Jinslarning uchlamchi nisbati
Jinslarning uchlamchi nisbati – reproduktiv yoshdagi yoki boshqa yosh guruhlaridagi erkaklar va ayollarning o‘zaro tengligidir. Jinslarning birlamchi va ikkilamchi nisbatidan farqli o‘laroq jinslarning uchlamchi nisbati o‘limning yosh-jins bo‘yicha tabaqalanish xususiyatlari va migratsiya harakatchiligiga bog‘liq ravishda o‘zgarib turadi. Jinslarning uchlamchi nisbati ikkilamchi nisbat bilan birga-likda demografiyaning qiziqishlari doirasiga kiradi, chunki aholi-ning takror hosil bo‘lish tavsiflari va ayrim demografik jarayonlar ularga bog‘liq bo‘ladi. Ular faol va istiqboldagi nikoh darajasiga, tug‘ilish va o‘lim ko‘rsatkichlariga ta’sir o‘tkazadi. Aynan shuning uchun demograflar umumiy aholining jinsiy tarkibini o‘rganishda ushbu ko‘rsatkichlarga alohida e’tibor beradi. Jahon aholisining jins tarkibi erkaklar soni ko‘pligi xususiyatiga ega. Dunyoda erkaklar ayollarga nisbatan 20-30 million kishiga ko‘p. Umuman, har 100 ta qiz bola hisobiga 104-107 o‘g‘il bola tug‘iladi.