Mehnatga layoqatli yosh
Mehnatga layoqatli yosh – aholining mehnatga layoqatli davridir. O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga ko‘ra, bu erkaklar uchun 44 yilni (16 yoshdan 60 yoshgacha), ayollar uchun esa 39 yilni (16 yoshdan 55 yoshgacha) tashkil etadi. I va II guruh nogironlar hamda imtiyozli pensiya oluvchilar bundan istisnodir.