Aholining kengaygan takror barpo bo‘lishi
Aholining kengaygan takror barpo bo‘lishi – bu turda hayotni tark etayotgan avlodning mutlaq soni hayotga kirib kelayotgan avlod sonidan ortiq bo‘ladi. Natijada aholining jins-yosh tarkibining taraqqiy etuvchi turi shakllanadi, uning mutlaq soni ortib boradi. Bunday tur uchun tug‘ilishning va aholi tabiiy o‘sishining yuqori, o‘limning nisbatan past ko‘rsatkichlari xos bo‘ladi. Aholining kengaygan takror barpo bo‘lishining ijtimoiy-iqtisodiy sabablari quyidagilardan iborat: iqtisodiy rivojlanish sur’atlarining pastligi, iqtisodiyot-da qishloq xo‘jaligining katta salmoqqa egaligi; urbanizatsiya darajasining nisbatan pastligi (41,0 %gacha, qishloq joylarida tug‘ilish yuqoriroq darajada bo‘ladi); ijtimoiy munosabatlarning o‘ziga xosligi, ko‘p farzandlikni rag‘batlantiradigan diniy aqidalar; ayollarning kamsitilishi, nikohlarning erta tuzilishi; zamonaviy tibbiyot yutuqlaridan epidemiya kasalliklariga qarshi kurashda foydalanish, sanitariya madaniyatining ortishi; musulmon mamlakatlarida oila rejalashtirilishining man etilishi va boshqalar.