Egamberdiyeva Nodira Melibayevna
“Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti direktori
Assalomu alaykum, hurmatli yosh olimlar! Sizlarni va siz orqali ushbu sohada faoliyat yuritayotgan, ilm olayotgan va ilmiy izlanishlar olib borayotgan barcha yosh olimlarimizni Oila va xotin-qizlar davlat qо‘mitasi huzuridagi “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti, BMT Aholishunoslik jamg‘armasining (UNFPA) О‘zbekistondagi vakolatxonasi, USAIDning О‘zbekistondagi huquqiy islohotlar Dasturi bilan hamkorlikda tashkil qilinayotgan navbatdagi “Ilmiy tadqiqotlarni о‘tkazishdagi zamonaviy tendensiyalar: metodologiya va vositalar” mavzusidagi “YOZGI MAKTAB – 2022”ga taklif etamiz.
Bugungi kunda olimlar tomonidan ishlab chiqilayotgan ilmiy kashfiyot va ixtirolarni amaliyotga tatbiq qilish, fan va ishlab chiqarishning uzviyligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buning uchun esa, ilmiy tadqiqotlar olib borish uslubini puxta egallash muhim ahamiyatga ega. Mazkur yozgi maktabda sizlarga xorijiy va mahalliy yetuk olimlar tomonidan sohaga oid chuqur tadqiqotlar hamda tajribalarga asoslangan bilimlar beriladi. Ushbu yozgi maktabda faol ishtirok etishingiz va о‘z bilimlaringizni yanada mustahkamlashingizda omad tilayman!
Kamolkhon Inomkhodjayev
BMTning Aholishunoslik bo‘yicha jamg‘armasining (UNFPA) O‘zbekistondagi vakili o‘rinbosari
Dear participants of the summer school, partners, ladies and gentlemen!
I welcome you to the second Summer School devoted this year to ‘Modern trends in scientific research: methodology and tools‘. Summer school is, a result of a partnership between the United Nations Population Fund (UNFPA) and the Scientific Research Institute ‘Mahalla va Oila‘ and this year USAID.
The world population is expected to reach 8 billion in November of this year, and to continue growing in the coming decades. The Report of the UN Economist Network for the UN 75th Anniversary published in 2020 identified population shifts, including aging as one of five megatrends shaping our world. Taken together with urbanization which is another population related megatrend the shifts in population size, it’s age and sex structure, geographic distribution will continue playing an increasing role in social, economic development of countries, and impacting environment of each country and the world as a whole.
It is therefore very important that decision-makers anticipate and incorporate population trends in development policies catering them to the needs of changing demographics in their countries, and researchers help them in their efforts by employing new data collection and analysis tools, providing policy advice based on evidence, and visualizing data.
During the summer school you will also get more information on the concept of demographic resilience. Demographically resilient societies understand that demographic trends are influenced by a complex and interconnected set of social, cultural, economic, environmental and political factors and therefore require comprehensive, holistic policy responses that are based on evidence and allow all people to exercise their full range of rights, including reproductive rights.
I would like to thank all the national and international experts who will share their knowledge and wisdom during the Summer school, and all colleagues and partners who organized it. I wish you all an interesting and rewarding experience!
Рахима Назарова
USAIDнинг Ўзбекистонда ҳуқуқий ислоҳотлар Дастури раҳбари ўринбосари
Хурматли Ёзги мактаб иштирокчилари, ҳамкорлар, хонимлар ва жаноблар!
Уважаемые участники Летней школы, партнеры, дамы и господа!
От имени Программы USAID по правовой реформе в Узбекистане позвольте поприветствовать вас и пожелать успехов в работе Летней школы «Современные тенденции в проведении научных исследований: методология и инструменты».
Программа USAID по правовой реформе оказывает поддержку Республике Узбекистан на пути дальнейшего развития принципов верховенства закона, повышения потенциала юридических кадров, расширения доступа граждан к правосудию, улучшения правовой среды для гражданского общества, продвижения гендерного равенства и создания благоприятного инвестиционного климата.
Для достижения этих целей USAID сотрудничает с Министерством юстиции, Палатой адвокатов, Академией Генеральной прокуратуры, Национальным центром по правам человека, Научно-исследовательским институтом «Семья и женщины» при Государственном комитете семьи и женщин, высшими учебными заведениями страны и ключевыми субъектами гражданского общества Республики Узбекистан.
Мы понимаем, что эффективность реализации проводимых в стране реформ, а также Стратегии развития Нового Узбекистана на 2022-2026 годы во многом зависит от наличия квалифицированных научных кадров. В этой связи огромное значение придается формированию научных кадров, которые служат движущей силой в развитии общества и решении его проблем и вызовов.
Проведение подобных мероприятий как Летняя школа для молодых ученых приобретает особое значение, поскольку в рамках данного мероприятия состоятся плодотворные дискуссии, выступят международные эксперты, участники обменяются опытом, а также приобретут новые навыки и освоят методики для проведения своих дальнейших научных исследований.
Позвольте пожелать всем участникам активной и плодотворной работы, и хочу подчеркнуть, что Программа USAID и в дальнейшем будет оказывать содействие национальным и международным партнерам, а также поддерживать их инициативы, направленные на реализацию верховенства закона и гендерного равенства в Узбекистане.
Yozgi maktab dasturi
1-avgust
Ishtirokchilarni ro‘yxatga olish, yengil nonushta
O‘zbekiston Respublikasida demografik rivojlanish tendensiyalari
Abduramanov Xamid Xudaybergenovich – “Оila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti direktorining tashkiliy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Tushlik
Bobur Azimovich Xonturayev – “Оila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti, bo‘lim boshlig‘i
Xalqaro munozaralarda aholi va rivojlanish masalalari. Zamonaviy dunyoda demografik barqarorlik tushunchasi
Nikolay Botev – Demografiya masalalari bo‘yicha xalqaro ekspert, demografiya bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
O‘zbekiston Respublikasining 2030-yilgacha demografik barqororlik konsepsiyasi
Abduramanov Xamid Xudaybergenovich – “Оila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti direktorining tashkiliy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Munozaralar
2-avgust
Taqdimot. Demografik siyosatning gender jihatlari
Firuza Urazaliyevna Xamdamova –Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining doktoranti, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Tanaffus
Firuza Urazaliyevna Xamdamova –Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining doktoranti, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Davlatlarning xalqaro majburiyati sifatida jins bo‘yicha ajratilgan ma’lumotlarni to‘plash.
Davlatlarning xalqaro majburiyati sifatida jins bo‘yicha ajratilgan ma’lumotlarni to‘plash.
Tushlik
Taqdimot. Global gender indekslarining umumiy ko‘rinishi va ularning ahamiyati
Firuza Urazaliyevna Xamdamova – Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining doktoranti, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Taqdimot. O‘zbekistonda gender ko‘rsatkichlarini rivojlantirish: yutuq va muammolar.
Dilbar Sultanovna Rashidova – Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining mutaxassisi
Demografik siyosatning gender-sezgir konsepsiyasini shakllantirish masalalari
Firuza Urazaliyevna Xamdamova – Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining doktoranti, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Munozaralar
3-avgust
Uy xo‘jaliklarining tanlama kuzatuvini tashkil etish va o‘tkazish
Madaminov Umid Kenjaboyevich – O‘zbekiston Respublikasi davlat statistika qo‘mitasi, Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi, boshqarma boshlig‘i
“O‘zbekiston fuqarolarini tinglab” uy xo‘jaliklari bo‘yicha so‘rov
Madaminov Umid Kanjaboyevich – O‘zbekiston Respublikasi davlat statistika qo‘mitasi, Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi, boshqarma boshlig‘i
Tanaffus
Ekspert
Avlodlar va gender tadqiqoti (Gender and Generation Survey, GGS), Moldova tajribasi
Aliona Cristei – BMTning Aholishunoslik bo‘yicha jamg‘ar-masining (UNFPA) Moldovadagi vakolatxonasi “Avlodlar va gender dasturi” loyihasi rahbari
Tushlik
Multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS)ni o‘tkazish
Narbayeva Gulnara Muxammatovna – O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi Kadrlar boshqarmasi bosh mutaxassisi
Multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS)ni o‘tkazish
Narbayeva Gulnara Muxammatovna – O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi Kadrlar boshqarmasi bosh mutaxassisi
4-avgust
Ilmiy-tadqiqot metodologiyasi
Azamatjon A’zamovich Zoxidov –iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Guruhlarda ishlash
Azamatjon A’zamovich Zoxidov –iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Tanaffus
Geoaxborot tizimi va texnologiyalari asosida aholi kartalarini tuzish va xarita uchun asos ma’lumotlarini yuklab olish (guruhlarda ishlash)
Abduraxmonov Sarvar Narzullayevich – Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligi mexanizatsiyasi instituti, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Tushlik
Geoaxborot tizimi va texnologiyalari asosida (obyekt) ma’lumotlar bazasini yaratish, atributiv ma’lumotlarni to‘ldirish (guruhlarda ishlash)
Abduraxmonov Sarvar Narzullayevich – Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligi mexanizatsiyasi instituti, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Geoaxborot tizimi va texnologiyalari dasturlarida elektron raqamli kartalarni tuzish, komponovka ishlari va demografik jarayonlarni vizuallashtirish (guruhlarda ishlash)
Abduraxmonov Sarvar Narzullayevich – Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligi mexanizatsiyasi instituti, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
5-avgust
Sotsiologik tadqiqotlarda o‘lchash muammolari (guruhlarda ishlash)
Sobir Djumayevich Xodjayev – “Оila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti, bo‘lim boshlig‘i, sotsiologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Tanaffus
Ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil usullari (guruhlarda ishlash)
Sobir Djumayevich Xodjyaev – “Оila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti, bo‘lim boshlig‘i, sotsiologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Tushlik
Munozaralar
Maktab natijalari asosida so‘rov o‘tkazish, ishtirokchilarning fikr-mulohazalari va takliflari
Bizning ekspertlarimiz
Abduramanov Xamid Xudaybergenovich
“Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti direktorining tashkiliy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari
Iqtisodiyot fanlari doktori, professor
elektron pochta: abduramanov@moiti.uz, khamid.abduramanov@bk.ru
1996 – 2001-yillar davomida Nukus davlat pedegogika instituti bakalavriat bosqichi, 2001 – 2003-yillar davomida Berdaq nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat universiteti magistratura bosqichida, shuningdek, 2003 – 2006-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi iqtisodiyot instituti aspirantura bosqichida tahsil olgan. X. Abduramanov oila demografiyasi va mehnat iqtisodiyoti bo‘yicha 1 ta darslik, 8 ta o‘quv qo‘llanma, 4 ta monografiya va 60 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi.
2007-yilda “O‘zbekistonda qariyalarni ijtimoiy himoya qilishning demografik asoslari” mavzusida fan nomzodi, 2021-yilda “O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlashda demografik jarayonlarni tartibga solishning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirish” mavzusida fan doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2018-yildagi “Oliy ta‘lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” umumrespublika tanlovi g‘olibi.
2017–2020-yillarda BF-1-028 – “Demografik xavfsizlik jihatidan oilani mustahkamlash muammolarini tadqiq etishning konseptual asoslari” mavzusidagi fundamental, 2018–2020-yillarga mo‘ljallangan PZ-20170928644 – “O‘zbekiston qishloq aholisini ish bilan ta‘minlash muammolari” mavzusidagi amaliy loyiha ijrochisi. Shuningdek, X.Abduramanov BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) tomonidan moliyalashtirilgan 2 ta xorijiy loyihaga rahbarlik qilgan.
Mokva davlat xalqaro munosabatlar institutida “Migratsionniye mosti v Yevrazii: novaya migratsionnaya realnost v epoxu COVID-19” mavzusidagi XIII xalqaro ilmiy-amaliy forumdagi va Italiyaning Rim shahrida “Hayot davomida birdamlik va teng imkoniyatlar uchun kuchlarni birlashtirish” mavzusidagi konferensiya ishtirokchisi.
