Urbanizatsiya
Urbanizatsiya (lotincha “urbs” – “shahar” so‘zidan) – jamiyatni rivojlantirishda shahar rolining ortishi jarayonidir. Shaharlarda sanoatning rivojlanishi, ularning siyosiy va madaniy funksiyalari-ning kengayishi, hududiy mehnat taqsimotining chuqurlashishi ana shu jarayon xususiyatlaridir. Urbanizatsiya uchun shahar atrofidagi qishloq-lardan shaharlarga, kichik shaharlardan megapolislarga tebranishli migratsiya xosdir.
Urbanizatsiya jarayoni quyidagilar hisobiga ro‘y beradi:
- qishloq aholi punktlarining shaharlarga aylantirilishi;
- shahar atrofida yangi aholi turarjoylarining shakllanishi;
- aholining qishloq joylaridan shaharga migratsiyasi.
Urbanizatsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdagi ahami-yati katta. Urbanizatsiya darajasining ortishi quyidagi jiddiy o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi:
- aholi turarjoylaridagi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi-ning ulushi kamayib, sanoat funksiyasining salmog‘i ortadi;
- turarjoy binolarining zichligi, ko‘p qavatligi ortadi;
- xizmat ko‘rsatish korxonalarining soni ko‘payadi;
- mehnat bozori kengayadi;
- aholining harakatchanligi ortadi, shuningdek, turmush tarzi o‘zgarib boradi.