Aholi registrlari
Aholi registrlari – bu muayyan hududda muntazam yashovchi har bir shaxs yoki uy xo‘jaligi haqida axborotga ega bo‘lgan kartotekadir. Aholi registrida har bir insonning asosiy ijtimoiy-demografik tavsiflari to‘g‘risida ma’lumotlar jamlanadi. Aholi registrlari – muayyan hududda muntazam yashovchi har bir shaxs yoki uy xo‘jaligi haqida ma’lumotlar qayd qilingan kartoteka-dir. Aholi registrida har bir shaxsning asosiy ijtimoiy-demog-rafik tavsiflari to‘g‘risida ma’lumotlar, ya’ni jinsi, yoshi, nikoh holati, tug‘ilgan va yashash joyi jamlanadi. Shuningdek, registrga ma’lumoti, ish joyi, farzandlari va h.k.lar to‘g‘risidagi ma’lumot ham kiritilishi mumkin. Registr asosini tashkil etuvchi asosiy tamoyil – undagi axborotni muntazam ravishda va o‘z vaqtida yangilab turishdir. Dastlabki aholi registri 1749 yili Shvesiyada paydo bo‘lgan. Hozirgi vaqtga kelib, bir qator Yevropa mamlakatlarida (Belgiya, Daniya, Luksemburg, Shvesiya, Gollandiya, Portugaliya, Ispaniya) milliy registrlar mavjud. Buyuk Britaniya va Fransiya registr-larida shaxslarning aniq yashash joyi qayd etilmagan. Bir qator mamlakatlarda faqat hududiy registrlar tuzilgan.