Yosh-jins piramidasi
Yosh-jins piramidasi ikki yonli chiziqli diagramma tarzida bo‘ladi, uning o‘ng yonida ayol jinsli aholi, chap yonida erkak jinsli aholi aks ettiriladi. Diagrammaning vertikal o‘qi yosh shkalasi bir yoki besh yillik oraliqlarda aholi yoshini 0 yildan boshlab eng yuqori yosh yoki ochiq yosh oraliqari bilan tugallanadi.
Piramidaning gorizontal tasmalari quyidagilarni aks ettiradi:
- yoki aholining mazkur jinsi umumiy sonini va yoshini;
- yoki aholining umumiy sonida mazkur jinsning salmog‘i va yoshini;
- yoki aholining faqat mazkur jinsi sonida aholi ushbu jinsining ulushi va yoshini.
Bunda gorizontal tasmalarning maydoni (yoki yosh oraliqlari teng bo‘lgan holatlarda ularning uzunligi) yuqorida qayd qilingan ko‘rsatkichlarga teng nisbatdadir. Piramidalar aholining turli qismlarini qiyoslash va uning yosh-jins tarkibi xususidagi qiyosiy ma’lumotlarni olish maqsadida yoki yosh-jins guruhlarning soni yoki ushbu sonlarning jami aholi sonidagi ulushidan foydalanilgan holda tuziladi. Yosh-jins piramidasi aholining muayyan vaqtdagi (aholini ro‘yxatga olish vaqti yoki yilning 1 yanvaridagi) holatini aks ettiradi, ya’ni aholini takror hosil qilishning uzluksiz jarayonida o‘ziga xos bekat vazifasini o‘taydi. Shuning uchun piramidadagi tasmalarning nisbiy uzunligi asosida tug‘ilish va o‘lim jarayonlarining aholining yosh tarkibiga ta’siri (ko‘p o‘n yilliklar mobaynida), shuningdek, aholi takror hosil bo‘lishining istiqboldagi tendensiyalari va uning sonidagi ehtimol tutilgan o‘zgarishlar haqida tasavvurga ega bo‘lish mumkin.