Demografik vaziyatni monitoring qilishning asosiy vazifalari
Demografik vaziyatni monitoring qilishning asosiy vazifalari:
– demografik vaziyatni aks ettiruvchi statistik va sotsiologik axborotlarni yig‘ish va qayta ishlash;
– demografik jarayonlarni tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkichlar dinamikasi, aholi soni va tarkibini tahlil qilish;
– demografik siyosatning samaradorligini baholash;
– aholining tabiiy harakati va migratsiya jarayonlarini maqbullashtirish hisobidan demografik vaziyatni yaxshilash zaxiralarini aniqlash;
– ishlab chiqilayotgan va amalga oshirilayotgan demografik siyosatga, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy sohaning boshqa tarmoqlaridagi siyosatga zarur hollarda tuzatishlar kiritilishini asoslash;
– aholining soni va tarkibini, demografik dinamikani prognoz qilishda faraziyalarga aniqlik kiritishning tahliliy ta’minoti;
– demografik vaziyat haqida davriy ma’lumotni tayyorlash.