Ekspert
Nikolai Botev
Nikolai Botev
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) Demografiya masalalari bo‘yicha xalqaro ekspert
Demografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
elektron pochta: botev@unfpa.org n.v.botev@gmail.com
Nikolay Botev AQSHning Pensilvaniya universitetida demografiya fanlari bo‘yicha PhD hamda magistr darajasini olgan. Bolgariyaning Sofiya shahridagi Oliy iqtisodiyot institutida mehnat iqtisodiyoti bo‘yicha ilmiy darajaga ega.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa Iqtisodiy Komissiyasida (UNECE) demograf-tadqiqotchi sifatida ishlashdan oldin, u o‘z faoliyatini akademik sohada boshlagan, keyinroq UNECE va UNFPAda turli lavozimlarda ishlagan. UNFPAning Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi direktori bo‘lgan.
Uning qiziqishlari aholi va davlat siyosati, nikohlar va guruhlararo munosabatlar, aholining qarishi hamda uning ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlari, tarixiy demografiya va demografik o‘tish nazariyasi bilan bog‘liq ilmiy ishlari Amerikan Sociological Review, Population and Development Review, Population Studies, European Journal of Aging kabi jurnallarda nashr etilgan va u bir qancha qitʼalardagi akademik muassasalarda maʼruzalar o‘qigan va nutq so‘zlagan.
Ekspert
Aliona Kristei
Aliona Kristei
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) Moldovadagi vakolatxonasi “Avlodlar va gender dasturi” loyihasi rahbari
elektron pochta: cristei@unfpa.org
Alyona Kristei tadqiqot va demografiya, taʼlim, dasturlarni boshqarish va siyosatni targ‘ib qilish sohasida 15 yillik tajribaga ega. U 2018-yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg‘armasida avlodlar va gender dasturi bo‘yicha loyiha rahbari sifatida ish faoliyatini boshlagan. U avlodlar va gender tadqiqoti (GGS) natijalaridan dalillarga asoslangan va inson manfaatlariga yo‘naltirilgan siyosatni ishlab chiqish bo‘yicha siyosatchilar, tadqiqot tashkilotlari, ilmiy doiralar va fuqarolik jamiyati bilan yaqindan hamkorlik qildi.
UNFPAda ish boshlashdan avval Davlat siyosati institutida tadqiqotchi bo‘lib ishlagan, ijtimoiy sohadagi davlat siyosatini baholash va monitoring qilish hamda tahliliy hisobotlarni tayyorlash bilan shug‘ullangan. 2007–2018-yillar davomida u Moldova davlat universitetida o‘qituvchi bo‘lib ishlagan, u yerda migratsiya, umumiy sotsiologiya, shuningdek, tadqiqot usullari bo‘yicha fanlardan dars bergan.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining taraqqiyot dasturi (UNDP), UNICEF, Jahon banki va boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan muvofiqlashtirilgan bir qancha tadqiqot loyihalarida maʼlumotlar tahlili bo‘yicha milliy maslahatchi sifatida ishtirok etgan. Sotsiologiya bo‘yicha bakalavr va magistr darajasiga ega. Hozirda Moldova davlat universitetining psixologiya taʼlim fanlari, sotsiologiya va ijtimoiy yordam fakultetining doktoranti.
Ekspert
Xamdamova Firuza Urazaliyevna
Xamdamova Firuza Urazaliyevna
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining doktoranti
Yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
elektron pochta: fkhamdamovaphd@mail.ru
2004-yil Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) “Xalqaro huquq” mutaxassisligi bo‘yicha bakalavr darajasini olgan. 2009-yil JIDUda magistraturani bitirgan. 2012-yil Esseks universitetida (Buyuk Britaniya) magistr darajasini olgan.
Inson huquqlari bo‘yicha milliy markazining (IHMM) Xalqaro hamkorlik bo‘limida bosh mutaxassis lavozimida, Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazining Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i lavozimida, JIDUda katta o‘qituvchi lavozimida ishlagan.
2020-yildan gender tenglik masalari mavzusida dissertatsiya himoya qilib, PhD ilmiy darajasini olgan, 100 dan ziyod ilmiy maqolalar muallifi.
