Demografik ma’lumotlarni vizuallashtirish turlari
Demografik ma’lumotlarni vizuallashtirish turlari:
1. Kartografik tahlil. Tadqiqot natijalarini aks ettirishning ushbu usuli hududlar kesimida har bir demografik indikator bo‘yicha butun manzarani ko‘rish imkonini beradi. Bunga hududlar kesimida xavf-xatar zonalari bo‘yicha taqsimlanishini aks ettiruvchi demografik xavfsizlik xaritalarini misol sifatida keltirish mumkin.
2. Qiyosiy tahlil usuli mamlakat hududlarining statikada ham, dinamikada ham demografik ko‘rsatkichlar bo‘yicha qiyosiy tahlilni o‘tkazish imkonini beradi.
3. Dinamik tahlil usuli demografik vaziyat monitoringini ko‘rsatkichlar dinamikasi bo‘yicha o‘tkazish imkonini beradi.