Demografik sikllar konsepsiyasi
Demografik sikllar konsepsiyasi. Bu yerda gap aholi sonining siklik tebranishlari haqida, Fernan Brodel ularni «asriy tendensiya» deb, Raymond Pirl «demografik», Rondo Kameron esa «logistik sikllar» deb atagan sikllar haqida boradi. Rossiyalik tarixchi S.A.Nefedov o‘z tadqiqotlarida matematik model tuzib, sikl oxirida demografik bosimning kuchayishi ocharchilik, qo‘zg‘olonlar va ijtimoiy inqiloblarga olib kelishi ko‘rsatgan.
«Demografik oqimlar ko‘payishi va kamayishi o‘tgan kunlar ramzidir, – deb yozgandi Brodel, – bu bir-birining ortidan keladigan pasayishlar va ko‘tarilishlar, bunda pasayishlar ko‘tarilishlarni deyarli yo‘qqa chiqaradi. Bu fundamental voqeliklar bilan taqqoslaganda hamma narsa (yoki deyarli hamma narsa) ikkinchi darajali bo‘lib ko‘rinishi mumkin… Demografik ko‘tarilish turmush darajasining pasayishiga olib keladi, ular … to‘yib ovqatlanmaydigan qashshoqlar va daydilar sonini oshiradi. Epidemiyalar va ocharchilik – ocharchilik epidemiyadan keyin keladi va unga hamroh bo‘ladi – ovqatlanuvchilar soni va yetishmayotgan oziq-ovqat o‘rtasidagi muvozanatni tiklaydi…» U bir necha marta ta’kidlab o‘tgandiki, demografik sikllar fundamental voqeliklar, global tarixiy qonuniyatlar hisoblanadi va shundan kelib chiqib, siyosiy va iqtisodiy hayotdagi ko‘plab voqea-hodisalarni tushuntirib berish mumkin bo‘ladi.
Aholining o‘sish jarayoni ilk bora amerikalik demograf R.Pirl tomonidan nazariy tavsiflangan bo‘lib, u aholining o‘sishi (birinchi yaqinlashuvda) mantiqiy tenglama bilan tavsiflanishini ko‘rsatgan; bu tenglama yechimi mantiqiy egri chiziq deb ataladi. Mantiqiy egri chiziq dastlab ancha sekin o‘sadi, keyin uning o‘sishi tezlashadi, biroq ma’lum vaqtdan keyin u asimptotaga yaqinlashadi, buriladi va asimptota bo‘ylab harakatlanadi. Bu esa shuni anglatadiki, aholi soni ekologik «nisha» chegarasiga yaqinlashgan va ocharchilikdan o‘lish ko‘rsatkichlari tabiiy tug‘ilish ko‘rsatkichlari o‘rnini qoplagan. Joriy aholi sonining maksimal bo‘lishi mumkin bo‘lgan songa nisbati demografik bosim deb ataladi. Boshqacha qilib, demografik bosim bu – ekologik «nisha»ni to‘ldirish darajasi. Oziq-ovqat resurslari cheklangan bo‘lishi sababli, aholi sonining o‘sishi bilan mos ravishda jon boshiga to‘g‘ri keladigan iste’mol pasayadi. Aholining mantiqiy egri chiziq bo‘yicha harakati demografik sikl deb ataladi. Demografik siklning yakuniy bosqichi beqarorlik bilan ajralib turadi, tashqi omillarning tasodifiy o‘zgarib turishlari (masalan, urushlar yoki takroriy hosilsizliklar) demografik halokatga – aholining katta qismi halok bo‘lishiga olib kelishi mumkin, shundan keyin demografik bosim pasayadi va yangi demografik sikl boshlanadi.
Demografik sikllar konsepsiyasi Yevropa tarixi uchun ancha batafsil ishlab chiqligan. 1974 yil fransuz demografi Alfred Soni ta’rif bergan gipotezaga ko‘ra, demografik bosim ortishi va aholining keragidan ortiq ko‘payib ketishi ijtimoiy nizolarga va avtoritar rejimlar o‘rnatilishiga olib keladi. Demografik va ekologik omillarning jamiyat hayotidagi ko‘plab jabhalarga, eng avvalo, iqtisodiyotga ta’siri hal qiluvchi ekanligini tan olib, mutaxassislar shunga qaramay, demografik bosimning ijtimoiy tuzumgi ta’siri mummosiga juda ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘ladi.