Aholining qisqargan takror barpo bo‘lishi

Aholining qisqargan takror barpo bo‘lishi –  bu turda hayotni tark etayotgan avlodning mutlaq soni hayotga kirib kelayotgan avlod sonidan ortiq bo‘ladi. Aholi takror barpo bo‘lishining bunday turi aholisining tabiiy o‘sishi nolga teng yoki o‘lim tug‘ilishdan ko‘p bo‘lgan mamlakatlar uchun xos. Demografiyada bu “depopulyatsiya” (fransuzcha “depopulatin” so‘zidan) yoki “demografik inqiroz”, deb ataladi. Aholining qisqargan takror hosil qilinishi xos bo‘lgan mamlakatlarga fuqarolarining qirilib ketish xavfi tahdid soladi. Iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda aholining qisqargan takror barpo bo‘lishi, odatda, urbanizatsiya oqibatlari sifatida ko‘riladi. Chunki ana shuday jamiyatlarda farzandlar ota-onalar uchun “ortiqcha” bo‘ladi. Ma’lumki, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda sanoat ishlab chiqarishi taraqqiy etgan. Ushbu ishlab chiqarishlar uchun yuqori malakali mutaxassislar talab qilinadi. Ana shunday xodim-larni tayyorlashga ularni 21-23 yil davomida o‘qitish lozim. Shu bilan birga oilada ikkinchi yoki uchinchi farzand ko‘rishga ayollarning ishlab chiqarish va ijtimoiy faoliyatga keng jalb etilganligi “xalaqit” beradi.