2017–2021-yillari BMT Taraqqiyot Dasturining bir qator loyihalarida gender tenglik va inson huquqlari masalalari bo‘yicha milliy konsultant sifatida faoliyat olib borgan. Hozirgi vaqtda “Raqamlashtirish davrida xalqaro huquq rivojlanishi” mavzusida IHMM doktoranti sifatida tadqiqot ustida ish olib bormoqda.
Ekspert
Rashidova Dilbar Sultanovna
Rashidova Dilbar Sultanovna
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi Inson huquqlari sohasida taʼlim va maʼrifat bo‘limi bosh mutaxassisi
elektron pochta: rdilya@mail.ru
1996-yili Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika institutining “rus sinflarda o‘zbek tili, tarjimon” mutaxassisligi bo‘yicha, 2002-yil Toshkent Davlat Agrar universitetini iqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan.
Faoliyati davomida 2004–2005-yillarda O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasida ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish masalalari bo‘limida yetakchi mutaxassis, 2005–2011-yillarda Fuqarolik jamiyati shakllanishini o‘rganish institutida turli lavozimlarda faoliyat olib bordi. Jumladan, Fuqarolik jamiyati shakllanishida ayollar muammolarini o‘rganish loyihasida yetakchi ilmiy xodim, loyiha rahbari lavozimida ishladi.
Faoliyati mobaynida gender tengligini taʼminlash, xotin-qizlarning oila va jamiyatdagi faolligini oshirish, huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalari bilan shug‘ullangan, turli seminar-treninglarda ishtirok etgan. Jumladan, “BMTning Xotin-qizlar kamsitilishiga barham berish qo‘mitasiga Muqobil maʼruzalar tayyorlash va taqdim etish” (BMTning Tarraqiyot dasturi tomonidan tashkil etilgan), “BMTning Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risida”gi Konvensiyasi qoidalarini bajarilishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy maʼruzalarini tayyorlash” (BMTning Tarraqiyot dasturi, Buyuk Britaniya elchixonasi tomonidan tashkil etilgan) mavzularida.
2022-yil 15–16-fevral kunlari BMTning “Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risida”gi Konvensiyasining bajarilishi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Oltinchi davriy hisobotini BMT Xotin-qizlarni kamsitilishiga barham berish qo‘mitasining 81-sessiyasida ko‘rib chiqilishiga o‘z hujjatlarini tayyorlab, sessiya ishida ishtirok etdi. Hozirgi kunda Qo‘mitaning yakuniy xulosalari asosida Milliy harakatlar rejasini ishlab chiqmoqda.
Ekspert
Madaminov Umid Kanjaboevich
Madaminov Umid Kanjaboevich
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi
Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi boshlig‘i
Elektron pochta: u.madaminov@stat.uz
2004- yil Toshkent Davlat agrar universiteti, 2009- yil Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti menejment mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
2005-2019- yillar O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi Uy xo‘jaliklarini o‘rganish bo‘limi boshlig‘i 2-toifali iqtisodchisi, 1-toifali iqtisodchisi, yetakchi iqtisodchisi, bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, bo‘lim boshlig‘i.
2019- h.v. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasining Uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlarini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i, Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari- Aholining turmush darajasi indikatorlarini shakllantirish va tahlil etish bo‘limi boshlig‘i. Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi boshlig‘i.
Ekspert
Narbayeva Gulnara Muxammatovna
Narbayeva Gulnara Muxammatovna
Narbayeva Gulnara Muxammatovna
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi
Kadrlar boshqarmasi bosh mutaxassisi
Elektron pochta: guulnora@gmail.com
2002- yil O‘zbekiston milliy universitetini geografiya, 2004- yil geodemografiya mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
2014-2019- yillar Toshkent shahar statistika boshqarmasi Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, bo‘lim boshlig‘i.
2019-2021- yillar Davlat statistika qo‘mitasi Uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlarini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari.
2006- yil MIKS-3 loyihasida Toshkent viloyati xududi intervyuyeri.
Respublikada bolalar va ayollar turmush farovonligini xalqaro darajada baholash maqsadida Davlat statistika qo‘mitasi hamda BMTning YUNISYEF bolalar jamg‘armasi bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan multiindikator klaster kuzatuvi MICS-6 loyihasida 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar savolnomasi bo‘yicha ekspert, koordinator va intervyuyerlarni joylarda kuzatuv o‘tkazishga tayyorlash treningida asosiy trener.
