Neonatal o‘lim

Neonatal o‘lim bolaning tug‘ilganidan to 28 kunigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Ushbu ko‘rsatkich go‘daklar o‘limining asosiy qismlaridan biri bo‘lib, go‘daklarning shu davrga to‘g‘ri keladigan o‘lim salmog‘i qancha baland bo‘lsa, go‘daklar o‘limining darajasi shunchalik past bo‘ladi. Neonatal o‘lim quyidagi formula yordamida aniqlanadi:

bu yerda: n – neonatal o‘lim koeffitsienti;

y – 0-27 kunlik davrida o‘lgan go‘daklar soni;

t – tirik tug‘ilgan bolalar soni.

Masalan: 1 yilda tirik tug‘ilgan bolalar soni 1150 tani, 0-27 kun mobaynida o‘lganlar soni esa 25 tani tashkil etgan bo‘lsin. U holda neonatal o‘lim ko‘rsatkichi quyidagiga teng:

Neonatal o‘lim doirasida ikkita: barvaqt va kechki davr ajratiladi. Barvaqt neonatal o‘lim quyidagi formula orqali topiladi:

bu yerda: – 0-6 kunlik (168 soat) davrda o‘lgan go‘daklar o‘limi;

t – tirik tug‘ilgan bolalar soni.

Kechki neonatal o‘lim ko‘rsatkichi go‘daklar hayotining dastlabki 2-4 haftalik davrini o‘z ichiga olib, quyidagi formula orqali aniqlanadi:

bu yerda: – 2-4 haftalik davrda o‘lgan go‘daklar soni;

t – tirik tug‘ilgan bolalar soni.

Neonatal o‘lim tug‘ma nuqsonlar, tug‘ilish paytidagi shikast-lanishlar, neonatal davrdan keyingi asfiksiyalar, tug‘ma pnevmaniya tufayli yuz beradi.