Kalendar yillarning farqi sifatida hisoblangan yosh
Kalendar yillarning farqi sifatida hisoblangan yosh. Agar kishining tug‘ilgan yili ma’lum bo‘lsa (masalan, 1979 yil), bunda uning kalendar yillar bo‘yicha yoshi joriy yil bilan tug‘ilgan yilining farqiga tengdir (masalan, 2010-1979=31). Ta’kidlash joizki, kalendar yillar farqi sifatida hisoblangan yosh, agar tug‘ilgan kunigacha hisoblab chiqilmasa, yillar to‘lgandagi yoshga teng bo‘lmasligi mumkin. Haqiqatda “kalendar yillar farqi sifatidagi 31 yosh” jumlasi inson 30 yoki 31 yil to‘lgandagi yoshga tengligini anglatadi yoki o‘z ichiga 30 dan 32 yoshgacha bo‘lgan yillarni oladi.