Depopulyatsiya
Depopulyatsiya tug‘ilishning darajasining pasayishi, o‘limning ko‘payishi natijasida aholi mutloq sonining kamayish jarayonidir. Depopulyatsiya – biror-bir mamlakat yoki hudud aholisining mutlaq soni aholining kamaygan takror ishlab chiqarish oqibati sifatida muntazam kamayishi, bunda keyingi avlod avvalgisiga nisbatan kamroq bo‘lgan holat (o‘lim tug‘ilishdan ortadi, yuqori emigratsiya, ko‘plab insonlar o‘limini keltirib chiqaruvchi vaziyatlar ham mavjud — masalan urush). Depopulsiya nafaqat aholi sonini qisqartiradi, balki demografik tarkibning turli elementlari o‘rtasida sonlar mutanosibligini ham o‘zgartiradi. Tug‘ilish tezkor o‘sib borishining imkoni yo‘qligi tufayli kamayib borayotgan mamlakatlar hukumatlari aholining kamayish oqimini tashqaridan qoplashga, ya’ni immigratsiyaning ko‘lami va sur’atini tartibga solishga majbur bo‘ladilar. Depopulsiya pensiya tizimining yemirilishiga olib kelishi mukin, bu esa o‘z navbatida keskin siyosiy va iqtisodiy muammolarni keltirib chiqaradi. Muammoning asosiy yechimi bugungi kunda depopulyatsiya va oilaviy inqirozning salbiy oqibatlarini neytrallashtirish hisoblanadi – xususan, bolali oilalarni rag‘batlantirish va o‘limni qisqartirish, shuningdek yoshlarga uy-joy, ijtimoiy imtiyozlar bilan ta’minlash orqali oilani yaratishga yordam ko‘rsatishdir.