Tug‘ilishning umumiy koeffitsienti
Tug‘ilishning umumiy koeffitsienti tug‘ilganlar mutlaq sonining muayyan davrda, odatda bir yilda butun aholi tomonidan yashalgan odam-yil umumiy miqdoriga nisbati sifatida aniqlanadi. Bir yilga teng bo‘lgan muayyan davr xususida sodda qilib aytganda bo‘lsa, bu tug‘ilganlar mutlaq sonining aholining yillik o‘rtacha soniga nisbatidir:
CBR = (B : P) x 1000 %,
bunda: CBR – tug‘ilishning umumiy koeffitsienti;
V – bir yilda tug‘ilishning mutlaq soni;
R – aholining yillik o‘rtacha soni.
Tug‘ilish umumiy koeffitsientining miqdori birgina ayollar tomonidan tug‘ilgan bolalar sonigagina emas, shuningdek, demografik va boshqa tarkiblarga, birinchi navbatda aholining yosh-jins va nikohligi tarkibiga nihoyatda bog‘liqdir. Shuning uchun ushbu koef-fitsient tug‘ilish darajasi xususida taxminiy tasavvur beradi. Mazkur koeffitsientning qo‘pol ko‘rsatkich (inglizcha “CBR” – “Crude Birth Rate”), deb atalishi ham shundan. Tug‘ilishning umumiy koeffitsientini baholovchi turli mezonlar mavjud. Jumladan, Birlashgan Millatlar tashkilotining tasnifi bo‘yicha tug‘ilishning umumiy koeffitsienti 16,0 %dan kam bo‘lsa, shu hududda tug‘ilish darajasi past farzandlar avlodi ota-onalar avlodi o‘rnini to‘ldirish uchun yetarli emas, deb hisoblanadi. Tug‘ilishning umumiy koeffitsienti 30,0 % va undan baland bo‘lsa, tug‘ilish darajasi yuqori bo‘ladi.