (rasmiy va sof demografik fan) demografiyaning bir bo‘limi bo‘lib, unda aholig takror barpo bo‘lishi qonunchiligining soni va sifati matematik usullar orqali demografik modellar asosida o‘rganiladi. Demografiya fani gumanitar fanlar ichida yeng matematikalashtirilgan fan hisoblanadi. Ko‘p olimlar demografiyaning tug‘ilishini 1662 yildagi J.Graunt tomonidan chop etilgan London aholising o‘limiga doir ishi bilan bog‘laydilar. Aynan ushbu ish aholi takror barpo bo‘lish jarayonining matematik ta’riflash bilan shug‘ullangan matematik demografiya sohasidagi yeng birinchi ish bo‘lib hisoblanadi. Matematik demografiyaning fan sifatida shaklllanish va rivojlanish davrida nafaqat aholi takror barpo bo‘lishining matematik modellari, balki miqdoriy me’yorlar – aholi harakatini ta’riflovchi ko‘rsatkichlar ishlab chiqilgan.
Matematik demografiya fani asosida ikki asosiy belgilarni – jins va yoshni o‘zida mujassam etuvchi insonlar haqida tushunchalar yotadi. Demografik ko‘rsatikichlar alohida individuum uchun emas, balki ko‘plab insonlar yig‘indisi uchun ishlab chiqiladi.
Uch o‘zgaruvchilar:
y – kuzatuv vaqti;
a – yoshi;
t – tug‘ilish vaqti.
t+a=y.
Oydinlik va oddiyligiga qaramay bu tenglikni matematik demografiyaning asosiy nisbati desa bo‘ladi. Shu bilan bir qatorda matematik demografiyada Leksis diagrammasi ham muhim o‘rin tutadi. Matematik-demografik modellar ushbu diagramma ichidagi turli hil nisbatlarni tavsiflab bnradi. Matematik demografiya – demografik bilimlar tizimida rivojlanib kelayotgan soha bo‘lib, zamonaviy kompyuterlarni qo‘llash, standart usullar va dasturlardan foydalanish, uning natijalarini demografiyaning turli hil soha mutaxasislari uchun qulayliklar yaratadi va demografiya fani tizimini har tomonlama rivojlanishiga xizmat qiladi.