Perinatal davr

Perinatal davr – homilaning 28 haftadan boshlab, chaqaloq hayotining dastlabki 7 sutkasigacha bo‘lgan davrni qamrab oladi. “Perinatal o‘lim” tushunchasi birinchi marta S.Pefler (1948 y) tomonidan qo‘llanilgan bo‘lib, tarjima qilinganda “tug‘ruq atrofidagi yo‘qotish”, degan ma’noni anglatadi.