Yosh guruhlari bo‘yicha o‘lim koeffitsenti
Yosh guruhlari bo‘yicha o‘lim koeffitsenti bir xil yoshdagi aholi guruhlari uchun hisoblash eng yuqori samara beradi. Biroq, ko‘pchilik hollarda ularni hisoblash uchun kerakli ma’lumotlar yetishmaydi. Aholi o‘limining statistik tahlilida 5 yillik yosh guruhlarga hisoblab chiqilgan koeffitsientlardan foydalanish keng tarqalgan. Yosh guruhlari bo‘yicha o‘lim koeffitsientlarida jinsiy tarkib guruh-larida katta farq kuzatilgani bois, ushbu koeffitsientlar erkaklar va ayollar uchun alohida hisoblanadi. Bunda quyidagi formuladan foydalaniladi:
bu yerda: Mx – x yoshida o‘lganlar soni (jinsi bo‘yicha);
Rx – x yoshidagi aholining o‘rtacha yillik soni (erkaklar yoki ayollar).
Yosh guruhi bo‘yicha o‘lim koeffitsientlari o‘limning alohida sabablariga ko‘ra ham hisoblanishi mumkin. Bu holda, formulada surat qismida o‘lganlarning umumiy soni o‘rniga mazkur yoshda ma’lum sabablardan vafot etganlar soni yoziladi. Agar bunday hisob-kitoblarda barcha o‘lim sabablari uchun bajariladigan bo‘lsa, olingan koeffitsientlar yig‘indisi ushbu aholi guruhi uchun umumiy yosh guruhi bo‘yicha o‘lim koeffitsientini ifodalaydi.