Abduraxmonov Sarvar Narzullayevich
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti “Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi dotsenti. “Yer resurslarini boshqarish” fakulteti dekani o‘rinbosari
Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent
elektron pochta: s.n.abduraxmonov@gmail.com
S.N. Abduraxmonov pedagogik faoliyati davomida 110 dan ortiq ilmiy va uslubiy risolalar chop ettirgan. Jumladan, hozirgi kungacha 70 dan ortiq ilmiy maqolalalari respublika va xalqaro anjumanlarda hamda Scopus bazasiga kiruvchi xorijiy ilmiy jurnallarda nashr etilgan. 2 ta darslik, 5 ta o‘quv qo‘llanma, 4 ta monografiya, ixtirolar uchun 5 ta mualliflik guvohnomasi muallifi.
Ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha institutning ilmiy tadqiqot ishlari rejasi asosida kafedrada bajarilayotgan BF-44-010-sonli shartnomaga asosan O‘zbekiston Respublikasi fan va texnologiyalarni muvofiqlashtirish qo‘mitasi bilan tuzilgan "Davlat yer kadastrini yuritishda axborotlashtirishning nazariy va metodologik asoslashni tadqiq etish" mavzusidagi amaliy loyihasi (2015-2020), "Fermer xo‘jaliklari uchun qishloq xo‘jaligi kartalarini takomillashtirish" (2014-2016), "O‘quv ilmiy ishlab chiqarish markazi hududida yer kadastrini o‘tkazishda topograf-geodezik ish uslublarini takomillashtirish" (2015-2017), "Yer monitoringini yuritishda kartografik taminlash uslublarini takomillashtirish" (2015-2017), "Qishloq xo‘jaligi aholi punktlarida demografik jarayonlarni kartografik taʼminotini o‘rganishda GAT texnologiyalari dasturlarini qo‘llash" (2018-2020), Yevropa Ittifoqi tomonidan eʼlon qilingan Erasmus+ 585718-EPP-1-2017-1-HUEPPKA2-CBHE-JP "DSinGIS: Geoinformatika sohasida doktorantura" xalqaro loyihalari mavzulari bo‘yicha tadqiqotlarda ishtirok etgan.
Ekspert
Xodjayev Sobir Djumayevich
Xodjayev Sobir Djumayevich
“Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot institutining “Strategik tahlil va prognozlashtirish” bo‘limi boshlig‘i
Sotsiologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
elektron pochta: khsobir@yahoo.com, sobiruzmu1@gmail.com.
Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston milliy universiteti)ning “Sotsiologiya” bo‘limini imtiyozli diplom bilan tugatgan. Mutaxassisligi sotsiolog, sotsiologiya fani o‘qituvchisi.
Faoliyati davomida O‘zMU sotsiologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Sotsiologik tadqiqotlar va xatlar bilan ishlash” bo‘limi katta muharriri, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutining “Axborot-tahlil” bo‘limi bosh mutaxassisi.
Buyuk Britaniyaning Reding universiteti, Germaniyaning Biyelyefeld universiteti, Rossiya iqtisodiyot maktab (RESh)larida malaka oshirgan.
UNESCOning “Har dardning davosi bor”, “Shahar bekatlari” mavzusidagi ilmiy-tadqiqot loyihalari rahbari, “Pakistan-Afganistan Cross-Border Survey” mavzusidagi loyiha ishtirokchisi.
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining “O‘zbekistonda gender muammolarini o‘rganish, targ‘ib etish, monitoringini yuritish “gender.tadqiqot.uz” elektron platformasini yaratish” mavzusidagi ilmiy loyiha ishtirokchisi.
Sotsiologik tadqiqotlarning metodologiyasi, metodi va texnikasi; ijtimoiy statistika; tadbirkorlik sotsiologiyasi; sotsiogerontologiya ilmiy yo‘nalishlarida faoliyat olib boradi.
