Demografik o‘tish
Demografik o‘tish deyilganda tug‘ilish va o‘limning yuqori darajasidan past ko‘rsatkichlariga o‘tish tushuniladi. Demografik o‘tish jarayoni to‘rt bosqichda kechib, ilk bosqichda tug‘ilish va o‘lim darajalari yuqori bo‘ladi. Ikkinchi bosqich esa o‘lim darajasining pastlay boshlashi bilan xarakterlanadi. Aholining ijtimoiy hayoti va turmush tarzidagi o‘zgarishlar ta’sirida tug‘ilish darajasining pastlashi uchinchi bosqichni aks ettiradi. Va nihoyat to‘rtinchi bosqichda umumiy aholining o‘sishi sur’ati sekin-asta to‘xtay boshlaydi.