Farzandlarga ehtiyoj konsepsiyasi
Farzandlarga ehtiyoj konsepsiyasi 1960-yillar o‘rtalarida paydo bo‘lgan. Unga muvofiq, har bir yangi farzand ko‘rilishi ob’ektiv jihatdan uning “foydaligi chegarasi”ni toraytiradi va bu tug‘ilish kamayishining muhim sababi hisoblanadi. Chunki iqtisodiy taraqqiyot farzandlar sifatiga muttasil ortib boradigan talablar qo‘yadi, natijada ota-onaning farzandlariga ta’lim berish, ularning kasbiy malakasini oshirishga xarajatlari ham ko‘payib boradi. Bunday vaziyatda ota-ona “farzand soni” bilan “farzand sifati” o‘rtasida tanlov qilishga majbur bo‘ladi.