Aholi takror barpo bo‘lishining netto-koeffitsienti
Aholi takror barpo bo‘lishining netto-koeffitsienti – ayol hayotligi davrida tug‘ilgan va reproduktiv davr oxirigacha (bu davrda tug‘ilish va o‘lim darajasi saqlanib turganida) hayot bo‘lgan qizlar-ning o‘rtacha soniga teng. Aholi takror hosil qilinishining netto-koeffitsienti quyidagi formula bo‘yicha (besh yillik yosh guruhlari uchun) quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
bunda: brutto-koeffitsientdagi belgilarning hammasi saqlanib qolgani holda 5Lx va l0 – tegishli ravishda ayollar hayot jadvalining (x+5) yosh oralig‘ida yashayotganlardir, l0 – uning ildizi.
Aholi takror barpo bo‘lishining netto-koeffitsienti formulasida ayollar hayot jadvalining (x+p) yosh guruhlarida hayot bo‘lgan-lar sonidan foydalaniladi. Ko‘rinishi murakkab bo‘lsa ham ushbu formula anchayin sodda va tegishli, masalan Excel elektron jadvallarining kompyuter dasturlaridan foydalangan holda aholi takror barpo bo‘lishining netto-koeffitsientini hisoblab bera oladi.