Aholining jins tarkibi

Aholining jinsiy tarkibi – aholining erkak va ayollarga taqsimlanishidir. Demografiyada jinsiy tarkibni tasavvur qilishda quyidagi ikkita yondashuv mavjud:

birinchisi – jami aholi tarkibidagi yoki ayrim yosh guruh-laridagi erkak va ayollar mutlaq soni va ulushining oddiy hisobi;

ikkinchisi – jami aholi tarkibidagi yoki ayrim yosh guruh-laridagi erkaklar sonining ayollar soniga nisbati (yoki aksincha).

Odatda, jinslar nisbati erkaklar sonining har 100 yoki 1000 ayolga to‘g‘ri keladigan nisbati orqali hisoblab chiqilishi bilan aniqlanadi (yoki ba’zan ayollar sonining har 100 yoki 1000 erkakka to‘g‘ri keladigan nisbati). Aholining jins tarkibi uchta omilning birgalikdagi ta’siriga bog‘liq:

1) tirik tug‘ilganlar orasidagi o‘g‘il bolalar sonining qiz bolalar soniga nisbati;

2) o‘limning tabaqalanishi, ya’ni turli yosh guruhlaridagi erkaklar va ayollar o‘rtasidagi o‘lim darajasining farqi;

3) migratsiya sur’atidagi jinslar farqi.