Iqtisodiy demografiya
Iqtisodiy demografiya aholi va iqtisodiy rivojlanishning o‘zaro aloqadorligini, aholi takror barpo bo‘lishining iqtisodiy oqibatlarini, demografik rivojlanishga iqtisodiy omillarning ta’sirini o‘rganadi. Iqtisodiy demografiya umumiy holda insonlar (real va potensial iste’molchilar) bozor tahlilining (talab taxlili) asosi hisoblanadi. Amaliyotda talabni tahlil qilish jarayonida aholining demografik ko‘rsatgichlari – ularning soni, tarkibi, urbanizatsiya masalalari, yoshiga bog‘liq hamda gender xususiyatlari o‘rganiladi va demografik tadqiqotlar predmetini tashkil etadi. Aholining xarid qobiliyati va yoki salomatligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan yuqorida keltirilgan muammoli masalalar bog‘lanuvchi tahlil turi makroiqtisodiyotning muayyan bo‘limi iqtisodiy demografiya deb nomlanadi. Iqtisodiy demografiya mamlakat aholisining iqtisodiy tavsifini tadqiq etish bilan shug‘ullanadi. Masalan: Shimoliy Amerika va Yevropa uchun aholining sekin o‘sishi xarakterlidir, biroq firma o‘z sa’y-harakatlarini o‘suvchi segmentlarga jamlasa yoki raqobatchilardan iste’molchilarning bir qismini olsa, bu holda ushbu segment butun bozorning qisqarishi yoki yoki o‘sishining sekinlashuvida ham o‘sishi mumkin. Aholishunoslik tendensiyasi iste’molchilar xulq-atvorlarini tadqiq qilishdagi boshqa o‘zgaruvchilarga nisbatan aniq oldindan aytilishi mumkin. Iqtisodiy demografiyaga ko‘pgina omillar ta’sir etadi, bular: tabiiy ofatlar, urushlar, epidemiyalar shular jumlasidandir, biroq odatda turli xil geografik xududlarda aholi soning o‘zgarishi ko‘pincha aniq bashorat qilinadi. Uchta o‘zgaruvchidan (to‘g‘ilish, o‘lim, sof immigratsiya) asosiysi tug‘ilish hisoblanadi va u mamlakat axolisini belgilab beradi. Biroq tug‘ilish juda o‘zgaruvchi kattalik hisoblanadi. Axoli darajasi o‘zgarishini bashorat qilishdan oldin, kelgusida kancha bolalar tug‘ilishini bilish zarurdir. Tug‘ilish to‘rtta o‘zgaruvchi bilan belgilanadi:
- aholining yosh bo‘yicha taqsimlanishi;
- nikohda bo‘lgan axolining foizi, uydan tashqarida ishlovchi ayollar foizi va nikohga kiruvchi kishilarning o‘rtacha yoshi foizlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan oila tuzilishi;
- jamiyatning oilaga va bolalarga munosabati;
- texnologiyalar, masalan kontraseptlarning mavjudligi va ularning qiymati.