Go‘daklar o‘limi
Go‘daklar o‘limi hayotining birinchi yilida sodir bo‘lgan bolalar o‘limi hodisasi. Bir yoshgacha bo‘lgan o‘lim ko‘rsatkichlarining aksariyati boshqa yosh guruhlari o‘limidan yuqoriroq bo‘lib, ushbu davrdagi o‘lim ehtimolini 55 yoshga yetganlarning o‘lim ehtimoli bilan taqqoslash mumkin. Mazkur ko‘rsatkichning boshqa yosh koeffitsientlaridan farqi shundaki, u o‘ziga xos hisoblash usuli yordamida aniqlanadi hamda muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega. Bolalar o‘limi onalar o‘limi darajasi bilan bir qatorda u reproduktiv salomatlik holatini hamda pediatriya va boshqa xizmatlar sifatini ham ko‘rsatadi.