Ma’lum bir davr uchun doimiy aholi sonini baholash (P)
Ma’lum bir davr uchun doimiy aholi sonini baholash (P) hisobot davri boshidagi doimiy aholi soniga hisobot davrida tug‘ilganlar va muayyan hududga ko‘chib kelganlar soni qo‘shilib, hisobot davrida o‘lganlar va muayyan hududdan ko‘chib ketganlar soni ayriladi (1-ilova 2-satr) hamda quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi
P = PO +(N-M)+(I-E)
bu yerda,
P – doimiy aholi soni (kishi);
P_0 – hisobot davri boshiga doimiy aholi soni (kishi);
N – hisobot davrida tug‘ilganlar soni (kishi);
M – hisobot davrida o‘lganlar soni (kishi);
I – doimiy yashash maqsadida ko‘chib kelganlar soni (kishi);
E – doimiy yashash maqsadida ko‘chib ketganlar soni (kishi).
Aholi sonini baholashda tug‘ilganlar, o‘lganlar, ko‘chib kelganlar va ko‘chib ketganlar soni quyidagicha aniqlanadi:
- a) tug‘ilganlar sonini (N) aniqlashda Oila kodeksiga muvofiq, tug‘ilgan chaqaloqning onasi yoki otasining doimiy yashash joyiga qarab tug‘ilgan hududi aniqlanadi va MHOBT xos raqamlarga biriktiriladi. Ushbu xos raqamlarga qarab tug‘ilgan chaqaloqlar o‘sha hududning aholisi soniga qo‘shiladi.
- b) o‘lganlar soni (M) o‘lgan shaxsning doimiy ro‘yxatda turgan joyiga qarab MHOBT xos raqamlarga biriktiriladi. Ushbu xos raqamlarga qarab o‘lganlar o‘sha hududning aholisi sonidan ayriladi.
Xorijiy davlatda o‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga
“O‘lim to‘g‘risidagi guvohnoma” o‘lim sodir bo‘lgan xorijiy davlatning Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan rasmiylashtirilgan taqdirda, ushbu o‘lgan fuqarolar bo‘yicha statistik hisob alohida tartib asosida amalga oshiriladi.
v) ko‘chib kelganlar doimiy yashash joyiga qarab MHOBT va ISO 3166 xalqaro standartiga asosan “Jahon mamlakatlari” statistik tasniflagichi bo‘yicha xos raqamlariga biriktiriladi. Ushbu xos raqamlarga qarab ko‘chib kelganlar uch qismga ajratiladi: hududlar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) ichidan, hududlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) hamda xorijdan doimiy yashash maqsadida ko‘chib kelganlar. Ularning barchasi qo‘shilib jami doimiy yashash maqsadida ko‘chib kelganlarni tashkil etadi hamda kelgan hududning aholisi soniga qo‘shiladi, ya’ni quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
I=Id+Ir+If ,
bu yerda,
I – jami doimiy yashash maqsadida ko‘chib kelganlar soni (kishi);
I_d – hudud ichki ma’muriy birliklariga boshqa ma’muriy birliklaridan doimiy yashash maqsadida ko‘chib kelganlar soni (kishi);
I_r – hududlararo doimiy yashash maqsadida ko‘chib kelganlar soni (kishi);
I_f – xorijdan doimiy yashash maqsadida ko‘chib kelganlar soni (kishi).
g) jami doimiy yashash maqsadida ko‘chib ketganlar uch qismga: hududlar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) ichiga, hududlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) hamda xorijga doimiy yashash maqsadida ko‘chib ketganlarga ajratiladi. Ularning barchasi qo‘shilib jami doimiy yashash maqsadida ko‘chib ketganlarni tashkil etadi hamda ketgan hududning aholisi sonidan ayriladi, ya’ni quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
E=Ed+Er+Ef ,
E – jami doimiy yashash maqsadida ko‘chib ketganlar soni (kishi);
E_d – hudud ichki ma’muriy birliklaridan boshqa ma’muriy birliklariga doimiy yashash maqsadida ko‘chib ketganlar soni (kishi);
E_r – hududlararo doimiy yashash maqsadida ko‘chib ketganlar soni (kishi);
E_f – xorijga doimiy yashash maqsadida ko‘chib ketganlar soni (kishi).
hududlar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) ichiga hamda hududlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) doimiy yashash maqsadida ko‘chib ketganlar hududlar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) ichiga hamda hududlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) doimiy yashash maqsadida ko‘chib kelganlarning ketgan joyiga nisbatan doimiy yashash maqsadida ko‘chib ketganlar deb hisobga olinadi, ya’ni:
Id=Ed va Ir=Er
Aholi umumiy sonini hisoblash jami respublika va uning alohida ma’muriy-hududiy birliklari bo‘yicha amalga oshiriladi. Aholi sonini shahar va qishloq joylari bo‘yicha hisoblashda ma’muriy-hududiy o‘zgarishlar natijalari – qishloq aholi punktlarini shahar aholi punktlariga o‘zgarishi (qisman yoki to‘liq), shahar joylari tarkibiga kiritilishi, shuningdek shahar joylarining qishloq aholi punktlariga o‘zgartirilishi va boshqalar hisobga olinadi.
Doimiy aholining yillik o‘rtacha soni (¯P) hisobot davri boshiga
va hisobot davri oxiriga doimiy aholi sonining o‘rtacha arifmetik sonini hisoblash (1-ilova, 3-satr) quyidagi formula orqali hosil qilinadi:
bu yerda,
¯P –doimiy aholining hisobot davridagi o‘rtacha soni (kishi);
P_0 – hisobot davri boshiga doimiy aholi soni (kishi);
P_1 – hisobot davri oxiriga doimiy aholi soni (kishi);
Aholi soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tahlil etish uchun qator ko‘rsatkichlar mavjud.
Aholining absolyut o‘sishi (kamayishi) – ma’lum davrda aholi sonining miqdoriy o‘sishini (yoki kamayishini) ifodalab, ko‘rib chiqilayotgan davr oxiridagi aholi sonidan ko‘rib chiqilayotgan davr boshidagi aholi sonining ayirmasi orqali hisoblanadi.
O‘sish sur’ati – ma’lum bir davrdagi aholi sonining necha martaga (foizga) oshgani yoki kamayganini ko‘rsatadi.
Misol uchun:
2020 yil 1 yanvar holatiga aholi soni – 33 905,2 ming kishi;
2021 yil 1 yanvar holatiga aholi soni – 34 558,9 ming kishi;
O‘sish sur’ati – 101,9 % (34 558,9/33 905,2*100%).