Tug‘ilishlar taqvimi
Tug‘ilishlar taqvimi oilada muayyan davrda kutiladigan farzandlar soniga erishish jarayonini tavsiflaydi. U aniqroq ravishda protogenetik va intergenetik oraliqlar o‘lchamlari bilan tavsiflanib, aholini ro‘yxatga olish natijalari yoki ayollar orasida maxsus tadqiqot olib borish yo‘li bilan aniqlanadi. Mazkur ma’lumotlarda nikohga kirish yoshi (sanasi) va farzandlarning tug‘ilgan sanalari ketma-ketlikda qayd qilinishi lozim. Birinchi farzand tug‘ilgan sanadan onaning nikohga kirish sanasini ayirish yo‘li bilan protogenetik oraliq aniqlanadi. Agar tug‘ilish ongli, ommaviy tarzda cheklanmagan va ixtiyoriy farzandsizlik tarqalmagan bo‘lsa, oraliq aksariyat hollarda bir yildan oshmaydi. Har keyingi farzandning tug‘ilgan sanasidan oldingi farzandning tug‘ilgan sanasini ketma-ketlikda ayirish yo‘li bilan intergenetik interval qiymatlari hisoblab chiqiladi va farzandlar tug‘ilgan sanalar bilan onaning tug‘ilgan sanasi taqqoslanib, onaning har bir farzandini dunyoga keltirgandagi yoshini aniqlash mumkin. Tug‘ilishlar taqvimining barqarorligini aniqlash uchun tug‘i-lishning joriy statistik qayd qilinishiga nisbatan qator ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi. Eng oddiy ko‘rsatkich – umumiy tug‘ilishlar sonidagi har bir navbatdagi tug‘ilishning ulushidir va u quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
bu yerda: Ni – i navbatidagi tug‘ilishlar soni.
Umumiy tug‘ilishlar hisobini onaning yoshi bo‘yicha alohida olib borish mumkin. Ushbu holda maxrajdan mazkur yoshli onada tug‘ilganlar soni, suratdan esa o‘sha yoshdagi onalarda ushbu navbatdagi tug‘ilgan bolalar soni o‘rin oladi. Shundan keyin tug‘ilishning o‘rtacha navbatliligi hisoblab chiqiladi. U barcha tug‘ilishlar uchun quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
bu yerda: qi – tug‘ilish navbatliligi raqami.
Mazkur formula orqali alohida yosh guruhlaridagi ayollar o‘rtasida tug‘ilishning navbatliligi ham hisoblab chiqilishi mumkin. Bu holda maxrajdan ushbu yoshdagi ayollarda tug‘ilgan bolalar soni, suratdan esa alohida navbatlilikdagi tug‘ilishlar soni o‘rin oladi. Xuddi shu usulda har bir navbatlilik uchun o‘rtacha tug‘ish yoshi aniqlanadi. Biroq bu holda formula maxrajidan ushbu navbatlilikda tug‘ilganlarning umumiy soni, suratdan esa muayyan yoshdagi onalarda ushbu navbatlilikda tug‘ilganlarning jamlanmasi o‘rin olib, bu yosh qiymatlari bo‘yicha taqsimlangan bo‘ladi:
Bunda 5 yillik yosh guruhlari uchun har bir guruh uchun yosh qiymatlari quyidagicha:
- 15-19 yoshdagilarda – 17,5;
- 20-24 yoshdagilarda – 22,5 va h.k..