Aholini ro‘yxatga olishning maqsadi va asosiy vazifalari

Hududda yaxlit va xar bir ma’muriy-hududiy birlik bo‘yicha aniq bir vaqtda yashovchi shaxslarning turli tavsiflari to‘g‘risida xalqaro taqqoslana oladigan ishonchli, xolis va yaxlit ma’lumotlarni yagona statistik uslublar asosida yig‘ish aholini ro‘yxatga olishning maqsadi hisoblanadi. Quyidagilar aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishning asosiy vazifalari hisoblanadi:

aholi tarkibidagi global o‘zgarishlarni baholash, demografik siyosatni, aholi sog‘lig‘ini mustahkamlash, ayollar va bolalar ahvolini yaxshilash va oilalarga yordam ko‘rsatish chora-tadbirlarini ishlab chiqish uchun axborotlar bazasini kengaytirish;

aholi punktlari va shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, mehnat resurslaridan foydalanish va ularni joylashtirish bo‘yicha qisqa, o‘rta va uzoq muddatli prognozlar, dasturlar tayyorlash va indikativ rejalashtirish;

milliy barqaror rivojlanish maqsadlarini shakllantirish va uning amalga oshirilishi ustidan monitoring o‘tkazish;

aholini ro‘yxatga olish davrlari oralig‘ida aholi soni va tarkibining joriy hisobini yuritish, aholi sonining hisobi va prognozlarini amalga oshirish uchun statistik bazani yaratish;

ijtimoiy-iqtisodiy muammolar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish.