Iqtisodiy faol aholi
Iqtisodiy faol aholi tushunchasi Xalqaro mehnat statistikasi atamashunosligiga Birlashgan Millatlar tashkiloti huzuridagi Statistika komissiyasining 14-sessiyasi tavsiyasiga muvofiq 1966 yilda kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasida statistika organlari bu atamani 1993 yildan e’tiboran faol qo‘llashga kirishgan.
Xalqaro Mehnat tashkiloti uslubiyotiga muvofiq, iqtisodiy faol aholi iqtisodiy faolligini belgilash uchun o‘rnatilgan yoshda (15-72 yosh) bo‘lgan, tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish uchun ishchi kuchi taklif etilishini ta’minlaydigan aholi qismidir. Iqtisodiy faol aholi iqtisodiy faoliyatning barcha sohalarida ish bilan band bo‘lganlar va ishsizlarni qamrab oladi.
Xalqaro Mehnat tashkiloti tasnifiga ko‘ra, statistika organlari iqtisodiy faol aholini uch guruhga ajratadilar:
- ish bilan bandlar va ishsizlar;
- ishchi kuchini taklif etayotganlar;
- ish bilan band bo‘lmagan holda ish qidirmayotganlar va ishlashga tayyor emaslar.