Demografik prognozlashtirish usullari
Demografik prognozlashtirish usullari aholining istiqboldagi tarkibi va miqdoriga ta’sirini qiyoslash orqali aholi o‘zgari-shining ba’zi tarkibiy qismlari rolini baholash imkonini beradi. Aholini prognozlashtirishda ekstropolyatsiya, ekspert baholash, ekonometrik modellashtirish, imitatsion modellashtirish, yoshlar bo‘yicha siljish va boshqa qator usullardan foydalaniladi. Masalan, kishilarning demografik xulq-atvorini o‘rganar ekan-miz, biz amaldagi ijtimoiy-psixologik me’yorlarni aniqlaymiz va shundan kelib chiqqan holda insonlarning xatti-harakati ularning ushbu masalalar bo‘yicha fikriga bog‘liq, deb hisoblaymiz. Oila nechta bolaga ega bo‘lishini xohlashini bilishgina emas, balki nima uchun farzandlari bo‘lishi yoki bo‘lmasligini xohlashi (yoki xohlamasligi) va nima uchun ko‘p emas, bitta yoki ikkita bola ko‘rishni istashini aniqlash muhimdir. Mavjud sharoitlarda oila nechta farzandni (kutilayotgan bolalar miqdori) ta’minlay olishini va mavjud turmush sharoiti, o‘z imkoniyatlarini e’tiborga olmagan holda qancha farzand ko‘rishini xohlashini aniqlash muhim. Bunday tadqiqotlar asosida demografik qadriyatlarning shakllanishi va aholining o‘sish zaxiralarini belgi-lab olish maqsadi yotadi.