30 dan ortiq maqola va tezislari xalqaro va respublika ilmiy jurnallari hamda konferensiya materiallari to‘plamlarida chop etilgan. 2 ta darslik va o‘quv qo‘llanma, 1 ta uslubiy qo‘llanma muallifi.
Ekspert
Xonturayev Bobur Azimovich
Xonturayev Bobur Azimovich
“Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti “Oila demografik rivojlantirish” bo‘limi boshlig‘i
El. pochta: idmon.88@gmail.com
2007-2011-yillar Toshkent Iqtisodiyot Universitetining “Iqtisod va moliya” mutaxassisligi bo‘yicha, 2011-2013-yillar Toshkent Iqtisodiyot Universitetining “Moliya” mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan. Ilmiy yo‘nalishlar: demografiya, iqtisodiyot, moliya, marketing va taʼlim.
Faoliyati davomida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qoshidagi Chilonzor akademik litseyi katta o‘qituvchisi, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Iqtisodiy nazariya” kafedrasi o‘qituvchisi, Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat institutining “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi iqtisodiyot o‘qituvchisi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari ilmiy-tadqiqot markazi” kichik ilmiy xodimi lavozimlarida ishlagan.
Ilmiy ishlar: 1 ta darslik, 2 ta monografiya, 2 ta uslubiy qo‘llanma, 4 ta analitik ishlanma, 60 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar (jumladan, 30 ga yaqini xorijda). Ingliz va rus tillarini mukammal biladi, 10 dan ortiq xalqaro va milliy sertifikatlar egasi.
OT-F1-22-raqamli “Iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini taʼminlovchi ichki imkoniyatlarni aniqlash va zaxiralarni safarbar qilishning ilmiy-metodik asoslari” mavzusidagi fundamental ilmiy loyiha, A-OM-2021-551-sonli “O‘zbekistonda gender muammolarini o‘rganish, targ‘ib etish, monitoringini yuritish gender tadqiqotlar gender.uz elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihalarda ishtirok etib kelmoqda. “Baxtiyor oila” veb-portalini yaratish va “Demografiya milliy portalini yaratish” mavzularidagi ilmiy loyiha raxbari lavozimida ishlab kelmoqda.
Rossiya Milliy tadqiqot universiteti oliy iqtisodiyot maktabi tomonidan “Naseleniye i razvitiye. Uroven 2 va 3” kurs tinglovchisi, BMT tomonidan tashkil qilingan xavfsizlik bo‘yicha xabardorlik yuzasidan onlayn trening –“BSAFE” bitiruvchisi va Kolumbiya universiteti “Poverty and Population: How Demographics Shape Policy” mavzusida kurs bitiruvchisi
Zokirov Sayidfozil Sayidakbarovich
“Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot institutining bosh ilmiy xodimi
Iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent
elektron pochta: saidfozil@rambler.ru, zcc66@mail.ru
1983-1990-yillarda Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika instituti talabasi. 1990-yilda Butunittifoq Mehnat ilmiy tadqiqot instutida mehnat faoliyatini boshlagan. 1992-1995-yillarda Iqtisodiyot va ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish instituti aspiranturasida tahsil oldi, keyinchalik ushbu institutda katta ilmiy xodim lavozimida ish faoliyatini davom ettirdi. 1998-2005-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi “Joylashtirish va mintaqalarni kompleks rivojlantirish” bo‘limi bosh mutaxassisi bo‘lib ishladi. 2005-2011-yillarda oliy ta‘lim tizimida faoliyat yuritdi. Xususan, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti “Demografiya” kafedrasi hamda Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika universiteti “Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasi mudiri lavozimlarida ishladi.
2011-2022-yillarda Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutida guruh rahbari, hozirgi paytda esa “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot institutining bosh ilmiy xodimi sifatida faoliyat olib bormoqda. U 1997-yilda “Aholi zich joylashgan hududlarda shahar manzilgohlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi (Andijon viloyati misolida)” mavzusida nomzodlik, 2021-yilda “O‘zbekistonda urbanizatsiya jarayonlarini tartibga solish tizimini takomillashtirish” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. Zokirov S.S. 100 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi.