Leksis setkasi
Aktuariy – aktuar ish, ya’ni hayotni sug‘urta qilish bilan bog‘liq matematik hisob-kitoblar bo‘yicha mutaxassis. Aktuariylar faoliyati demografiyaning fan sifatida shakllanishiga ayniqsa, o‘limlar sonini matematik-statistik o‘rganishda katta hissa qo‘shdi. Uchyoqlama tasnifni yaqqol ifodalashga imkon beradigan vosita demografik setka yoki Leksis setkasi deb atalib, u ilk bora 1875 yilda demografiyada yosh va vaqtni grafik yordamida aks ettirishning o‘z usulini taklif etgan nemis statistik va aktuariysi Vilgelm Leksis (W. Lexis, 1837-1914) nomi bilan bog‘liq. Hozirgi paytda Leksis setkasi fransuz demografi R.Pressa tomonidan taklif etilgan yaqqolroq va tabiiyroq ko‘rinishda foydalanilmoqda. Leksis setkasi vaqt o‘tishi bilan u yoki bu demografik jarayon ta’siri ostida kogorta boshlang‘ich sonining kamayishini aks ettirishga imkon beradigan to‘g‘ri to‘rtburchakli koordinata setkasini ifodalaydi. Gorizontal o‘q bo‘ylab kalendar vaqt qiymatlari, vertikal o‘q bo‘ylab esa – kogorta vaqti, ya’ni ushbu demografik holatda bo‘lib turish vaqti (yoshi, nikoh davom etish muddati va h.k.) joylashadi. Koordinata o‘qlariga perpendikulyarlar quyidagilarga mos keladi: ushbu demografik holatda bo‘lib turish vaqti davomiyligi (yosh gorizontal chiziqlari); kalendar sanalari (vertikal izoxrona). Demografik hodisa Leksis setkasida uch o‘lchamda aks ettiriladi: ushbu demografik holatga kirib kelish sanasi bo‘yicha, kuzatuv vaqti yoki undan chiqish sanasi bo‘yicha, kuzatuv vaqtiga kelib yoki chiqish vaqtida bo‘lib turish davomiyligi bo‘yicha.